35
qilishda foydalaniladi. Ana shunday noqonuniy
usullardan muhofazalanish
uchun quyidagi chora - tadbirlari ko‘riladi.
Imitatsiyalashga bardoshlilik - imitabardoshlilik;
kriptotizimga kirayotgan ma‘lumotlarni muhofaza maqsadlaridan
kelib chiqib tartiblash.
Elektron raqamli imzo aloqa tizimlarida bir necha tur qoida
buzilishlaridan muhofaza qilinishni ta‘minlaydi, ya‘ni:
maxfiy kalit faqat
foydalanuvchi (A)ning o‘zigagina ma‘lum bo‘lsa, u holda foydalanuvchi (B)
tomonidan qabul qilib olingan ma‘lumotni faqat (A) tomonidan jo‘natilganligini
rad etib bo‘lmaydi;
qonun buzar (raqib tomon) maxfiy kalitni bilmagan holda
madifikasiyalash, soxtalashtirish,
faol modifikatsiyalash, niqoblash va boshqa shu
kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga imkoniyat tug‘dirmaydi;
aloqa tizimidan foydalanuvchilarning o‘zaro bog‘liq holda ish
yuritishi munosabatidagi ko‘plab kelishmovchiliklarni
bartaraf etadi va bunday
kelishmovchiliklar kelib chiqqanda vositachisiz aniqlik kiritish imkoniyati
tug‘iladi.
Ko‘p hollarda uzatilayotgan ma‘lumotlarni shifrlashga hojat bo‘lmay, uni
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash kerak bo‘ladi. Bunday holatlarda ochiq
matn jo‘natuvchining
yopiq kaliti bilan shifrlanib, olingan shifrmatn ochiq matn
bilan birga jo‘natiladi. Ma‘lumotni qabul qilib olgan tomon jo‘natuvchining ochiq
kaliti yordamida shifrmatnni deshifrlab, ochiq matn bilan solishtirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: