Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/52
tarix30.08.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#141079
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Shaxs psixologiyasi UMK

analitik psixologiyaning mohiyatini tashkil etadi. 
Freydning izdoshlari sifatida faoliyat olib borgan olimlardan biri K.Yung. 
Yungning shaxs muammosiga doir yondashuvi Analitik psixologiya deb 
nomlanib, u o‘ziga xos yondashuvni ifoda etadi. 
Shaxs tipologiyasiga doir yondashuvi: 
Ekstraversiya – «ichkaridan tashqariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni 
anglatib, bu tipga moyil shaxslar ko‘proq odamlar ichida bo‘lishni yoqtirishadi, 
o‘z kechinmalarini ko‘proq atrofdagilar bilan baham ko‘radi. Muloqotga 
kirishuvchan, tanishlari doirasi keng. Ba’zi hollarda jiddiylik yetishmaydi. 
Odamlarni tez ishonchini qozona oladi va shuningdek, tez xafa qilishga ham 
moyil. 
Introversiya - «tashqaridan ichkariga yo‘naltirilgan» degan ma’noni anglatib, 
bu tipga xos shaxslar og‘ir, vazmin, ko‘ngli nozik, beparvo, do‘stlik qoidalariga 
qat’iy amal qiladigan. Muloqot doiralari cheklangan, tortinchoq, ko‘proq 
o‘zlarining ichki dunyolari bilan band va yolg‘izlikni yoqtiradigan. 
Psixik funksiyalar 
To‘rtta asosiy psixik funksiyaga e’tibor qaratdi: 
Tafakkur-rasional. 
(yangilikni 
yoqtirmaydi, 
yangi 
vaziyatga 
moslasha olmaydi) 
Hissiyot - rasional. 
Sezgi – irrasional (yangilikni oson qabul qiladi, odat va 
ustanovkalardan xoli, vaziyatga moslashib ketaveradi) 
Intuisiya-irrasional. 
==================================================== 
Fikrlovchi tip-biror narsaning qadr-qimmatini aniq faktlar va 
mantiqiy mulohazaga tayanib baholaydi. 
Hissiyotli tip-yaxshi-yomon, go‘zal-xunuk tamoyiliga asoslanib 


28 
emotsional baholaydi. 
Intuitiv tip-hayotiy voqealarning mazmunini ongsizlikda, tuyg‘usi va 
taxminlariga ko‘ra baholaydi. 
Sezgiga asoslanuvchi tip-sezgi a’zolariga tushuvchi, tashqi olam 
haqidagi axborotlarga tayanadi 
Psixikaning tuzilishi. 
• Ong. 
• Shaxsiy ongsizlik-o‘zida qachonlardir anglangan, hozir siqib chiqarilgan va
unutilgan nizo va taassurotlar, yetarlicha ifodalanmagan hissiy taassurotlarni 
qamrab oladi. ShO - o‘zida emotsional zaryadlangan, bir fikr, tuyg‘u va 
taassurotlarning ustuvor bo‘lib qolishidan iborat komplekslarni tashkil etadi.
• Kollektiv ongsizlik-insoniyat va avlodlarning xotira izlarining yashirin 
saqlanishi. Unda bizning o‘tmish emotsiyalarimiz va insoniyatga xos fikrlar va 
tuyg‘ular aks etgan. 
Arxetiplar 
• Arxetiplar — birlamchi model yoki umumiy ongsizlikning tarkibiy 
elementi hisoblanadi. Bu odamlarning umumiy “ongsiz” tarkibini tashkil etuvchi 
va odamlarning fikrlashi va xulq-atvorini o’z-o’zidan belgilab beradigan 
universal tug’ma ruhiy tuzilmadir. Ular o‘zida insonlar idrok etganlarini, 
kechinmlari va voqealar ta’siriga javob berishini ma’lum obrazlarda ilgari 
surishlari tug‘malik shaklini namoyon etadi.
• Eng asosiy arxetiplardan biri Men arxetipi, ota, ona, Xudo, donishmand va 
boshqa arxetiplaridir. Arxetiplar o‘zida simvollar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
Masalan, Mariya, Mona Liza va boshqalar. Hoch, oltitomonli yulduz, budda 
g‘ildiragi.
Shaxs strukturasi 
• Shaxs strukturasi quyidagi tuzilmalardan iborat: ego, person, anima 
(animus), soya va o‘zlik.
• Ego — ongning markazi bo‘lib, o‘z-o‘zini anglashning asosi hisoblanadi. 
• Person — bu jamoa kishisi bo‘lib, inson o‘zini boshqalar bilan o‘zaro 
munosabatda namoyon qiladi.
• Salbiy va ijobiy personlar mavjud. Birinchi navbatda u individuallikni 
ifodalab, 
kommunikatsiyaga 
muvofiqlashtiradi. 
Ikkinchidan 
— person 
individuallikni bo‘g‘ib qo‘yishi mumkin. Shu bois person-ongning yuqori 
qatlami, ego ancha chuqurlashuv, botiq qismi. 
• Soya o‘zida shaxsning siqib chiqarilgan tomonini ifoda etadi. Soya egoning 
aks ettirilishida mavjud. Soya shaxsning sotsial standartlar mavjudligi bilan 
murosaga kela olmasligini ifodalovchi xohishlarini qamrab olgan. Soya-hayot 
quvvat, ijod manbaini saqlovchi sanaladi. Shu sababli ego soya quvvatini zarur 


29 
oqimga yo‘naltiradi.
Anima va animus 
• Anima — erkakdagi ayolning ichki timsoli, ya’ni ongsiz namoyon 
bo‘luvchi ayollik tomoni;
• Animus— ayollardagi erkakning ichki timsoli, uning ongsiz namoyon 
bo‘luvchi ayollik timsoli. Yung anima va animus inson xulq-atvorida 
uyg‘unlashgan tarzda namoyon bo‘lishi kerak, bu uning har tomonlama 
muvofiqlashuvini ta’minlaydi. 
O‘zlik 
• O‘zlik — shaxsning yaxlitlik arxetipi.
O‘zlik onglilik va ongsizlikni birlashtirib, boshqa barcha elementlar 
uyushuvini tashkil etuvchi aylana markazi hisoblanadi. Ruhning barcha 
jabhalarini integratsiyasiga erishganda, inson uyg‘unlikni sezadi. Shu sababli, 
o‘zlikni rivojlanishi inson hayotining bosh maqsadidir. 
2.2. A.Adlerning “Individual psixologiyasi” 
• Alfred Adler (1870-1937) individual psixologiyaning asoschisi hisoblanadi.
• Uning asosiy asarlari: «Nerv xarakteri haqida» (1912), «Individual 
psixologiyaning nazariyasi va amaliyoti» (1920), «Insonshunoslik» (1927), 
«Hayotning mazmuni» (1933).
Inson tabiati 
• Inson-yagona va o‘zini o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm; individuum 
(lat.) — bo‘linmas. Inson hayotiy faolligining hech bir namoyon bo‘lishini 
izolyatsiyada ko‘rib bo‘lmaydi, lekin faqat shaxsga munosabatda to‘liq ko‘rib 
chiqish mumkin.
• Inson hayoti — shaxs uchun ahamiyatli maqsadlar yo‘nalishidagi o‘sish va 
rivojlanishga uzluksiz harakat hayot maqsadlari insonning taqdirini belgilaydi.
• Inson xulq-atvori-irsiyat va muhit ta’siri natijasigina emas, balki insonning 
o‘z hayotining arxitektori sanalgan ijod kuchidan ham iborat. 
• Individ jamiyatdan tashqari ko‘rib bo‘lmaydi, uning xulq-atvori esa sotsial 
kontekstdan tashqarida. Har bir insonda umumiylik va sotsial qiziqishning tabiiy 
tuyg‘usi mavjud, ya’ni hamkorlikning sotsial munosabatlariga tug‘ma ravishda
intilish mavjud.
• Inson xulq-avtori o‘zi va atrof olam haqidagi tasavvurlari bilan 
belgilanadi «appersepsiya sxemasi».
• Erishilmagan maqsad yoki vazifalar inson xulq-atvorini yo‘naltirib, 
harakatlantirib turadi.
• Insonga yagona, yaxlit, unsurlari bir-biri bilan o‘zaro muvofiq keluvchi 
mavjudot sifatida qaraydi. 
Individuum miya va tana, onglilik bilan ongsizlik, tafakkur, tuyg‘u, harakat, 


30 
shaxsda namoyon bo‘luvchilar yagonadir. 
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya 
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish, 
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini 
boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi. 
• Shaxsning strukturasini hayot uslubi bilan aniqlash mumkinligini tavsiya 
etadi. Shaxsiy ahamiyatga ega maqsadlarga talpinish, kamolotga intilish, 
individuum organik jihatdan yaxlitlikni ifodalaydi va o‘zining hayotini 
boshqaradi, ijodiy kuchini va erkinlikni tanlashini namoyon qiladi. 
Individuum jamiyatdan, boshqa insonlardan xoli holda bo‘lmaydi, insonning 
xulq-atvori sotsial determinantlar bilan aniqlangan sotsial mazmunda sodir 
bo‘ladi, oqibatda insonda boshqa insonlar bilan hamkorlikda sotsial o‘zaro 
munosabatlarda ishtirok etishga intilishni ifodalovchi sotsial qiziqishlar 
shakllanadi. 
• Nomukammallik kompleksi atamasini A.Adler fanga olib kirib, ushbu 
tuyg‘uni barcha bolalar jismoniy o‘lchamlari, kam kuchligi va imkoniyatlarining 
pastligi oqibatida boshdan kechiradilar. 
• Kelajakda juda kuchli, kompleksga aylantirish, ijobiy o‘sish va 
rivojlanishni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq o‘rtacha darajali nomukamallik
bolada “kuchli bo‘lish yoki boshqalardan kuchli bo‘lish”ga, kamolotga,
ustunlikka, o‘zining qobiliyatlarini rivojlantirishga undash mumkin.
• Kamolotga intilish tug‘ma bo‘lib, bu hayotning bir bo‘lagi, hayotga 
intilishning bo‘lmasligi ma’nosiz, deydi A.Adler. 
• Mukammalik masqad ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. 
• Agar u ijtimoiy manfaatga va boshqalarning foydasiga yo‘naltirilgan 
bo‘lsa, rivojlanish konstruktiv va sog‘lom yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu rivojlanish, 
ko‘nikma va malakalarni kamol toptirish, mukammal hayot uslubiga ega bo‘lish 
uchun ishlashga intilish. Biroq ayrimlar mukammallikka boshqalar ustidan 
humkronlik qilish orqali erishishga urinadi. Bu hokimiyat va agressiyada 
namoyon bo‘ladi. 
• Har bir inson intilish va erishishiga mujassamlashuvchi o‘zining hayot 
uslubini 
ishlab 
chiqadi. 
Ularning 
shakllanishi 
bolalikdan 
boshlanib, 
nomukammallik, ishonchsizlik, kattalar olamida bo‘lishga ojizlik kompleksi 
sifatida 
shakllanib 
boshlaydi. 
Hayot 
maqsadi 
bundan 
himoyalanish,
qondirilmagan bugungi hayot bilan yorqin, mukammal kelajak o‘rtasidagi ko‘prik 
vazifasini bajaradi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin