3. Ilmiy tasniflar va ularning xususiyatlari.
Dinlarni tasniflash bilan turli fan sohalari shug‘ullangan va
bu tasniflarda ularning izlanish ko‘lami va ixtisosliklari aks et
gan. Bu tasniflarning eng muhimlari dinlarning jo‘g‘rofiy tarqa
lishi, tarixiy kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan hamda diniy
mavzusiga ko‘ra tasniflashdir. Bu tasniflar yuqoridagi noilmiy
tasniflardan farqli ravishda garchi ilmiy asoslarga ega bo‘lsada
ularni ham mutlaq to‘g‘ri tasniflar deb bo‘lmaydi.
A) dinlarning jo‘g‘rofiy tasnifi.
Dunyo dinlari yuzaga kelgan geografik hududlar
66
Bu tasnif jo‘g‘rofiya fani bilan hamohang bo‘lib, dinlarni
jo‘g‘rofiy jihatdan o‘rganishga bo‘lgan e’tiborning rivoji asosida
«Dinlar jo‘g‘rofiyasi» atalmish fan sohasi yuzaga kelgan. Unda
dinlarning jo‘g‘rofiy yoyilishi va tarqalgan mintaqalarini belgilash
asosida jo‘g‘rofiy atlas tuzish, dinlarning tarqalish harakatini ku
zatish kabi jo‘g‘rofiya bilan bog‘liq mavzular o‘rganiladi.
Bunda hozir mavjud bo‘lgan dinlar bir necha xil tasniflanadi:
1. Dinlarning qit’alarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yev
ropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu
unchalik munosib tasnif emas. Chunki, shunday dinlar ham bor
ki, ular bir necha qit’alarda hamon tarqalmoqda. Xususan, Is
lom va Xristianlik deyarli barcha qit’alarda tarqalgan. Shuningdek,
ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi ba’zi boshqa dinlar vakil
lari ham bo‘lishi bilan birga deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod
qiladi. Masalan, Yevropada asosan Xristianlik ko‘p tarqalgan, Is
lom Amerikaga nisbatan Afrikada ko‘proq tarqalgan. Osiyo qit’asi
da Islom, Hinduviylik, Buddaviylik, Konfutsiylik, Sintoiylik din
lari aralash tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo‘lgan din boshqa
qit’ada keng yoyilgan. Masalan, Xristianlik Falastinda vujudga kel
gan bo‘lsada, asosan Osiyo qit’asidan tashqarida tarqaldi.
2. Dinlarning jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va
g‘arb dinlari tarzida tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo‘lini
shiga monand siyosiy va madaniy tafovutni aks ettiruvchi keng
jo‘g‘rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga Hinduviylik, Buddaviylik,
Konfutsiylik, Sintoiylik, Daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari
kiritiladi. G‘arb dinlariga Yahudiylik, Xristianlik va Islom dinlari
kiritiladi. Aslida Islom dinini g‘arb yoki Sharq dini deb bo‘lmay
di. U jo‘g‘rofiy jihatdan Sharqda yuzaga kelib, g‘arb mamlakat
larida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va Xristianlik ham asli
da Sharq dinlari bo‘lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan va g‘arb
mamlakatlarida keng yoyilgan.
3. G‘arb tasniflaridan yana biri dunyoning bo‘linishiga mo
nand dinlarni jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra tasniflashdir. Bun
da dinlar Yaqin Sharq dinlari, Uzoq Sharq dinlari tarzida yoki
67
g‘arbiy Afrika dinlari va Shimoliy Afrika dinlari tarzida yoki
jo‘g‘rofiysiyosiy omillarga ko‘ra Hind dinlari, Sovet Ittifoqi din
lari, Arab dunyosi dinlari tarzida tasniflanadi.
4. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopatami
ya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Anado‘li
dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi.
5. Dinlar mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Ara
biston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, Hind dinlari, Xitoy
dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi.
JanubiySharqiy Osiyo mintaqasi bir necha diniyfalsafiy
ta’limotlarning vatani sanaladi
Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusi
ga ko‘ra aniq belgilash imkoni bo‘lmagan ko‘p hollarda jo‘g‘rofiy
tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, Yahudiylik, Xristianlik va Is
lom dinlarini tavhid (yakkaXudolik, monoteizm) asosida umum
lashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida
umumlashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning yechi
mi sifatida jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish mumkin. Lekin, bu
tasnif ham dinlarning paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalari
ga ko‘ra o‘rganishda samarali uslubdir. Bu tasnif orqali dinlar
68
ning jo‘g‘rofiy joylashuvi ularning qaysi mintaqalarga qay tarzda va
ko‘lamda tarqalgani hamda kirib borayotganligi o‘rganiladi. Bun
day tasnif doimo o‘zgarib, yangilanib boradi. Chunki, dunyoning
diniy xaritasi o‘zgarib, dinlarning tarqalish harakati davom etmoq
da. Masalan, Xristianlik, Islom va Buddaviylikning davomiy hara
kati jarayonida dunyo aholisining diniy holati o‘zgarib bormoq
da. Demak, dinlarning bunday harakatini aniqlashda xalqlarning
diniy joylashuviga ko‘ra jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish lozim.
B) dinlarning tarixiy tasnifi.
Bu tasnifda dinlarni tarix sahnasida paydo bo‘lish davriga
ko‘ra tartiblanadi hamda tarixiy davrlar qadimgi, o‘rta va yan
gi davrlarga ajratilgan taqsimotga asoslanadi. Bunda dinlar qu
yidagicha tasniflanadi:
– ibtidoiy va qadimgi dinlar hamda o‘rta asrlar va yangi davr
dinlari, ba’zan ibtidoiy va madaniy dinlar;
– ibtidoiy va qadimgi davr dinlari, tarixiy sivilizatsiya dinlari
va yangi davr dinlari.
Bu odatda dinlarning paydo bo‘lishi davriga ko‘ra tari
xiy
tarti blashdir. Gohida dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bog‘lanadi.
Chunki xalqlarning siyosiy tarixi yuzaga kelgandan so‘ng ular ning
diniy tarixi ko‘rinadi. Ko‘pgina qadimgi manbalarda xalqlarning
siyosiy tarixi diniy tarixi bilan bog‘langan.
Dinlarning tarixiy tasnifida bir qancha muammolar mavjud.
Ulardan biri ko‘plab dinlarning xususan, ibtidoiy dinlar ba’zi tari
xiy dinlarning paydo bo‘lish davrlari aniq belgilanmaganligi. Ya
na bir muammo shundaki, ba’zi dinlar bir paytda paydo bo‘lganligi
sababli ularning yuzaga kelish davrini aniqlash mushkul. Ayniqsa,
biror din asoschisining shaxsiyati asotir (afsona) va xurofotlar bilan
aralashib ketgan bo‘lsa, u tarixga yashirinadi. Hinduviylik, Daolik,
Buddaviylik, Jaynizm, Zurdushtiylik, Konfutsiylik kabi bir davr at
rofida paydo bo‘lgan dinlar m.a. VI asrga borib taqaladi
1
.
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of
religion. – USA, Routledge, 2009. – P. 6669
.
69
Bu dinlarning ko‘pchilik asoschilari shaxsiyati afsonalar bilan
bog‘langan, ularning o‘z dinlarini tuzishdagi sharoit va davrlar
ga tarixan nazar tashlashga to‘sqinlik qiladi. Mazkur dinlarning
paydo bo‘lish tarixini belgilashdagi qiyinchilik ularning tarixda
tugagan davrlarini ham belgilashda qiyinchilik tug‘diradi.
Dostları ilə paylaş: |