Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi


KIRISH Etnologiyaning predmeti



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

KIRISH
Etnologiyaning predmeti. 
Etnologiya (xalqlarni o ‘rganuvchi 
fan) yer yuzida yashaydigan barcha xalqlarni o ‘rganadi. M a’lumki, 
bugungi kunda dunyo aholisi 7,5 mlrd. kishidan oshdi. Insonlar ijti­
moiy (jamoaviy) mavjudot sifatida turli jam oalarga birlashadilar.
Tarixan eng erta vujudga kelgan odamlar jam oalari aynan etnik 
asosda birlashgan. Etnik jam oalar yoki etnoslar (xalqlar ham deyish 
mumkin) tarixan m a iu m hududda shakllanib, o ‘z ko ‘rinishi bo‘yicha 
odamlarning ko ‘psonli birlashmasi, ulam i umumiy til va madaniyat, 
ongi (o‘zligi) birlashtirib, bunday jam oalar o ‘zlarini o ‘zgalardan farq- 
laydilar. Etnoslarning xarakterli xususiyatlari - tili, madaniyati va 
h.k.lar avloddan avlodga o ‘tadi.
Bugungi kunda tadqiqotchilar yer yuzida uch mingdan to ‘rt ming- 
gacha xalq borligini ta ’kidlaydilar. В undan aniqroq raqamni aytish 
murakkab, sababi aholi ro'yxati barcha hududlarda o ‘tkazilmagan, 
qolaversa, qanday etnik birlikni xalq, qaysisini elat yoki qabila deb 
atash masalasi ham oxirigacha hal etilmagan. Xususan, xitoyliklar 
1 mlrd.dan ortiq b oisalar, Braziliyadagi botokuda yoki Argentin- 
adagi yamanalar atigi bir necha yuz, hatto bir necha o ‘n kishidan 
iborat b o iish i mumkin. Ayni paytda yirik xalqlar Yer kurrasining 
ko ‘pchilik aholisini tashkil etadi. Jumladan, 10 mln.dan ko ‘p b o ig a n
70 ta xalq, jam i aholining 80 
%
ini tashkil qiladi. Yirik xalqlar qa- 
torida xitoyliklardan tashqari hindistonliklar, AQSH amerikaliklari, 
bengallar, ruslar, yaponlar va h.k.lami keltirish mumkin. Bu xalqlar 
insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganlar va qo‘shmoqdalar. 
Qolgan etnoslar, jumladan, eng kam sonlilari ham dunyo madaniyati 
fondini boyitishga o ‘z hissalarini qo‘shdilar. Agar tibetliklar baland 
to g ia rd a yashash va xo ‘jalik yuritish k o ‘nikmalarini namoyon etish-
5


sa, eskimoslar, chukchalar, saamlar Arktikaning qahraton sovuqlarida 
qanday hayot kechirish mumkinligini ko‘rsatmoqdalar.
Bugunga qadar etnologiya haqida XIX asrda shakllangan faqat 
antiqa xalqlar, qadimgi, arxaik jamiyatlar, taraqqiyoti jihatidan orqa- 
da qolgan etnik jamoalarni o ‘rganuvchi fan degan eski tasavvurlar 
saqlangan. Lekin ushbu fikr butunlay noo‘rin bo‘lib, endilikda et- 
nologiyada yuksak rivojlangan millatlar bilan bir qatorda Tinch 
okeanning uzoq orollarida yashayotgan k o ‘p sonli b o im ag an etnik 
jam oalar ham tadqiq qilinmoqda.
Bugungi etnologiyaning dolzarb masalalari:
• xalqlarning kelib chiqishi yoki ularning etnogenezi;
• xalqlarning taraqqiyoti tarixi yoki etnik tarix;
• etnoslar moddiy va m a’naviy madaniyatining (qishloqlar, kiyim- 
kechaklar, taqinchoqlar, taomlar, xalq og‘zaki ijodi yoki folklor, xalq 
san’ati) o‘ziga xos xususiyatlari;
• dunyo dinlari va diniy tasavvurlar, udumlar, urf-odatlar, ma­
rosimlar, bayram va h.k.lar.
Etnolog olimlar, odatda, an’anaviy, o ‘tgan ajdodlardan meros 
qolgan, madaniyatning xalq, eng aw alo , dehqonlar (qishloqliklar) 
da saqlangan elementlarini o‘rganishga alohida e’tibor qilishadi. Hat- 
to zamonaviy shahar aholisini o ‘rganganda ham etnolog an’anaviy 
udumlar, urf-odatlar, moddiy va m a’naviy madaniyatning qanday ji- 
hatlari saqlanganligini aniqlashga urinadi.
Ayni paytda etnologiya faqat etnik jamiyatlaming o ‘tmishi, uning 
bugungi kunga qadar saqlangan unsurlarinigina o‘rganmaydi. Uni 
xalqlarning zamonaviy hayoti ham qiziqtiradi. Zamonaviy etnoslar- 
ning hayot faoliyati so‘nggi asrda vujudga keigan qator yordamchi 
fanlar vositasida tadqiq qilinadi. Xususan, etnik sotsiologiya turli et- 
noslaming ijtimoiy toifalarini, sinflar, tabaqalar, ijtimoiy birlashma- 
lami o ‘rganadi. Etnik ekologiya etnik jam iyatlam ing tabiiy-geografik 
muhit bilan qanchalik o ‘zaro ta ’sirini tadqiq etadi.
Bugungi dunyoda u yoki bu etnosning istiqboldagi taraqqiyoti
etnoslararo munosabatlarning qanday rivojlanishi haqida prognozlar- 
ning ahamiyati oshib bormoqda.
6


Shuni alohida ta ’kidlash zarurki, etnologiya fani xalqlar-etnoslar- 
ni o ‘rganadi. Etnologlar zamonaviy insoniyatning asrlar davomida 
to ‘plagan etnik va madaniy xilma-xilligini imkon darajasida saqlash 
tarafdorlaridir.
Etnologlar doimo ishlatadigan tushunchalardan biri - madaniyat- 
dir. Bugungi kunda madaniyatning barchani qoniqtiradigan qoidasi 
(aniqlovchisi) mavjud emas. Zamonaviy etnologlar madaniyat de- 
ganda insonlar aqli va qo‘li bilan yaratilgan, ularni hayot faoliyatlari 
uchun zarur vositalar va usullar deb tushunadilar. Madaniyat - bu in- 
sonlaming hayot kechirishi uchun yaratilgan sun’iy muhitdir.
Bir xil ehtiyojlarni (mehnatda, taomda, uyquda, muloqotda, ki- 
yimda va h.k.) qoniqtirish uchun harakatlar turli xalqlarda turlicha 
bo‘ladi. Masalan, zamonaviy o ‘zbeklarda ayrim toifa kishilari stol- 
stullarda o'tirib. qoshiq, vilka, pichoqlardan foydalanib taom yesa, 
boshqalari xontaxta atrofida o ‘tirib nonushta, tushlik, kechki ovqat 
tanovul qiladilar. 0 ‘zbeklar yostiqda yotishsa, Sharqiy Osiyo xalqlari 
yog‘ochdan kichikkina moslamaga bosh qo‘yib uyquga yotadilar. 
Etnik va hududiy tafovutlar odamlami qanday qurollar vositasida 
mehnat qilishlari, qanday uy-joylami, kiyimlami, taomlami m a’qul 
ko‘rishlarida ham namoyon bo‘ladi.
Xalqshunoslik ijtimoiy, shuningdek tarix fani qatoriga kirib, bir 
qancha ilmiy sohalar: geografiya, lingvistika, folklorshunoslik, ar- 
xeologiya, san’atshunoslik va boshqalar bilan uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin