40
tashkiliy pedagogik ishlar
bilan chegaralanib qolmay, bir vaqtning o‗zida ruxiy
psixologik muhit yaratishi, ijodiy yondashuv asosida ish yuritishga to‗g‗ri keladi.
Shunda maktabda yangilik tizimiga adaptatsiya qilishga optimal sharoit yaratish
zaruriyati tug‗iladi. Bu holat bir tomondan pedagog va o‗quvchilar bilan
psixokorreksion ishlarni o‗tkazish, yangicha sharoitda,
yangicha fikr yuritish,
yangicha ish yuritadigan o‗qituvchi va pedagogik jamoani shakllantirish eng
muhim zaruriy shartlardan bo‗lib qoladi.
Biz hozir ko‗rib chiqqan model innovatsion jarayon rahbarlar tomonidan
tashkil etiladigan, ularning tashabbuslari bilan ―yuqoridan‖ yangilikni o‗quv
jarayoniga kiritishdan iborat.
Innovatsion jarayonni,
yangilikni yuqoridan emas, pastdan, o‗zini – o‗zi
rivojlantirish prinsipidan kelib chiqib innovatsion g‗oyani ma‘lum guruh
o‗qituvchilar tashabbus ko‗rsatib, ishlay boshlaydilar. Innovatsion g‗oyani amalga
oshirish ishlarini boshqa hamkasblari qo‗llab – quvvatlab, ular ham shu yo‗sinda
ish tuta boshlaydilar.
Bunday holatlarda bir guruh o‗qituvchilar ham yangicha ishlash ishtiyoqi
bilan tajriba – sinov ishlarini amalga oshiradilar. Shu asosda maktab o‗quv
jarayoniga yangilikni kiritish ishlari boshlanib ketishiga sabab bo‗ladi. Albatta bu
holatda ham yangilikni tatbiq etishda qarama – qarshiliklar bo‗lishi mumkin.
Bunday holatda ko‗pchilikning fikrlari g‗olib chiqadi. Va asosda yangilikni
zarurligi, o‗z vaqtida amalga oshirish ta‘lim sifatiga erishish garovi ekanligiga
ishonch hosil qilinadi.
Yuqorida keltirilgan ―yuqoridan‖ tashabbus asosida yangilikni o‗quv
jarayoniga qo‗llanishini ―pastdan‖ tashabbusga nisbatan qarama – qarshi qo‗yish
mumkin emas. Ammo yangilikni yuqoridan markazlashtirilgan holda kiritilganda
o‗qituvchilarning innovatsion tashabbuskorligi pastroq darajada bo‗lishi
kuzatiladi.
Shu sababli maktab rahbarlari yangiliklarni pedagogik
faoliyatga kiritishni
rejalashtirishda: yangilikni maqsad va vazifalarini, uni o‗quv jarayoniga
kiritishning real imkoniyatlari, ped.jamoa uchun ijodiy muhit yaratish, ta‘lim –
41
tarbiyaviy ishlarni
yangicha ishlash modelini, maktabning moddiy – texnik
imkoniyatini, tajriba – sinovni olib borish texnologiyasini boshidan oxirigacha
mantiqiy ketma – ketligini ped.jamoaning o‗zi bilan hamkorlikda ishlab chiqishi
kerak. Kelgusida maktab rivojlanuvchi rejimida ishlashi,
sifat samaradorlikni
kafolatlashiga ishonch hosil qilishi kerak. Pedagogik jamoa esa, ijodkor
o‗qituvchidan – ijodkor pedagogik jamoa majmuasiga aylanishiga ishonch hosil
qilishi kerak.
Pedagogik innovatika pedagogikaga nisbatan yangi shakllanayotgan fandir.
Uni paydo bo‗lganiga 15 yillar bo‗lgan. Umuman innovatika fani oldingi asrning
80 yillarida paydo bo‗lgan. O‗zbekistonda esa mustaqillik yillarida shakllana
boshladi.
Innovatika fan sifatida yangiliklarni
yaratilish qonuniyatlarini, ularni
o‗zlashtirish va tarqatish, tatbiq etish jarayonini o‗rganadi. (V.A.Slastyonin,
P.S.Podыmova)
Avvalo innovatsiyalar novator, bunyodkor,
izlanuvchan ijodkor, yil
o‗qituvchilari ko‗rik tanlovlarda ishtirok etgan o‗qituvchilar faoliyatida kuzatiladi.
Hozir mamlakatimizda innovatsion texnologiyalar iqtisodchilar, tadbirkorlar,
fermerlar harakatlarida ham uchramoqda.
Dostları ilə paylaş: