Mil.avv. IV -I mingyilliklarda eng qulay janubiy hududlarda deh
qonchilik xo‘jaligi asosida yirik daryolar havzalarida dastlab Misr
va Mesopotamiyada, so‘ngra Hind vohasi va Sharqiy Xitoy da, ke
yinchalik M eksika va Peruda ilk davlatlar vujudga kelgan. Yirik sivi-
lizatsiya markazlari: Bobil va Ossuriya, Urartu, Qadimgi Yunoniston,
keyinchalik Qadimgi Rimda shakllangan.
Ushbu davlatlaming qo‘shnilari k o ‘p sonli dehqonchilik va
ko‘chmanchilik hamda yarim ko ‘chmanchi chorvachilik qabilalari,
ulaming hududlariga hujumlar qilib turgan. Bu esa turli xalqlar-
ning aralashuvi va b a’zida yangi etnoslaming vujudga kelishiga asos
bo‘ladi.
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Afrika etnik tarixiga xalqlarning
buyuk k o ‘chishlari ham (III-IX asrlar) katta ta’sir etadi. Bu davrda
slavyanlar Sharqiy Yevropa va Bolqon yarimorolida, germanlar -
Markaziy va Shimoliy Yevropada sobiq Rim imperiyasining lotinlash-
gan aholisi bilan aralashib, roman tilli xalqlarga asos bo‘lgan. Janubiy
Sibir va Markaziy Osiyodan turkiy xalqlarning ommaviy ko‘chishlari
boshlanib, ular Sharqiy Yevropagacha hududlarga tarqaladi.
XIII asrdan Osiyo va Yevropa hududlari m o‘g ‘ul, turk va boshqa
qabilalaming kelib chiqishi turli qabilalar bilan aralashuvi ro ‘y be-
radi. Taxminan shu paytda Afrikada bantu tilli aholining Sharqiy va
Markaziy rayonlardan qit’aning janubidagi ulkan hududlarga tarqali-
shi kuzatiladi. Hozirgi kunda Yevropa, Osiyo va Afrikada yashayot-
gan xalqlar XV asm ing oxirida shakllangan.
Dostları ilə paylaş: