Etnologik bilimlarning qo‘llanilishi.
0 ‘tgan bir yarim asrlik
davrda etnologiya fani murakkab, ayni paytda yuksalish bosqichini
8
bosib o ‘tdi. G ‘arbiy Yevropaning qator mamlakatlari va AQSHda
fan ijtimoiy yoki madaniy antropologiya nomini oldi. Uning tarixi
faqat yangi etnologiya m a’lumotlarini to ‘plash bo‘lmasdan, qizg‘in
bahslar, turli manbalar va yo ‘nalishlar orasidagi kurash ham b o ig an .
Dunyoga yangi tadqiqotchilar - qator ilmiy y o ‘nalishlami yaratgan
olimlar nomlari keng jam oatchilikka m a iu m b o id i. Ulardan asli
polshalik ingliz olimi B.K. Malinovskiy, ingliz A.R. Redklif-Braun,
amerikalik F.Boas, fransuz K.Levi-Stross, rossiyalik S.R Tolstov va
boshqalar o ‘zlaridan ajoyib asarlar qoldirganlar.
0 ‘zining faoliyati davrida etnologiya insoniyatni dunyoning rang-
barang madaniyati haqidagi m aiu m o tlar bilan boyitdi. Xususan,
tropik yoki «Qora Afrika» uzoq payt geografik va etnografik jihatdan
o'rganilm ay keigan. Lekin turli sayohatchilar va olimlar ekspeditsi-
yalari: ingliz D.Livingston (1840), amerikalik G.Stenli (1871), nemis
L.Frobenius (1903), ingliz B.Devidson (1940) va boshqalar Afrika-
ning qadimgi va zamonaviy madaniyatlarini ochishdi.
Ekspeditsiya ishlari, ilmiy munozaralar hozirgi kunda ham davom
etmoqda, ular har qanday fan taraqqiyotida zarur shartlardan biridir. Bu
jarayon yangi nazariyalaming yaratilishi, ularning esa insoniyatni o ‘z
tarixini va zamonaviy hayotini yaxshiroq anglashiga imkon beradi.
Etnoslar klassifikatsiyasi turlari.
Dunyo xalqlari bir necha ming
b o ig an i sababli ular haqidagi nisbatan aniq va to iiq manzarani faqat
m a iu m jihatdan guruhlashtirilgan va tizimlashtirilgan m aium otlar
bera oladi, xolos. Etnologiyada qator klassifikatsiyalardan foydalanib,
ularning y ig in d isi murakkab hodisa - etnosni tavsiflash, yer yuzidagi
har
bir etnosning o ‘z o ‘mini ko‘rsatib berishga imkoniyat yaratadi.
Bu borada shuni alohida ta’kidlash lozimki, ilmiy etnologik tavsif -
xalqlar hayotidan turli qiziqarli va g ‘ayriodatiy m aium otlam i tartib-
siz keltirish emas. Har qanday fan, jum ladan, etnologiya ham o‘zining
ilmiy tili - maxsus atama va tushunchalaming butun bir tizimini yarat-
ib, ularning yordamida turli hodisa va jarayonlam ing tavsifi, tahlilini
hamda klassifikatsiyasini beradi. Ayrim atama va tushunchalar ushbu
qoilanm ada keltiriladi.
9
Rasmiy klassifikatsiya turlariga: geografik, antropologik, til, tarixiy-
etnografik, xo‘jalik, diniy (etnokonfessional) guruhlashtirishlar kiradi.
Geografik klassifikatsiya.
Qit’alar va regionlar bo‘yicha xalqlar
yoki ularning guruhlari yashaydigan joylam i aniqlaydi. QoMlanma
va darsliklarda Avstraliya va Okeaniya, Osiyo, Afrika, Amerika va
Yevropa xalqlari qit’alar kesimida o‘rganiladi. Ayni paytda qit’alar
tarixiy-etnologik viloyatlarga bo‘linadi. Jumladan, Yevropa qit’asi
G ‘arbiy, Sharqiy Yevropa, Rossiya xalqlariga bo‘lib o ‘rganiladi.
Antropologik klassifikatsiya
insonlarning biologik (jismoniy) xu-
susiyatlarini e ’tiborga oladi. Yer yuzidagi barcha aholi bitta biologik
tur - Homo Sapiens (idrokli kishi) bo ‘lib, uning alohida guruhlari jis
moniy (biologik) belgilari, kelib chiqishi, m a’lum hududda tarqalishi
b o ‘yicha farqlanadi.
Jismoniy belgilari bo ‘yicha tarixan shakllangan odamlar guruhi
irqlar deyiladi. Bunday belgilar merosiy hisoblanadi. Bugungi kun
da to ‘rtta irq: negroid (Afrika), yevropeoid (Yevrosiyo), mongoloid
(Osiyo-Amerika) va avstraloid (Okeaniya)lar mavjud. Irq tavofutlari
tana rangi, ko‘z qorachig‘i rangi, sochi, bosh chanog‘i va ularning
shakli, tanasining uzunligi, nisbatan m urakkab genetik xususiyatiar -
ao n guruhi, barmoq va kaft izlari va hokazolar o ‘rganiladi. Bu xususi
yatiar uzoq davr - 40-20-m ingyilliklarda shakllangan. Shu tariqa in
sonlar barcha tirik jonzotlar singari tabiiy-geografik muhitga tanalari
bilan moslasha borganlar.
Insonlar irq xususiyatari xalqlaming shakllanish tarixi qanday
bo ‘lganini aniqlashga yordam beradi. Jumladan, biologik antro-
pologiya va yer yuzidagi barcha aholining irq bo ‘yicha aralash ekan-
ligi aniqlagan.
Barcha irq vakillari madaniyat va ijtimoiy hayotni rivojlantirish
uchun bir xil biologik imkoniyatlarga egadir. Irqlaming jismoniy,
psixologik va aqliy jihatdan noteng ekanligi haqidagi tasavvurlar noil-
miy va gumanizmga qarshidir, Shu sababdan irqchilik fan va dunyo
demokratik jamoatchiligi tomonidan doimo qoralanib keladi.
10
Til klassifikatsiyasi
xalqlam ing kelib chiqishini aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. U yoki bu xalqlar tillarini til oilalariga bo‘lishda
ulaming qardoshligini qiyoslash orqali aniqlanib guruhlashtiriladi.
Tillaming o ‘xshashligi ushbu xalqlam ing yaqin qardoshligi yoki uzoq
madaniy aloqada bo ‘lganligidan dalolat beradi. Eng yirik til oilasi -
hind-yevropaga bir-biridan ancha farqlanadigan ingliz, rus, eron, ar
man va boshqa tillar kiradi. Hind-yevropa tillarida yer yuzining 45%
aholisi so‘zlashib, u yirik 5 ta guruhga bo ‘linadi - german, roman,
slavyan, eron, hindoriy. Ulardan tashqari, letto-litva, kartvel, arman,
yunon tillari ham ushbu til oilasiga kiritiladi. Ayni paytda hech qanday
til oilasiga kirmaydigan: qadimgi shumer, nivx yoki bask tillari turli
sabablarga ko‘ra izolat (boshqa tillardan ajralgan) tillar hisoblanadi.
Ayrim tillarda bitta emas, bir necha o ‘nlab xalqlar so‘zlashishi
mumkin. Aksari bunday vaziyat mustamlakachilik siyosati tufayli vu
judga kelgan. Ispan, ingliz, fransuz tillari keng yoyilishi aynan shu
jarayon natijasidir.
Yer yuzida qancha til mavjudligi nom a’lum. Mutaxassislaming fi-
kricha, turli etnoslar tillarining 4 mingdan 6,5 mingtagacha ekanligi
ehtimol qilinmoqda. Ayni paytda o ‘n ikki tilda: xitoy, ingliz, hind,
urdu, ispan, ms, arab, portugal, yapon, nemis va fransuz tillarida yer
yuzining 60% dan ortiq aholisi so‘zlashadi.
Odatda, ko'pchilik xalqlar bitta tilda so‘zlashadilar. M o‘g ‘ullar
m o‘g‘ul tilida, vengrlar venger tilida, xitoyliklar xitoy tilida va hoka
zolar. Lekin asrlar davomida aholisi aralash yashagan mamlakatlarda
ikki tillik, ayrim holatlarda uch tillik etnoslar ham mavjud. Ikki tillik
aholi Belgiya va Shveysariyada, ayrim Afrika mamlakatlari, Hindis
ton, Indoneziya va boshqa davlatlarda tarqalgan. Rossiya imperiyasi
va sobiq Sovet davlati doirasida ham ikki tillik (bilingvizm) keng tar
qalgan edi.
K o‘plab xalqlar, etnoslar bugungi kunga qadar yozuvsiz qolib
kelishmoqda. Ular qatorida Janubiy Amerikaning ko‘plab hindu qa
bilalari, Afrikaning bushmen, pigmey va gottentot qabilalari va hoka
zolar bor.
11
|