Dinshunoslikka


 Dinshunoslikda din tipologiyasining o‘rni



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106
Dinshunoslikka kirish

1. Dinshunoslikda din tipologiyasining o‘rni. 
Dinlarni o‘rga­
nishda muayyan mezon asosida tasnif etib, tadqiq etish lozim 
bo‘ladi. Bu dinlarning tarixi, e’tiqodiy asoslari, aqidalari, shu­
ningdek, bir­biriga qilgan ta’siri kabi jihatlarining chuqur va har 
tomonlama mukammal o‘rganilishiga zamin yaratadi. Dinlar un­
ga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o‘zining ma’lum millat 
yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko‘ra turli guruh­
larga bo‘linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo‘lishidan yoki 
nazariy jihatdan qanchalik yetuk bo‘lishidan qat’i nazar, ularni 
mutlaqlashtirib bo‘lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir 
jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. 
Tarixiy­ 
geografik
E’tiqod qiluv­
chilarining 
soniga ko‘ra
Etnik
Hozirgi davr­
da mavjudligi 
jihatidan
DUNYO DINLARI TASNIFI


55
Barcha dinlar o‘z qarashi va odatiga ega
I. Tarixiy­geografik tasnif.
1) O‘rta yer dengizi havzasi dinlari:
a) grek;
b) rim;
d) ellinistik.
2) Qadimiy Yaqin va O‘rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
d) Akkad;
e) g‘arbiy­somiy;
f) islomgacha arablar dinlari.
3) Yaqin va O‘rta Sharqning 
payg‘ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
d) xristianlik;
e) manixeizm;
f) islom.
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm;
d) hind buddizmi (teravada, 
maxayana);
Dunyodagi turli dinlarga e’tiqod 
qiluvchilar o‘ziga xos diniy liboslari 
bilan ham ajralib turadilar


56
e) jaynizm.
5) Sharqiy va Janu­
bi­Sharqiy Osiyo dinlari:
a) Shri­Lanka, Tibet, 
Janubi­Sharqiy Osiyo havza­
si buddizmi;
b) Xitoy dinlari (dao­
sizm, konfutsiychilik, bud­
dizm maktablari);
d) Koreya va Yaponiya 
dinlari.
6) Amerika hindulari 
dinlari:
a) toltek va atsteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
d) mayyalar dinlari.
II. Etnik tasnif.
1) urug‘­qabila dinlari – totemistik, animistik tasavvurlarga 
asoslangan, o‘z urug‘idan chiqqan sehrgar, shomon yoki qabila 
boshliqlariga sig‘inuvchi dinlar. Ular millat dinlari va jahon din­
lari ichiga singib ketgan bo‘lib, hozirda Avstraliya, Janubiy Ame­
rika va Afrikadagi ba’zi qabilalarda saqlanib qolgan;
2) millat dinlari – ma’lum millatga xos bo‘lib, boshqa millat 
vakillari o‘ziga qabul qilmaydigan dinlar. Ularga yahudiylik (ya­
hudiy millatiga xos), hinduizm (hindlarga xos), konfutsiychilik 
(xitoy millatiga xos), sintoizm (yaponlarga xos) kiradi;
3) jahon dinlari – dunyoda eng ko‘p tarqalgan, kishilar ning 
millati va irqidan qat’i nazar unga e’tiqod qilishlari mumkin 
bo‘lgan dinlar. Ular safiga odatda buddizm, xristianlik va islom 
dinlarini kiritadilar.
Bundan tashqari dinlar ta’limotiga ko‘ra monoteistik – yak­
kaxudolik (yahudiylik, islom) va politeistik – ko‘pXudolik (hin­
duizm, konfutsiychilik) dinlari va h.k.ga bo‘linadi.
Dinlardagi muqaddas manbalar dindorlar 
uchun yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi


57
Tabiiy va 
metafizik
Haq va botil
Statistik 
tasnif
Mavzuviy
Tarixiy
Geografik
Tirik va o‘lik
ILMIY
NOILMIY
DINLARNI TASNIFLASHDAGI YONDASHUVLAR

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin