Dinshunoslikka


Diniy e’tiqodning shakllanishida shaxs



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
Dinshunoslikka kirish

1. Diniy e’tiqodning shakllanishida shaxs 
va jamiyat o‘zaro munosabatlari.
Dinni ijti­
moiy hodisa sifatida o‘rganadigan dinshunos­
likning sohasi – din sotsiologiyasi deb ata­
ladi. U dinshunoslikning alohida sohasi 
sifatida Yevropada XIX asrning oxiri XX asr­
ning boshlarida vujudga keldi. Bu fanning 
alohida qonunlarini sotsiologlardan Ogyust 
Kont (1798–1857) va Gerbert Spenser (1820–
1903) o‘z asarlarida ishlab chiqdilar. Din sot­
siologiyasining yirik asoschilari Maks Veber 
va Emil Dyurkgeym (1858–1917) hisobla­
nadilar.
Dinni faqat ruhiy hodisa, diniy tuyg‘ular, tushunchalar, tasav­
vurlar barchasi insonning ichidangina kelib chiqadigan narsa 
deb qarash xatodir. Inson o‘zini o‘rab turgan muhit, jamiyat bi­
lan bevosita bog‘liqdir. Inson tug‘ilishidan boshlab jamiyat bilan 
Gerbert Spenser


77
bog‘liq holda ulg‘ayadi. Jamiyatdagi mav­
jud qarashlar, odatlar, moddiy va ruhiy boy­
liklarni o‘zlashtira boshlaydi. 
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy 
ildizlari muammosini hal qilish bilan din­
ning kelib chiqishi muammosini hal qilish 
mumkin bo‘ladi. E. Taylor kabi evolutsion 
yo‘nalishdagi pozitivistlarning chiqargan 
xulosasiga ko‘ra, dinning kelib chiqishini 
«faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqay­
dilar. U o‘z­o‘ziga borliq, o‘zini o‘rab turgan 
olamning paydo bo‘lishi va o‘zi kuzatgan hodisalarning haqiqa­
ti haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo‘lma­
gan. Shundan so‘ng bu insonda ruhlar, Xudolar, farishtalar haqi­
da tasavvurlar paydo bo‘lgan.
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir 
nazariya mavjud: «Birinchi yolg‘onchi bi­
rinchi nodonni uchratganda» din paydo 
bo‘ldi. Bunda din yomon niyatli kishilar­
ning o‘ylab topgan narsasi bo‘lib chiqadi. 
Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy 
asosga ega emas. 
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsep­
siyasi bo‘yicha ibtidoiy odam yolg‘iz holdagi 
chuqur fikr yurituvchi bo‘lgan. U o‘z oldi­
ga ulkan savollarni qo‘ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida 
kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odam­
ning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan 
bog‘liq bo‘lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart­sharoitlari birgina 
odamga tegishli bo‘lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy grup­
pa, qabila, urug‘, xalqqa tegishli edi. 
Dinning kelib chiqishi bir odam boshqalarni aldashi natijasi­
da kelib chiqqan, degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa 
fikrga ko‘ra, din – jamiyatdagi kishilarning baravariga o‘z­o‘zini 
Emil 
Dyurkgeym
Ogyust Kont


78
aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning 
uchun ham bu fikr egalari «din ijtimoiy 
hodisadir», degan xulosaga keladilar.
Din insoniyat jamiyati hayotida salmoqli 
o‘rin tutib keladi. Xususan, uning ma’navi­
yat sohasidagi o‘rni kattadir. Tarixda din 
niqobi ostidagi bid’at va xurofotlar jamiyat 
taraqqiyotini ortga tortib kelgan. Din ta­
raqqiyotning har bir bosqichida o‘ziga xos 
o‘rinni egallagan.
Din ijtimoiy hodisa bo‘lgani uchun ham 
u jamiyat hayotida jiddiy rol o‘ynamasli­
gi mumkin emas edi. Diniy mafkura har 
doim ham inson axloqi va jamiyat taraq­
qiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmay­
di. Sinflar, ijtimoiy guruhlar, shu jumladan 
alohida shaxslar o‘zlarini mavjud real vazi­
yat, muayyan shart­sharoit talab qilganidek 
tutadilar. Agarda real sinfiy, gruppaviy va 
shaxsiy manfaatlar mavjud mafkuraga zid bo‘lsa, bu mafkura 
amalda qo‘llanma bo‘lishdan to‘xtaydi va faqatgina aqidalarda 
hamda amaliyotga tatbiq etilmaydigan hikmatli so‘zlar va nasi­
hatlarda qoladi. Juda ko‘p hollarda alohida shaxslar va ijtimoiy 
guruhlar bir diniy­mafkuraviy ko‘rsatmani zo‘r berib targ‘ib qil­
gan holda, o‘zlari unga butunlay zid bo‘lgan tamoyillar asosida 
yashaydilar.
Ko‘pincha diniy aqidalarni noto‘g‘ri talqin etish hollarini 
ko‘rishimiz mumkin. Bu esa omma nazarida dinni taraqqiyotga 
qarshi qilib ko‘rsatishga olib keladi. Masalan, taqdirga ishonish 
aqidasini noto‘g‘ri talqin etilishi natijasida dinga e’tiqod qiluvchi­
lar orasida voqelikka nisbatan e’tiborsizlik, sovuqqonlik, danga­
salik illatlarini keltirib chiqarish mumkin.
Mafkura faqat diniy tarzda bo‘lgan qadimgi davrda har qan­
day qarashlar, qarama­qarshi kuchlar turli diniy shakllarni olar 
Maks Veber
Eduard Taylor


79
edi. O‘rta asrlarda G‘arbiy 
Yevropadagi Xudosizlik ta’li­
motlari ortodoksal­katolik 
ta’limotiga asoslangan hukm­
ron feodal tuzumiga qarshi 
muayyan ijtimoiy harakatlar­
ning ideologiyasi edi. Tarixda 
o‘tgan diniy tuzumlarda huku­
mat dinning tinchlantiruvchi, 
mavjud holatga ko‘niktiruv­
chilik xususiyatidan foyda­
langan. Ammo progressiv ijti­
moiy­inqilobiy harakatlar ham 
diniy shaklda va diniy shiorlar 
ostida o‘tgan. Dinning faqat­
gina siyosiy ta’siri bo‘lmay, 
uning ta’siri ijtimoiy, shaxsiy 
turmushda ham mavjud.
Kapitalistik dunyoda diniy mafkuraning mavqesi siyosiy da­
rajada ko‘riladi. Bunga misol qilib sudda Bibliya bilan qa­
sam ichishni, ba’zi bir mansablarni, masalan, AQSH prezidenti 
mansabini egallashda Bibliya bilan qasam ichishni ko‘rsatishimiz 
mumkin. Kapitalistik mamlakatlarda din doimo siyosiy faoliyat­
da ishtirok etadi. Ba’zida u yoki bu partiyaning din bilan aloqa­
si uning nomida yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Gohida partiyaning 
diniy mafkuraga bog‘liqligi uning nomida yaqqol ko‘rinib tura­
di: Italiyadagi xristian­demokratik partiya, Germaniyadagi xris­
tian­demokratik ittifoq. Bir necha sharq davlatlarining nomidan 
ularning islomga munosabatini bilish mumkin. Isroil esa davlat 
tuzumida anchagina o‘rinni ravvinatga ajratgan bo‘lsada, u ya­
hudiy davlati deb nomlanmaydi.
Diniy nom bilan atalgan ko‘pgina partiyalarning aso 
siy 
maqsadlari diniy emasligi ularning faoliyati davomida ko‘ri nib 
qoladi. Bunda cherkov bunday partiyalar faoliyatini qo‘llaydi 
Turli e’tiqod va marosimlar orqali din 
insonlarni bir maqsad atrofida birlashtirib 
jamoa bo‘lib yashashini ta’minlaydi


80
emas, balki ularga qarshilik ko‘rsatib, iloji bo‘lsa, ularni amaldan 
to‘xtatadi.
Hozirgi davrdagi diniy yig‘ilish va konferensiyalarda dunyoda­
gi asosiy masalalarni hal qilishga qaratilgan yo‘nalishlarni aytib 
o‘tish lozim. Tinchlik g‘oyalari ilgari surilib, zulm istibdod qora­
lanmoqda.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, din ijtimoiy hayot­
da hal qiluvchi, asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifani bajaradi. 
E. Dyurkheymning fikricha, din ijtimoiy hayotning ramziy aks 
etishidir. U insoniyat tarixining ilk davridan boshlab inson bilan 
birga bo‘lib keldi va insoniyat yer yuzida mavjud ekan, din ham 
doimiy mavjuddir.
Din jamiyat hayotida muhim rol o‘ynagani uchun ham jami­
yat taraqqiyoti dinga qarshi kurashish bilan emas, balki din­
ni o‘rganish, u bilan «kelishish» yo‘li bilangina amalga oshishi 
mumkin. Din bizning o‘tmishimizdir. O‘tmishsiz kelajak yo‘q. 
Shuning uchun ham dinni o‘rganmay turib kelajakda namunaviy 
jamiyat qurish mumkin bo‘lmaydi. Ijtimoiy fanlar qatorida dinni 
alohida soha sifatida o‘rganish lozim.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin