5
psixologiyaga oid mustaqil fanlar sifatida hissiyot psixologiyasi,
motivatsiya
psixologiyasi, idrok psixologiyasi, tafakkur va boshqalar,
shaxs psixologiyasiga
ajratiladi. O’rganish predmetidan biri shaxs hisoblanadi.
Shaxs nima? Bu so'z insoniyat madaniyatida taxminan 300 yil oldin paydo
bo'lgan. J.Brunerning fikricha, XVIII asrga borib taqaladigan "o’z-o'zi"
tushunchasidan foydalanishni "shaxs" tushunchasining
kelib chiqishining belgisi
deb hisoblash mumkin. Ayni paytda, ispan faylasufi Baltazar, 17 asrda "shaxs"
tushunchasini butunlay zamonaviy ma'noda ishlatadi.
Psixologiyada shaxsning ko'plab ta'riflari mavjud. Bu ta'riflarning ko'pchiligi
uyg’unlik, belgilar tizimi, birlik, barqarorlik, ijtimoiylik,
identiklik, individuallik
(yaxlitlik, o'ziga xoslik), ichki Men (avtonomiya, ijodkorlik) kabi xususiyatlarni
o'z ichiga oladi. Ko'pincha shaxs ong va o'zini anglash orqali namoyon bo’ladi.
Shveytsariyalik olim Rishar Meyli: “Shaxs deganda, har bir insonni
tasniflaydigan psixologik xususiyatlarning yig’indisini tushunamiz.
Kengroq
ma’noda, shaxs termini xarakter, temperament, qobiliyatni o’z ichiga oladi”.
Lekin shaxs – bu faqatgina xususiyatlarning yig’indisi emas. Gap quyidagi
xususiyatlar o'zaro ta'sirda o'ziga xos psixologik markazni, psixikaning o'ziga xos
sifati, menlik, o'z individual xususiyatlarini anglashni yoki A.Maslou, E.Erikson
va boshqa psixologlar tasdiqlagan xususiyatlar haqida bormoqda. Bundan kelib
chiqib,
SHAXS
deb o’zining menligiga ega bo’lgan, o’z irodasi orqali o’zini
boshqara oladigan va hatti-harakatini nazorat qila oladigan odamga aytiladi.
20 asrning boshlarida rus psixiatri P.P.Viktorov shaxs tushunchasini o’z-
o’zini anglash va ong (anglash) bilan bog’ladi: “Shaxs,
individuallik, Men
psixologlarda tananing ichki muhitga munosabatni his qilish hamda tashqi
muhitga nisbatan munosabatni his qilish”. Psixolog F.Barron: “Inson shaxsining
farqli jihati fikrlashga va masalalarni hal qilishga qodir ongning mavjudligidir”.
Sotsiolog Ya.Shepanskiy: Ijtimoiylashuv jarayonida individ o’zining shaxsiy
ongini va shaxsiy Menini yaratadi. Har bir inson oilada,
kasbiy faoliyatida,
do’stlar davrasida va h.k. da bajariladigan ijtimoiy rollarning miqdorini his qiladi.
Har bir inson o’z-o’zini tahlil qiladi, xuddi boshqalarga murojaat qilgani kabi
o’ziga murojaat qiladi.
Dostları ilə paylaş: