Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


Tаkrorlаsh uchun sаvollаr



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/52
tarix30.08.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#141079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Shaxs psixologiyasi UMK

Tаkrorlаsh uchun sаvollаr: 
Individgа tа’rif bering. 
Individuаllik nimа? 
Shаxsning individuаlligini belgilovchi xususiyatlаrni sаnаng. 
Shaxs shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchu omillarni ayting. 
 
3-mavzu. Klassik psixoanaliz va uning modifikatsiyalari 
 
 
Reja: 
1.
Psixoanaliz nazariyasi psixik voqelikni ilmiy bilish shakli sifatida.
2.
K.Yungning analitik psixologiyasi. Psixika tuzilmasi.
3.
Individuatsiya va uning bosqichlari.
4.
Shaxs 
tipologiyasiga 
yondashuvlar. 
A.Adlerning 
Individual 
psixologiyasi.
5.
Psixologik mexanizmlar va ularni diagnostika metodlari. 
Tayanch tushunchalar:
klassik psixoanaliz, psixoanaliz nazariyasi, psixika 
tuzilmasi, shaxs tipologiyasi, psixologik mexanizmlar. 
Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi.
Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Freydning klinik 
psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd 
nimani o‘rgandi? U she’riyat, pyesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi 
sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida 
tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda 
nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsiyentlarga 
duch keldi. Masalan, baquvvat bo‘lsa-da, patsiyent qo‘ldagi sezgilarni 
yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday 
holatda patsiyentni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda 
degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari 


23 
mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashf 
qildi. Uning fikricha, ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va 
eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotirlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz
ongsizlikka yo‘l deydi va patsiyentlarni davolashda undan foydalandi. Freyd 
patsiyentlari gipnoz tufayli o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. 
So‘ngra u patsiyentlar o‘zlarini ruhiy yengillashishlariga imkon beruvchi erkin 
assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra pasiyent o‘zining dardlarini
bayon etadi. Bu esa patsiyentlarga ruhiy yengillik olib keldi. Freyd ruhiy 
buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi pasiyentlarning 
o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi.
Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz 
davolash metodi bilan bog‘ladi. Freyd nazariyasining umumiy ko‘rinishi quyidagi 
1-rasmda keltirilgan:
Id, Ego va super Ego ( Id (U), Ego (Men), Super-Ego (Super-Men)
Freyd topografik modeldan foydalanib, psixik hayotni uch darajasini ajratdi: 
• Ong 
• Ongoldi 
• Ongsizlik 
1-rasm.
Ong darajasi 
Ong darajasi aniq damdagi insonning ma’lumotlarini sezgi va 
kechinmalaridan tashkil topadi. Ong miyada saqlanuvchi ma’lum kam foizli 
axborotlarni qamrab oladi. So‘ngra ma’lumotlar ong oldi yoki ongsizlik sohada 


24 
yuklanadi. 
Ongsizlik sohasi 
• Inson psixikasining eng chuqur va ahamiyatli qatlami ongsizlikdir. Bu 
ongga qanchalik bosim o‘tkazuvchi emotsiya va xotiralar orqali instinktiv 
qo‘zg‘alishlarini saqlovchi, ammo ushbu anglashilmagan materiallar ko‘pincha 
insonning kundalik faoliyatini belgilaydi. 
• Ongoldi soha, ba’zan xotiraga kirish mumkin bo‘lgan, o‘zida barcha 
tajribani kiritadi, ayni damda anglanilmagan, ammo tasodifiy yoki minimal kuch 
sarflash natijasida ongga tez qaytishi mumkinligi. 
• U- psixikaning ongsizlik qismi bo‘lib, biologik instinktli mayllardan iborat: 
agressiya va jinsiy. U jinsiy mayl - libido bilan to‘yingan. Insonda yashirin 
energetik tizim bo‘lib, bu quvvat har bir kishida miqdori - doimiy o‘lchamga ega. 
Ongsiz va irrasional bo‘ladi. U qoniqish, ya’ni so‘ngida baxt, eng asosi inson 
hayotidagi asosiy maqsad tamoyiliga bo‘ysunadi. 
• men ikkinchi tamoyil-gomeostaz- ichki muvozanatni saqlash tendensiyasi. 
Men (Ego)-ong –doimiy ravishda U bilan nizoda bo‘ladi, jinsiy mayllar ta’sirida 
bo‘ladi. U jamiyat ta’siri ostida shakllanadi. Menga uchta kuch ta’sir ko‘rsatadi: 
U, Super Men va insonga o‘z talablarini qo‘yuvchi jamiyat. MEN ular o‘rtasidagi 
uyg‘unlikni ta’minlashga harakat qiladi, qoniqish emas, balki reallik tamoyiliga 
bo‘ysunadi. 
• Super men axloqiy standartlarni tashuvchi, shaxsning bu qismi tanqid, 
senzura, vijdon roli bajaradi. Agar Men U ga mos harakatni amalga oshirsa yoki 
unga mos qaror qabul qilsa, Super Men unga qarshi chiqadi. Natijada aybdorlik, 
uyat, vidjon ta’nalari ko‘rinishidagi jazoni boshdan kechiradi. 
Psixoanaliz atamasi 
Shaxs nazariyasi va psixopatologiyasi; 
Shaxsdagi buzilishlarning davolash metodi; 
Insonning anglashilmagan fikr va tuy-g‘ularini o‘rganish metodi. 
Shaxs strukturasi
Psixologiyada shaxsning himoya mexanizmlari to‘g‘risidagi qarashlarning 
tub ildizi Z.Freydning shaxs nazariyasi borasidagi izlanishlariga borib taqaladi. 
Freydning psixodinamik konsepsiyasiga ko‘ra shaxs tuzilmasi va himoya 
mexanizmlari ma’lum tizimlashtirilgan. Z.Freyd bo‘yicha shaxs tuzilmasi uchta 
tarkibiy komponentlardan iborat: 
“Id” sohasi - bu shaxsning instinktli jihati bo‘lib, unda shaxsning eng kuchli 
instinktlari o‘rin olgan. Ular shaxs xulq-atvorini to‘g‘ri va chet yo‘llar bilan
aniqlash va namoyon bo‘lishini ifodalaydi. “Id” sohasi vazifalarini qoniqish 
tamoyiliga asosan bajaradi. 
Z.Freyd psixoanalitik nazariyasida qayd etishicha, psixik jarayonlar qoniqish 


25 
tamoyiliga ko‘ra avtomatik tarzda boshqarilar ekan. Hech qondirilmaganlik ichki 
ruhiy zo‘riqishni keltirib chiqaradi. O‘z navbatida, u psixik faollikni vujudga 
kelishiga olib keladi. Bu faollik zo‘riqishni va qoniqmaganlikni susayishiga yoki 
qoniqishga olib keladi. 
Hayot va o‘lim instiktlari. Freydning psixodinamik nazariyasida ikkita 
asosiy instinktlarga ajratiladi: hayot instinkti (libido, eros) sifatida jinsiy instinkt; 
vayrongarchilik, buzg‘unchilik sifatida e’tirof etiluvchi o‘lim instinktlari 
(mortido, tanatos). Inson xulq-atvorining bu shakli shaxsning destruktiv instinkti 
sifatida namoyon bo‘lib, agressiyani ham instinkt natijasi deb baholaydi. Ularning 
hayotiy zarurat sifatida namoyon bo‘lishini to‘sib qo‘yish shaxsda jiddiy salbiy 
oqibatlarga olib kelishi kuzatiladi. Bu esa nevrozning asosi hisoblanadi. 
Asarlarining birida Freyd motido instinkti haqida to‘xtalgan bo‘lib, unda shaxs 
o‘zini o‘zi saqlash uchun (yo‘q qilmaslik) o‘zga kishini yoki o‘zgalarni 
yo‘qotishga intiladi. Freyd uchun eng hal etuvchi jihat, bu inson xulq – atvorida
jamiyat rivojlanishidagi qonunlarini emas, irrasional psixik kuchlarning namoyon 
bo‘lishini hisobga olgan, unda intellekt voqelikni faol aks ettiruvchchi vosita 
emas, balkli bu kuchlarni maskirovka qiluvchisi hisoblanadi. Individ bilan 
ijtimoiy muhit abadiy va yashirin kurashda bo‘ladi. Uning psixoanalitik 
qarashlarida kuchaytiruvchi holatda instinktdan intellekt kuchliroq. 
“Ego” sohasi-bu shaxsning ongli tomonini ifodalovchi rasional qismidir. 
“Ego” doimiy ravishda “Id” sohasi bilan o‘zaro ta’sirlashuvda bo‘ladi, ikki 
asosiy instinktlar Men tomonidan tanlanadigan mexanizm hali aniq ta’biri mavjud 
emas. 
Siqib chiqarish jinsiy xohishlar bilan kurashishda foydalaniladi. 
“Men” va “U” ning titib ko’rish va “Ustun menning” shakllanishiga qadar 
bir necha himoya mexanizmidan foydalaniladi. 
Barcha himoya mexanizmlarining maqsadi “Men”ga yordam berishdan 
iborat. Shu sababli ham u uchta asosiy bezovtalanishga yo‘naltirilgan, ya’ni
Menni zararlashi mumkin bo‘lgan nevrotik, axloqiy, va real. 
Biroq Men ichdan chiqadigan norozilikdan himoyalanib qolmasdan, ilk 
davrlarda Men xavfli instinktiv stimullar bilan tanishadi, shuningdek, u 
norozilikni boshdan kechiradi. 
Agar tashqi qoniqish yoki manfaatning asosiy manbai tashqi obyekt bo‘lgan 
holda unda shunchalik yuqori norozilikni kechirishga sabab bo‘lib qoladi.
Yosh bolaning Meni ko‘proq qoniqish prinsipi bilan yashaydi. U tashqaridan 
bo‘ladigan norozilikni hali ko‘p kechirmaydi.
Shaxsning rivojlanishi. Z.Freyd pasiyentlarining hayotini kuzatish asosida 
shaxs shakllanishini dastlab besh yilda amalga oshishini xulosaladi. Bolalar shaxs 
sifatida shakllanishida qator psixojinsiy davrlarni boshdan kechirishini va bu 


26 
bosqichlar alohida quvvat manbai erogen zonalarning o‘rniga bog‘liq deb 
ko‘rsatdi. Freyd ishonch bilan o‘g‘il bolalarning fallik bosqichdagi genetik ta’sir 
tufayli onasiga nisbatan otasini rashk qilishini qayd etdi. Buning sababini grek 
afsonasi “Shox Edip” afsonasiga tayanib, “Edip kompleksi” orqali tushuntirdi. 
Edip o‘zi bilmagan holda otasini o‘ldirib, Onasiga uylanadi.
Freyd psixojinsiy rivojlanish bosqichlarini 5 davrini keltirib o‘tadi. U 
quyidagi 1-jadvalda o‘z aksini topgan: 
1-jadval 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin