Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix31.08.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#141133
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
boshlangich sinf darslarining takomillashtirishga integratsion va innovatsion yondoshuv

2-bob bo‘yicha xulosa 
Ta‘lim-tarbiya jarayoni har bir o‗qituvchi va pedagogdan katta aql zakovat, 
sabr matonat, o‗quvchilarga va o‗z kasbiga yuksak mehr – muhabbatli bo‗lishni 
talab etadi. O‗qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib 
boruvchan bo‗lishi, o‗quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini 
payqay olishi, o‗sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur 
paytda so‗z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta‘lim va 
tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta‘minlovchi omillardir;
1.
Ta‘limning globallashuvi sharoitida fanlararo uzviylikni kengroq qo‗llash ayni 
zaruriyatdir. Fanlararo uzviylik tamoyiliga tayanish ta‘lim muassasalari o‗quv 
jarayoni uchun tatbiqiy tus olishi lozim. 
2.
Fanlararo uzviylik tamoyili turdosh o‗quv predmetlararo munosabatlarning 
murakkab jihatlarini to‗liq o‗zlashtirilishini ta‘minlab, bilimlarning ichki 
mohiyatiga kirib borishini ta‘minlaydi, natijada turli tizimlar ichki aloqadorlik, 
integirativ yaxlitlik vujudga keladi. 
3.O‗quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta‘lim sifatiga 
kuchli ta‘sir ko‗rsatib: 
4
.Ta‘limni modernizatsiyalash, innovatsion o‗qitish imkoniyatlarini kengaytirish 
imkonini beradi; 


50 
III-BOB. Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi 
bo‘yicha metodik tavsiyalar. 
3.1.Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan va innovatsion darslardan 
namunalar.. 
Ta‘limda moddiy baza, standart, o‗quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik 
takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim 
berish, yuqori sifatdagi o‗zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy 
mashg‗ulotlarni olib boruvchi o‗qituvchining ijodkorligi, izlanuchanligi, 
malakasiga pedagogik mahoratiga bog‗lanib qolaveradi, o‗quv-biluv markazida 
esa o‗quvchi turmog‗ini taqozo etadi. 
Har qanday ta‘lim o‗quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, htiyojiga 
qaratilmog‗i kerak. Ya‘ni ta‘limni individuallashtirishga qaratmog‗ini talab etadi. 

ta‘lim jarayonini individuallashtirish shunday o‗qitish usuliki, bunda har bir 
o‗quvchi o‗quv jarayonida faol ishtirok etib, o‗quv-biluv jarayoniga shaxsiy 
xissa qo‗shishi hisobga olinadi; 

ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‗qituvchining uslubiy yondashuvi, 
tezkorligi, o‗quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi; 

o‗quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib 
borishda o‗quvchi shaxsi o‗quv-biluv markazida bo‗ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin