Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Teologik yondashuv. 
Din falsafasi falsafaning bir qismi sifati­
da Xudo to‘g‘risidagi, ilohiy mohiyat haqidagi fikr­mulohazalar 
bilan bog‘liq holda falsafa bilan shug‘ullanish demakdir. U falsa­
fa ilmining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, eng avvalo falsafiy te­
ologiya sifatida maydonga chiqadi. Falsafiy ilohiyot har qanday 
dinning konseptual, nazariy qismini ifodalovchi ilohiy aqidalar 
bilan bevosita aloqadorlikda va ayni paytda ulardan farqli ravish­
da mavjuddir. 


48
«Teologiya» atamasi («deus» – Xudo, «logos» – ta’limot) qadim­
gi Yunonistonda paydo bo‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yuk­
ka ega bo‘lmagan. «Teologiya» so‘zi ilohlar to‘g‘risidagi dostonlar­
da qo‘llanilgan, bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb 
atashgan. Arastu «teologiya» atamasidan falsafaning muayyan qis­
mini belgilash uchun foydalanib, mazkur atamani sharhlashda buri­
lish yasadi. U nazariy falsafani matematika, fizika va teologiyaga 
ajratdi. Arastu ilohiyot ilmini «birinchi falsafa», oliy mushohada fani 
yoki «oliy falsafa» deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibti­
dosi va mavjudligi sabablari to‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi. 
Musulmon Sharqida Arastu g‘oyasi ba’zan Aflotun qoidalari­
ga qo‘shilgan holda (yoki bahslashgan holda) qat’iy yakkaXudolik 
ruhida qayta talqin etildi (masalan, al­Kindiy, al­Forobiy). Fal­
safaning (al­falasifaning) vujudga kelishi antik andozalar ta’siri­
da ro‘y berdi. Musulmon faylasuflari borliqning ilohiy mohiyati­
ni rad etmagan holda, fanlarni yozma rivoyatlarga (ulum naqliya) 
asoslangan teologiya faniga hamda borliqni ratsional talqin etish­
ga asoslangan ratsional (ulum aqliya) fanga ajratganlar. Al­falasi­
fa shu ma’noda kalom ilmiga yaqin turadi. Kalom ilmida Arastu 
dialektikasining ustunligi sezilib turadi.
Markaziy Osiyo ham turli maktablarga mansub bo‘lgan (Al­
Beruniy, Ibn Sino, Al­Forobiy maktablariga) mashhur faylasuf­
lar silsilasini dunyoga tuhfa etgan. Bu faylasuflarning jahon fal­
safa fani oldidagi xizmatlari shundaki, ularning asarlarida falsafa 
va teologiyaning ajratilishi asoslab berilgan. Bunda falsafa «bu­
tun borliqni bilishning asosi» – g‘oyalar sifatida tasavvur etilgan 
bo‘lib, g‘arbiy Yevropa faylasuflari yuz yillardan keyingina shun­
day xulosaga kelganlar.
XI–XIII asrlar Yevropa falsafasida teologiya tushunchasiga kon­
septual ilohiyot deya ta’rif berilgan. Teologiya o‘rta asrlar Yevropasi­
ning konseptuallashtirilgan hukmron tafakkuriga aylangan. Teologi­
ya dinni tadqiq etuvchi fan sifatida, falsafa esa «ilohiyot ilmining 


49
xizmatkori» (slujanka «bogosloviya») sifatida qabul qilingan va u te­
ologiyaning qoidalarini asoslab berishi kerak deb hisoblangan. U te­
ologiyani, ratsional uslubdagi qotib qolgan nuqtayi nazarlarni bir­
lashtiruvchi sxolastika shaklida va shakliy­mantiqiy masalalarga 
moyil holatda maydonga chiqdi.
Yangi zamonda falsafa teologiyadan ajratiladi va dindan uzoq­
lashtiriladi. Fan va din bir­biridan mustaqil holda yashay boshlay­
di. Shu bilan birga ular bir­biriga qarama­qarshi turadi. Teologi­
ya «ilohiy haqiqat» bilan, falsafa esa yaxlit fan sifatida – tabiiy 
olam bilan shug‘ullanadi. Falsafa o‘zini bilishning hamma nar­
sani, shu jumladan dinni ham o‘z muhokamasiga, tafakkur ila 
bilish doirasiga tortishi lozim bo‘lgan oliy ko‘rinishi sifatida his 
eta boshladi. Shu bois falsafa ilmning tili va tushunchalaridan 
Xudoning g‘oyalarini hamda «ilohiy haqiqatni» asoslash uchun 
foydalanuvchi falsafiy teologiya g‘oyalari tez sur’atlarda rivojla­
na boshladi. 
Hozirgi vaqtda teologiya (konfessiyaviy, cherkov teologiyasi) 
tushunchasi nazariy ilohiyot, ilohiy haqiqat sifatida qabul qilina­
digan matnlar asosida tuzilgan, Xudoning mohiyati va xatti­hara­
katlari to‘g‘risidagi xilma­xil xulosalar va ta’limotlar majmuyi si­
fatida tushuniladi. Falsafiy teologiya esa sof falsafiy vositalar 
orqali, ya’ni ilohiy haqiqat dalili va mazmunidan qat’i nazar, 
falsafiy asoslash, isbotlash va sistemalashtirish mezonlari ham­
da standartlariga muvofiq Xudo to‘g‘risidagi ta’limotni yaratishga 
bo‘lgan intilish sifatida anglanadi. 
Bu Xudoni falsafiy anglash demakdir. Falsafiy teologiya­
ning vazifasi Xudo to‘g‘risida falsafiy ta’limot yaratishdan iborat. 
Uning maqsadi birinchidan, Xudoning mavjudligini, ikkinchi­
dan, imkoniyat darajasida, Xudoning tabiatini tushuntirib be­
rishga, uchinchidan Xudo va Olam o‘rtasidagi, Xudo va inson 
o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflashga qaratilgan. 
Aytib o‘tish joizki, falsafiy teologiya, diniy teologiya kabi Xu­
doni to‘liq va mukammal anglab yetish uchun da’vogarlik qil­


50
maydi. Falsafiy teologiya Xudoning asosiy sifatlarini ko‘rsatib be­
rishga va anglashga intiladi. Qodirlik, har narsadan voqiflik, har 
yerda hozirlik, doimiylik, g‘oyibiylik va boshqa shu kabilar Xu­
doga xos fazilatlar sifatida e’tirof etiladi. Eng muhim muammo 
Xudo va Olam, Xudo va yaratuvchilik, Xudo va inson o‘rtasidagi 
munosabatlardan iboratdir
1


Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin