Dinshunoslikka


Din psixologiyasining vujudga kelishi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
Dinshunoslikka kirish

. Din psixologiyasining vujudga kelishi.
Din psixologiyasi din­
shunoslikning bir sohasi bo‘lib, u falsafa bilan psixologiyaning tu­
tashgan joyida shakllandi. Ijtimoiy falsafa va sotsiologiya dinning 
tabiatini unda ijtimoiy qonunlarning aks etishi nuqtayi nazaridan 
o‘rganadi. Ammo din faqatgina ijtimoiy hodisagina bo‘lib qol­
may, psixik hodisa hamdir. Din unga e’tiqod qiluvchilarning ichki 
hissiy­ma’naviy hayotlarining bir qismidir. Din psixologiyasi ning 
namoyondalari uning aynan mana shu jihatiga urg‘u beradilar.
Din psixologiyasi dinshunoslik fanining alohida sohasi sifatida 
XIX asr oxiri XX asr boshlarida amerikalik 
U.Djems (1842–1910) va avstriyalik Z.Freyd 
(1856–1939) asarlari asosida shakllandi. 
Din psixologiyasining asosiy o‘ziga xos ji­
hati shundaki, unga ko‘ra dinning manbayi 
insonni o‘rab turgan dunyoda emas, balki 
insonning o‘zida, uning ichki dunyosida. 
Shu bilan birga dinning manbayi insonning 
fikriy emas, hissiy­vijdoniy dunyosidadir.
Uilyam Djems


87
U.Djems dinning vujudga kelishini o‘rganish uchun «diniy 
taj riba»ni tadqiq qilish g‘oyasini ilgari surdi. Djemsning fikri­
cha, diniy tajriba muayyan shaxsning ichki ruhiy olamida joy­
lashgan. Insonlarning millati, diniy e’tiqodlaridan qat’i na­
zar, ularning barchasida o‘z diniy tajribalari bor. Ammo bu 
taj riba har bir insonda turli darajada mavjud. Ulardan ba’zi­
lari o‘z ruhiyatlarida ilohiyotning mavjud bo‘lishiga juda mo­
yil bo‘ladilar. Ular ruhan ilohiyot bilan uyg‘unlashib ketishga 
ko‘proq qobiliyatlidirlar (avliyolar). Boshqalari (oddiy dindor­
lar) bunday qobiliyatdan kamroq bahramand bo‘ladilar. Yana 
ba’zilari o‘zlarida umuman ilohiy chaqiriqni his qilmaydilar 
(ishonmovchilar).
Djems aytishicha, diniy tajriba 
barcha dinlardagi e’tiqod qiluvchi­
larda – buddist, xristian, musulmon 
bo‘lishidan qat’iy na zar bir xildir. U 
holda diniy aqidalar, oqim va maz­
hablar qanday kelib chiqdi, degan 
savol paydo bo‘ladi. Djems mana 
shu joyda ijtimoiy voqelikning ta’si­
riga murojaat etadi. Uning fikricha
kishilar muayyan ijtimoiy yashash 
sharoitlari – tug‘ilgan joyi, tarbiya 
beruvchilari va boshqalarga bog‘liq ravishda buddist yoki katolik 
va yo musulmon bo‘ladilar. Ammo, ijtimoiy ta’sirlar, Djemsning 
fikricha, shaxsning diniy hayoti uchun ikkinchi darajali va kam 
e’tiborga loyiqdir. Hal qiluvchi rolni bevo sita hissiyot va ich­
ki kechinmalar o‘ynaydi. Xuddi mana shu fikrdan U.Djems il­
gari surgan dinning davolash funksiyasi haqidagi kosepsiyasi ke­
lib chiqadi. Din o‘zida inson uchun foydali ta’sirlari bo‘lgan 
muayyan psixologik mexanizmlarni mujassam etgan. Dinda in­
sonni chidab bo‘lmas darajada azob berish yoki hech kim hadya 
etolmaydigan mustahkam, haqiqiy baxtli qilish kabi mo‘jizakor 
kuch bor. 
«Diniy tajriba»ning
shakillanishi


88
U.Djems diniy e’tiqodlarning ichki­hissiy tabiatiga e’tibor 
berib, ochiq bo‘lmasa­da, bunday tuyg‘ularning g‘ayritabiiy man­
bayi – ilohiy kuch mavjudligini shart qilib qo‘yadi.
Din tabiatini ta’riflashda yana bosh­
qacha yondashuvni psixoanaliz asoschisi 
Z. Freyd taklif etadi. Z.Freyd dunyoviy fal­
safa an’analari ruhida tarbiya ko‘rdi. U din­
ning g‘ayritabiiy manbayini inkor etadi. 
Uning fikricha, din – tabiiy fenomen, in­
son mahsuloti, odamzodning uni o‘rab tur­
gan dunyoga bog‘liqligining natijalaridan 
biri. «Men, – deb yozadi u o‘zining «Bir il­
lyuziyaning kelajagi» asarida, – diniy ke­
chinmalar madaniyatning boshqa erishgan 
yutuqlarida bo‘lgani kabi tabiatning kuchli bosimidan o‘zini hi­
moya qilish ehtiyojidan kelib chiqqan ekanligini ko‘rsatishga urin­
dim. Bunga yana bir ehtiyoj kelib qo‘shiladi, bu – madaniyatning 
juda nomukammalligini tuzatishga bo‘lgan intilish». Freyd din­
ning tashqi ta’sirlardan kuchli darajada ta’sirlanganligini tan olgan 
holda, dinning shakllanishidagi irratsional mexanizmlariga katta 
urg‘u beradi. U o‘z asarlarida din bilan g‘ayriaqliy subyektiv taas­
surotlar, shaxsning istaklari orasida bog‘liqlik bor deb ko‘rsatadi.
Z.Freyd ta’limotiga ko‘ra, inson ruhoniyati uch bosqich­
ning birgalikda o‘zaro harakatidan iborat. Bu bosqichlar: g‘ayri­
aqliy, aqliydan oldingi va aqliy. Ruhoniyatning asosiy tarkibi, eng 
chuqur qatlamini g‘ayriaqliy deb hisobladi. Aqliydan oldingi va 
aqliy qismlariga g‘ayriaqliy ustiga qurilgan ikkinchi darajali nar­
sa sifatida qaradi. Inson ruhoniyatining bu eng chuqur qatlami, 
Freyd fikriga ko‘ra, tabiiy instinkt, «ibtidoiy xohishlar» asosida 
ishlaydi. Ibtidoiy xohishning asosi sifatida Z.Freyd jinsiy qiziqish­
ni ko‘rib chiqdi.
Shaxsning g‘ayriaqliy qiziqishlarida jamiyatni vayron etuvchi 
kuch bor, deb hisoblaydi Z.Freyd. Jamiyat bunday kuchlarni jilov­
lash maqsadida ijtimoiy normalar va boshqa institutlar ko‘rinishi­
Zigmund Freyd


89
dagi turli qurilma mexa­
nizmlarni barpo etadi. 
Freyd fikricha, kuch­
li tabiiy intilishlarni ij­
timoiy normalar bilan 
cheklash dinni keltirib 
chiqaradi. Dinning va­
zifasi insondagi mavjud 
ibtidoiy xohishlarni jilov­
lashdir. Inson xohishlari­
ni haddan ziyod cheklab 
qo‘yilishi kishida nevroz 
kasalligini keltirib chiqa­
radi. Din, Freydning fikriga ko‘ra, nevrozning turli xillari orasi­
da kollektiv nevroz turidir.
Ma’lumki, nevroz insondagi ruhiy xastalik turiga kiradi. Inson 
bunday kasallikka chalinganda tashqi voqelikni to‘g‘ri qabul qila 
olmaydi. Uning ko‘ziga har xil narsalar ko‘rina boshlaydi. Freyd­
ning fikricha, din ana shunday illyuziyaviy dunyoqarash turiga 
kiradi. Bu ham insonning salomatligi uchun ijobiy rol o‘ynaydi, 
uni g‘am­tashvishlardan ozod qiladi. «Haqiqiy e’tiqodli kishi tur­
li nevroz kasalliklaridan xolidir. Universal nevrozni qabul qilgan 
odam individual nevrozga chalinish xavfidan yiroq bo‘ladi».
Z.Freydning o‘quvchisi, keyinchalik uni tanqid qilgan 
shveysariyalik olim, vrach­psixoanalitik 
K.G.Yung (1875–1976) dinning asosi sifati­
da g‘ayriaqliylikni, individual g‘ayriaqliylik 
emas, kollektiv g‘ayriaqliylikni ko‘rib chiq­
di. K.G.Yung individual va kollektiv g‘ayri­
aqliylik orasidagi farqni aniq ajratib berdi. 
Individual g‘ayriaqliylik alohida kishining 
shaxsiy tajribasini ifoda etadi va qachon­
lardir aqliy bo‘lgan, ammo vaqt o‘tishi ham­
da tashqi ta’sirlar natijasida unutilgan ichki 
Turli din vakillari orasida diniy tajriba va 
hissiyot ko‘rinishi
Karl Yung


90
kechinmalardan iborat bo‘ladi. Kollektiv g‘ayriaqliylik bu barcha 
irq va xalqlarga xos bo‘lgan umuminsoniy tajribadir. Bu insoni­
yat o‘tmishining, shuningdek, inson bo‘lishdan oldingi hayvon 
holati ning xotiradagi yashirin izlaridir. Shunday qilib, kollektiv 
g‘ayri aqliylik g‘ayritabiiy va individual g‘ayriaqliylikdan yuqori 
turadi. «Aytish mumkinki, din – ruhoniylar tajribasi bilan o‘zgar­
tirilgan, ongni mustahkamlashni anglatadigan tushuncha», – deb 
yozadi K.Yung o‘zining «Psixologiya va din» asarida. Shunday 
qilib Z.Freyd inson ruhoniyatini o‘rganish natijasida dinning ke­
lib chiqish manbayi yerdagi hodisalarda degan ateistik xulosaga 
kelsa, K.Yung psixologiyadan dinning g‘ayritabiiy manbayi bor 
ekanligini isbotlash uchun foydalandi. Shveysariyalik mutafakkir 
inson ruhi tabiatan diniydir, degan fikrni isbotlashni o‘z vazifa­
si qilib oldi. Insonning ruhi, – ta’kidlaydi K.Yung, – bu ilohiyot 
olamiga bir darichadir.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin