Amerikani kashf etishi, Vasko da Gama (1497-1499)ning
Yevropadan
Afrikaning janubi orqali Hindistonga dengiz yo ‘lini ochishi, F.Magellan
(1519-1522)ning dunyo bo‘ylab ilk sayohatlari insoniyatni yangi xalq
lar, madaniyatlar bilan tanishtirdi. Ayni paytda yevropaliklaming mus-
tamlakachilik siyosati boshlanib, aynan shu jarayon etnologiyaning fan
sifatida shakllanishiga zamin tayyorlaydi.
Etnologiyaning yuksalishi.
Etnologiya fani ilmning mustaqil so-
hasi sifatida XIX asming o ‘rtalarida vujudga keladi. Bu davrda qator
davlatlar (Buyuk Britaniya,
Fransiya, Niderlandiya, Ispaniya, Por-
tugaliya, Rossiya) yirik mustamlakachi davlatlarga aylanadilar.
Turli
xarakterlami, tili, madaniyatini o ‘rganish ko‘pincha mustamlakachi-
laming amaliy ehtiyojlari, boshqaruv va xo ‘jalik faoliyati,
shuning-
dek savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishilgan etnoslaming tili, urf-
odatlarini bilish zamriyatidan kelib chiqqan.
Ilk etnologlar yuksaltirgan muhim g‘oyalardan biri madaniyat
evolutsiyasi, oila, din va ijtimoiy hayotning boshqa jihatlarini tadqiq
etish bo‘lgan. Etnolog-olimlar yer yuzidagi madaniyat va jam iyat
taraqqiyoti, umumiy ichki qonunlarga bo ‘ysunib soddalikdan mu-
rakkablikka tomon yuksala boradi. Evolutsionizm g ‘oyasi jam iyat va
uning tarixiga oid ilmiy tasavvurlaming tarqalishiga xizmat qiladi.
Angliyalik E.Teylor, amerikalik L.T. Morgan, N.N. Mikluxo-
Maklay va boshqalar evolutsiya nazariyasining yirik vakillari boTgan.
E.Teyloming «Ibtidoiy madaniyat» nomli
asosiy asari insoniyatning
m a’naviy madaniyati, ayniqsa, diniy tasavvurlarining taraqqiyotiga
bag‘ishlangan. Morganning butun ilmiy
hayoti amerika hindu qabi-
lalarini o ‘rganish bilan o ‘tgan. Uning asosiy asarlari «Qadimgi jam i
yat» va «Irokezlar (xodenasauni) ligasi»da olim um g‘chilik jam oasi
va davlat vujudga kelishi orasidagi bosqichni o ‘rganib, fanning eng
mashhur kishilaridan biriga aylandi. N.N. Mikluxo-Maklay o ‘zining
fidoyiligi bilan nom chiqarib, Yangi Gvineya papuaslari haqida ajoyib
asarlar yozib qoldirgan.
Dostları ilə paylaş: