2. Din psixologiyasiga diniy yondashuv.
Neofreydizmning yana
bir vakili Karl Yung (1875–1961) bo‘lib, u Freyd ta’limotini bosh
qacha yo‘nalishda rivojlantirdi. K.Yung o‘zining «Psixologik tiplar»
nomli asarida inson ongi va ongsizlikka mansub bo‘lgan masala
larni falsafa tarixi, she’riyat, diniy, madaniy yodgorliklar yordami
da ko‘rib chiqdi, ularni yangicha talqin qilishga harakat qildi.
Bu asar K.Yungning nihoyatda chuqur qomusiy bilimga egaligi
ni namoyon qildi. Uning psixologik tahlili falsafiy mulohazalar va
falsafiy dunyoqarash darajasiga ko‘tarilganligini yaqqol ko‘rsatdi.
K.Yung falsafa tarixida ilk bor sxolastik oqimlarni tahlil qilib,
ularga mansub ikki xristian ilohiyotchisining psixologik holati
ni ochib berdi. Birinchi tip o‘rta asr xristian dinining mashhur
apologetlaridan biri Tertulliandir. Ikkinchi tip o‘sha davrning ya
na bir mashhur vakili Eriugendir.
K.Yungning ta’kidicha, Tertullian o‘zining nihoyatda yuqori
darajada rivojlangan intellektual bilimidan voz kechib, uni ichki
ilohiy hissiyotga almashtirdi. Eriugen esa o‘z intellektual bilimi
dan voz kechmadi, lekin o‘zining jinsiy a’zosini olib tashlab, hir
siy hissiyotdan butunlay voz kechdi.
91
Yung «bunday eski psixologik holat yagona libidoning har xil
shaklidir, ularni birbiriga qaramaqarshi qo‘yish noto‘g‘ri», deb
hisoblaydi. Yungning bu fikri libidoni tushunishda Z.Freydga
nisbatan kengroq va chuqurroq qarashga ega bo‘lganligini ko‘rsa
tadi. Z.Freydning ta’limotida «Oliy Men» otaonaga bo‘lgan mu
nosabat bilan aynanlashtirilgan. Yung esa libidoni faqat hirs bilan
cheklamasdan, psixik energiya sifatida oladi. Psixik energiyani
koinot miqyosidagi energiya, deb hisoblaydi. Butun koinotni qam
rab oluvchi bu energiya hayotiy jo‘shqinlik, tiriklik jarayonidir.
Bu fikrlarni asoslash uchun Yung qadimgi hind falsafasiga, Ve
da va Bxagavat Gitalarga murojaat qildi. Yung butun olamni bir
lashtiruvchi ramz, simvol, belgi sifatida Braxmanni oldi.
Hayotiy kuch, jo‘shqinlikni Braxmandagi ruhiy energiya tash
kil etadi. Bu energiyadan butun borliq – yulduzlar, sayyoralar,
o‘simliklar, hayvonot va insonlar yaratilgandir. Agar tabiatda bu
energiya ongsiz bo‘lsa, inson ongida energiya o‘zo‘zini anglash
darajasigacha ko‘tariladi. Lekin bu darajaga hamma insonlar ham
yetisha olmaydi. Buning uchun, uning fikricha, inson o‘zining
ichki olamiga kira olishi kerakdir. Bunday kirish uchun inson
o‘zining yashirinib yotgan hissiyotlarini boshqara olishi lozim.
Inson o‘zining «Men»idan voz kechishi darkor. Faqat shundagina
o‘zining chegaralangan tafakkuri zanjirlarini parchalab, ongini
ilohiy ong bilan, Braxman ongi bilan birlashtira oladi. Buning
natijasida inson ongi cheksiz kengayadi. Butun borliqqa ongi bi
lan qo‘shiladi. Bizga ongsiz bo‘lib tuyulgan borliqda qalb ko‘zi
uchun Braxmanning oltinsimon nur – quyoshi ko‘rinadi. «Brax
man – Prana ham,– deb yozadi K.Yung, – ya’ni hayot nafasi va
koinotning hayot tamoyili; xuddi shunday Braxman – «Uaup» –
ya’ni shamoldir. Insonda ham, quyoshda ham bu Braxman ya
gonadir». «Haqiqiy Braxmanning qiyofasi oltinsimon nur – qu
yosh bilan qoplangan».
K.Yungning fikricha, inson kuchi ham Braxmandan kelib
chiqadi. Harakatchan ijodiy libido kuchini Braxmanning chek
siz va sonsanoqsiz shakllari tashkil etadi. Koinot va insonda
92
gi hayotiy kuch, uning fikricha, energiyadir. Bu kuchda quyi va
yuqori, issiq va sovuq kabi ziddiyatlar bo‘lganidek, libidoda ham
ziddiyatlar mavjud. Libidodagi ziddiyatlarni tahlil qilib, Yung bu
hol Braxmanda ham mavjudligini ko‘rsatadi. Borliqning asoschisi
bo‘lgan Dunyoviy Ong o‘zini ikki qaramaqarshi boshlang‘ichga
ajratadi, bular manas – aql va «uas» – so‘zdir.
Z.Freyd o‘zining «Men va u» asarida ham aql va so‘z o‘rtasida
gi ziddiyatni ochib berdi. Aql ongning eng yuzadagi o‘zo‘zini
anglovchi qatlami bo‘lsa, so‘z esa aqlni ongsizlik bilan bog‘lovchi
vositadir. So‘z orqali ongsiz shakl ongli shaklga aylanadi. Bu ja
rayonni Z.Freyd inson psixologiyasi misolida ko‘rsatgan bo‘lsa,
K.Yung aynan shu jarayonni butun borliq, koinot miqyosida tat
biq etadi.
Shunday qilib, K.Yung Z.Freyd fikrlarini umumlashtirib,
koinot miqyosida talqin qiladi. Insonning ichki olami butun ja
honni o‘ziga qamrab olishini hamda jahondagi barcha jarayonlar
insonning ichki olamida ham davom etishini ko‘rsata oldi, Yung
libido tushunchasini A.Bergsonning hayotiy jo‘shqinlik, davo
miylik tushunchasi bilan hamohang, hamnafas ekanligini isbot
lab berdi.
Libido jismoniy kuch sifatida xilmaxil shakllarda namoyon
bo‘ladi. Bu shakllar afsonalarda obrazlar orqali ifoda etiladi. Bu
obrazlar birbiriga bog‘lanib ketib, yagona hayotiy oqimni tashkil
etadi. Anri Bergson ham o‘z falsafasida o‘xshash fikrlarni kelti rib,
bu oqimni «hayotiy jo‘shqinlik», deb atagan edi.
K.Yungning fikricha, ana shu hayotiy jo‘shqinlikka ijodkor
lik kuchi xosdir. Libido inson taqdirini ham aniqlaydi. Yungning
ta’kidicha, dunyoviy tartib libido tushunchasi bilan aniqlanadi.
Bu dunyoviy tartib koinotdagi yulduzlar va sayyoralarni bosh
qaradi. Bu yuqori energiyadan quyi darajadagi energiya holati
ga o‘tish jarayonidir. Shunday qilib, Yung fikricha, libido psixik
energiya orqali ifoda etiladi va olamdagi umumiy tartib yo‘nalishi
ni bildiradi. Bu tartib yunonlarda «nous, logos», xitoylarda «dao»
tushunchasi orqali berilgan.
93
K.Yung libidoni axloqiy qonun, deb ham ataydi. Inson o‘z ta
biatiga monand yashar ekan, u O‘zining ichki axloqiga binoan
yashaydi. Insonning tabiati hech qachon axloqni inkor etmagan,
aksincha, u bilan mutanosiblikda kun kechirgan. Libido tushun
chasi insonning ichki axloq qonuniyatlariga zid kelmaydi. K.Yung
fikricha, «yuksak hayotiy yutuqlarga insonning xudbinligi orqa
li erishilmagan, zotan xudbinlik hech qachon hayotning yuqori
pog‘onasiga olib chiqmaydi». Xuddi shunday yakka insonning
o‘zo‘zini rivojlantirishi ham uni hayotning yuqori pog‘onasiga
ko‘tara olmaydi. Bunga sabab insondagi ijtimoiy xusu siyat kuch
liligidadir. Demak, hayotiy yuksaklikka erishish libido qonuni
yatlari orqali yuz beradi. Jumladan, K.Yung o‘z xulosalarini qa
dimgi Xitoy falsafasidagi «dao» haqidagi manbalar va qadimgi
Hindistondagi ilohiy kitoblardan keltirilgan ilovalar bilan asos
laydi. Umuman olganda, uning psixologik holatlarga bag‘ish
langan tadqiqoti butun jahon falsafasini ruhiy jihatdan bog‘ lash
mumkinligini isbotlab berishga qaratilgan. Nafaqat falsafaning,
balki insonning ruhiy olami hamda butun borliqning ruhiy ola
mi yagonaligini ham yaqqol namoyon etdi.
Dostları ilə paylaş: |