47
bir tugundagi marvarid haqiqatning bir parcha yoki bo‘lagini ifo
dalagan. Bir parcha esa o‘z navbatida, butunni qamrab olgan.
Har bir idrok, fikr va harakat zamon va makon oralig‘idagi bor
likning barcha obyekti bilan tubdan bog‘liq deb ishoniladi. Aql,
tafakkur va haqiqat haqidagi Sharq dunyosining bir qator kon
sepsiyalari bilan tanishish davomida Sharq dunyoqarashi bilan
zamo naviy G‘arb falsafasining muayyan qarashlari (jumladan,
haqiqat haqidagi zamonaviy metafizik qarashlar) muvofiq kelishi
ko‘zga tashlanadi. Uaytxed ham o‘zining g‘oyalari va Sharq fal
safasining muayyan jihatlari o‘rtasida o‘xshashliklar mavjudligini
e’tirof etgan. Ko‘zguning bir parchasi butun oyna kabi tasvirni
aks ettirgani yoki gologrammaning bir bo‘lagi lazer nuri o‘tganda
to‘liq namoyon bo‘lgani kabi vaqt va fazoning har bir zarrasi bu
tunni ifodalaydi. Zamonaviy nazariya fizikaning bunday namu
nasi yuqorida bahs qilingan Indraning marvarid bilan qoplan
gan to‘ri kabi qadimiy ramz bilan hayratli ravishda mos tushadi.
Zamonaviy fizikaning topilmalari va Sharq falsafa sio‘rtasida
gi yuqoridagi o‘xshashliklarni ko‘rsatish ba’zi mualliflar (xusu
san, Fritjof Karpaning «Dao fizikasi») tomonidan kitoblar ham
yozilgan. Shundan xulosa qilish mumkinki, Dekartdan keyin
gi bir necha asrlar davomida zamonaviy G‘arb falsafasi o‘z e’ti
bori va tanqidini teistik («Xudo» tushunchasi markaziy o‘rinda
turgan) dinlarga qaratdi. Zamonaviy G‘arb falsafasi namoyonda
lari ko‘p holatda Sharqiy Osiyo diniyfalsafiy ta’limotlarini inkor
qilib, faqatgina G‘arb falsafiy va ilmiy an’analariga muayyan da
rajada muvofiq keluvchi ba’zi qarashlarni qo‘llabquvvatlashdi.
Dostları ilə paylaş: