Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


X-BOB. AVSTRALIYA XALQLARI ETNOLOGIYASI



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

18


X-BOB. AVSTRALIYA XALQLARI ETNOLOGIYASI
1.1. Avstraliyaliklar
Bugungi Avstraliya aholisining 95% ini (23 mln. kishi) Yev- 
ropadan к о ‘chib kelganlar (angloavstraliyaliklar) avlodlari va 2% 
qit’ aning tub aholi vakillari - aborigenlar tashkil qiladi. Bu aholi 
guruhlari madaniyatlari ham keskin farqlanib, angloavstraliyalik­
lar G ‘arbiy Yevropa sivilizatsiyasiga mansub bo ‘lsalar, aborigenlar 
so‘nggi paleolitdan mustaqil va hatto tashqi madaniy ta’sirsiz shakl­
langan madaniyat egalaridirlar.
Aborigenlar. 
Buyuk Britaniya qit’ani 
1788-yili o ‘zlashtira boshlagan. Dastlabki 
yevropaliklar kelganida tub aholi 300 ming- 
dan ko‘proq bo‘lib, 500 ga yaqin tillarda 
so‘z!ashganlar. Avstraliyaliklar tillari aborigen­
lar - ovchi va terimchilik bilan shug‘ullanuvchi 
aholi madaniy xususiyatlarini o‘zida mujas- 
samlashtirgan. Ularda bilvosita tushunchalar 
haqidagi so‘zlar nisbatan kam bo‘lsa, tabiatda 
mavjud narsalami izohlash uchun ishlatiladi- 
gan so‘z hamda tushunchalar juda ham ko‘p. 
Xususan, etnolog G.Shtrelovning kitobida 
ma’lum bir fe’lning jadvali va izohi 45 betdan 
ziyod o ‘rin egallagan.
Avstraliya qit’asi minglab yillar davomida 
notekis 
o‘zlashtirilgan va ushbu holat tabiiy sharoitlar bilan izohlanadi. 
Jumladan yog‘ingarchilik m o‘l, hay vonot va o‘simlik dunyosi boy, Yangi 
Janubiy Uels shtatida uzunasiga 450, kengligi 100-150 km.li sohilbo‘yi 
hududida 12 ta qabila joylashgan. Boshqa hududlarda cho‘l-yarim dasht 
yoki 
nam tropik o‘rmon zonalarida aholi siyrak bo‘lgan. Xususan, aranda 
qabilasi 
qit’a markazida kengligi 650 km.li hududda yashagan.
19


■ f t m
•ф 
h,
Avstraliya aborigenlari alohida avstralo-veddoid irqiga mansub 
bo‘lib, qoramtir-qo‘ng ‘ir lerisi, qora to ‘lqinsimon sochi, erkaklari qa- 
lin soqoli, keng yuzi (keng bum i, qalin labi, qosh usti bo‘rtig‘ining 
turtib chiqqani), bo‘yining o‘rta yoki balandligi bilan xususiyatlanadi.
Avstraliya aborigenlarining kelib chiqishi muammosi uzoq davr- 
lar hal etilmagan edi. Faqat XX asming o ‘rtalariga kelib fan abori- 
genlar etnogenezi haqidayetarlicham a’lumot to ‘pladi. Qit’ada 30-40
ming yil avval yashagan odamlar 
suyaklari, toshdan mehnat qurol- 
lari topildi. Qolaversa, Janubiy- 
Sharqiy Osiyodagi Malay arxipelagi 
orollaridan ham shunga o ‘xshash 
odamlar qoldiqlari chiqqan. Demak, 
aholi Avstraliyaga Janubiy-Sharqiy 
Osiyodan kelgani shubhasiz. Yer yu­
zida buyuk muzlik davri bo‘lganidan 
o ‘sha zamonlarda okean suvlari 
sathi nisbatan past bo ‘lishi abori- 
genlaming qit’aga o ‘tishiga imkon 
yaratgan.
Aborigenlarga qit’ada katta miq- 
dorda xaltali hayvonlarning borligi, 
yirik yirtqich hayvonlarni yo ‘qligi 
q o i keladi. Yarimyowoyi itlar - din­
go Avstraliyaga odamlar bilan kel­
gan bo ‘lishi mumkin. Tadqiqotchi - 
lar Avstraliyadan dehqonchilik yoki 
chorvachilik izlarini topmaganlar. 
Demak, barcha qabilalar a ’zolarining 
asosiy hayot vositasi ov, termachilik 
bo ‘lgan.
M ehnat qurollari sodda va kam 
xilli edi. Erkaklarda yog‘ochdan,
20


lichi 
toshdan paykonli nayza, toshpichoq, toshbolta, yog‘ochdan kal- 
ttk hamda bumerang bo ‘lgan. Ayollarda o ‘simlik tolasi yoki daraxt 
po‘stlog‘idan turli meva va donlami terish uchun xaltacha, ildizlami 
kovlab olish uchun uchi o ‘tkir tayoqlar b o ig a n , xolos.
Avstraliya aborigenlari yashaydigan aksari hududlarda uy-joylar 
tushunchasi umuman b oim agan, faqat ayrim qabilalar shox-shab- 
balar, 
daraxt p o ‘stoqlaridan chaylalar, shamoldan panalar qurish- 
gan. 
Odatda, aborigenlar manzili ochiq osmon ostidagi gulxan atrofi 
boigan. 
Kiyim bizning tushunchamizdagi ko‘rinishda boim agan. 
Ba’ 
zi qabilalarda o ‘simlik tolalaridan belbog‘cha yasashgan. Q it’a ja- 
nilbi 
va Tasmaniyada iqlim sovuqligidan kenguru terisidan yopinchiq 
plashchlar 
qilishgan.
Aborigenlar an’anaviy turmushi doirniy harakatda, ko ‘chmanchilik 
ko‘rinishida 
b o ig an . Ular, odatda, bir joyda 1-2 haftadan ortiq ya- 
ihashmagan. 
Bu ovchilik, terimchilik bilan izohlanib, lco‘chishlar tar- 
tibsiz 
ko‘rinishda emas, balki asrlar davomida saqlangan yo ‘nalishlar 
bo‘yicha 
b o ig an . Bu tadbirlar mavjud hududdagi flora 
va 
fauna 
Imkoniyatlari 
bilan izohlangan. Har qanday aborigen erkak istalgan 
vaqtda 
qabilasi yerlarining qaysi joyida ov uchun qushlar borligi, 
yaqin 
va m a iu m vaqtdan so‘ng ular qayerga ko ‘chishini yaxshi bil- 
gan. 
Ayollar qayerda va qachon ozuqaga yaroqli o'sim lik, ildiz yoki 
yovvoyi 
mevalar pishib yetilishini bilishgan. Aynan ana shu bilimlar 
aborigenlaming 
qaysi tomonga harakatlanishini belgilagan.
Etnologlar tadqiqotlari aborigenlar zarur ozuqa to ‘plashlari uchun 
kuniga 
2-3 soat vaqtlarini sarflaganlari aynan shu ratsional bilimlar 
tufayli 
ekanligini tasdiqlaydi. Ozuqa doirasiga kaltakesak, hasharot- 
lar, 
kenguru, opossum, o ‘simlik zaxiralaridan: yovvoyi boshoqli don- 
lar, 
ildizlar va mevalar kirgan.
Aborigenlar jam oa tashkilotlari: qabila, lokal guruh (jamoa) va oi- 
ladan 
tashkil topgan. Avstraliyada o ‘rtacha 500 kishidan iborat b o ig a n
qabila 
m a iu m hudud, o ‘z nomi etnonimiga, tiliga ega b o iib , o ‘zlarini 
alohida 
madaniy birlik deb hisoblashadi. Lekin umumiy boshliq, ho- 
kimiyat 
tashkilotlari boim ay, qabilaning barcha a ’zolari harbiy yoki
21


ov harakatlarida to ‘planmaydilar ham. Nisbatan yaqin aloqa lokal 
guruhlarda kuzatilib, ulaming a ’zolari soni 50 kishi atrofida bo ‘ladi. 
Bu xildagi guruh negizini katta yoshdagi erkaklar tashkil qilgan, ular 
mazkur hudud «merosxo‘rlari», ziyorat joy lari qo‘riqchilari sanalgan. 
Ulaming ayollari, odatda, boshqa gumhlarga mansub bo ‘lib, diniy 
marosimlarda ishtirok etishmagan.
Avstraliya aborigenlari oilalari poligam (ko‘p njkohli), ya'ni 
erkaklaming bir necha xotini b o iish i mumkin edi. Nikoh erkak- 
larning o ‘zaro kelishuvi orqali tuzilib, erkak qizi, singlisini boshqa 
erkakka xotinlikka berishi mumkin bo ‘lgan. B a’zida yosh qizini yoki 
tug‘ilmagan qizini berish v a’dasiga ko ‘ra «bo4ajak kuyov» 12-15 yil 
bo‘lajak qaynotasi guruhida yashab, ovlarda ishtirok etgan. Avstraliya 
tub aholisida nikoh ekzogam, y a ’ni o ‘z guruhidan chetdan uylanish 
shaklida edi. Xususan, kameloroy qabilasi um g‘lari misolida quyida- 
gi shaklda bo‘lgan.
Kambu = Mari
Ipai = Kubi
Ikki chiziq shaklidagi belgi nikoh aloqasini, ko ‘rsatgichlar ona va 
bola seksiyalarini birlashtiradi. Nikohga kirishda Kambu guruhiga 
mansub erkak Mariga kiruvchi ayolga uylanishi mumkin. Bu juftlik- 
dan tug‘ilajak farzandlar Kubi gum higa kiradi. Kubi guruhi erkaklari 
faqat ipailik ayollarga uylanib, ulaming farzandlari Kambu seksiya- 
siga kiradi va h.k.
Aborigenlar uchun qarindoshlik munosabatlari muhim o ‘rin tut­
gan. Jumladan, aborigen «ona» deb faqat uni tuqqan ayolni emas, 
butun bir guruh ayollarini, ota, opa deb ham shu tarzda ko ‘pchilikni 
atashi lozim boMgan. Hurmat ko'rsatish, yigit o ‘z ovini faqat o ‘z otasi 
bilan emas, ota hisoblanuvchi butun bir guruh erkaklari bilan baham 
ko‘rishi lozim bo ‘lgan.
Yuqorida keltirilgan udum-marosim va urf-odatlar odamlar ora- 
sidagi o ‘zaro munosabatlaming batartibligini, jam oachilik tartib-qoi- 
dalariga rioya qilinishini ta’minlagan. Aborigenlar an ’anaviy diniy 
tasavvurlari nihoyatda murakkab tusda bo ‘lgan. Bejizga Avstraliya
22


«totem izra vatani» deb atal- 
maydi. Har bir lokal guruh, 
nikoh seksiyasi yoki um g ‘ 
o ‘z «totem»iga ega, «totem» 
hayvon yoki o ‘simlik, guruh 
a ’zolari uchun muqaddas, bi- 
rodar ularning yaxlitligi ramzi 
deb bilganlar. Maxsus alohida 
joylardagi totem markazlarida 
guruh a'zolari har-har zamon- 
da «afsungarlik.» (sehrgarlik.) udumlarmi o'tkazib, maqsad totem- 
hayvon yoki 
0
‘simlikning niuvaffaqiyatini ta ’minlash va bu orqali 
0
‘zimng kelajagini barqarorlashga ishonch, e’tiqod b o ig an . O 'z to- 
temiga hurmat, ehti.rom barcha qabilalarda kuzatili.b, totem-hayvonni 
ovlashga taqiq - «tabu» qo‘yilgan. Erkaklar totemi, ayollar totemi, 
urug‘ totemi, shaxsiy totem va h.k.lar aborigenlarda keng tarqaigan.
Aborigenlar tasavvuriga ko‘ra bolalar, erkaklar totem markazla­
rida o ik azilg an afsungarlik udumlari tufayli tu g ilad i. 0 ‘smirlar (12— 
15 yoshida) initsiatsiya marosim lanni to la bajarganlaridan so‘tig 
erkaklar safiga qo‘shi1ganlar. Sinovlar jism oniy qiyinchiliklarga chi- 
damlilik, o ‘z urug‘-qabilasi hayoti bilan b o g iiq afsona, rivoyatiarni 
’tiuglab, esda saqlash va h.k.lardan iborat edi, Aholi tasavvurida inson- 
iling o iim i ham o ‘z~o‘zidan bo i may, yovuz afsungarlik udumlari va 
' q o ‘shni qabilalar folbinlari orqali amalga oshiriladi,
A b o rig en lar taq d iri. Aborigenfaming inglizlar bilan to'qna- 
shuvlari ko‘pchilik qabilalar uchun fojiali tugagan. Dastlabld surgun 
qilinganlar uchun qo ‘rg‘on 178S-vili bunyod etilishi bilan. abori­
genlar madaniyati parokandalikka uchraydi. Skvatteriik (o‘zganmg 
yeriga o ‘zboshimcha!ik bilan joylashib olish), XIX asrning 20-yil- 
laridan qo‘ychilikning kengayishi, mahalliy faunaning qisqarishiga, 
q o ‘ylarni ovlash ko ‘plab mojaro va to'qnashuvlarga olib keladi. Oqi- 
batda aborigenlar soni bir yarim asrda 300 mingdan 60 mingga qisqa- 
rdi. XX asr o'rtalarida ular yevropalikiar yasholmaydigan qit’aning
23


markazi va g ‘arbidagi cho‘llarda, shimoldagi nam tropik o ‘rmonlarda 
saqlanib qolganlar, xolos. Ular yashash uchun qulay Avstraliyaning 
janubi va sharqida: Yangi Janubiy Uels, Viktoriya, Janubiy Avstra- 
liyada, qisman Kvinslendda aborigenlar rezervatsiyalarida, shaharlar 
chetidagi sharoiti noqulay joylarda yashamoqdalar. Tasmaniyadagi 
so‘nggi aborigen XIX asrning 70-yillarida vafot etgan.
Aborigenlar hayot sharoiti Ikkinchi jahon urushidan keyin yax- 
shilana boshladi. J.Mak-Ginnes, K.Mensor kabi jam oat arboblari 
yetishib chiqib aholi manfaatlarini himoya qilish harakatini boshqar- 
dilar. Bu jamoatchilik harakatlarida etnologlar A. Elkin, T.Shtrelov, 
P.Morsli va boshqalar ham qatnashib, 1967-yili o ‘tkazilgan referen­
dum aborigenlaming rasman mamlakat aholisi deb tan olinishi bilan 
yakun topdi. XX asrning 70-80-yillarida tub aholiga saylov huquqi, 
yerga egalik qilish huquqi va h.k. qonunlar qabul qilindi.
Aborigenlarda ko ‘p bo‘lmasa-da, ziyolilar guruhi shakllandi. 
Albert Namatjiri XX asming 30-yillarida rassomchilik maktabiga 
asos soldi. Ket Uoker 1964-yili «Biz ketmoqdamiz» deb nomlangan 
she’rlar to ‘plamini chop etdi. K.Jons 1965-yili ilk aborigenlar hayo- 
tiga oid «Yovvoyi mushukning qulashi» romanini nashrdan chiqardi.
24



Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin