Dinshunoslikka


O‘rta asrlarda G‘arb falsafasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
Dinshunoslikka kirish

O‘rta asrlarda G‘arb falsafasi.
G‘arbda Platon, Aristotel va 
boshqa yunon faylasuflari tomonidan qoldirilgan «intellektual 
meros» G‘arb dunyosidagi diniy an’analar bilan o‘zaro uyg‘un­
lashgan holda «yashash»ni davom ettirdi. G‘arb falsafiy an’ana­
si Ibrohimiy dinlar (yahudiylik, xristianlik va islom) tomonidan 
shakllantirilgan dunyoqarashlar ta’siri ostida bo‘lib keldi. Bu din­
lar Yahve, Alloh yoki oddiygina, Xudo nomlari bilan ataluvchi 
mutlaq qudrat sohibi tomonidan yuborilgan, Ibrohim va undan 
keyingi payg‘ambarlar ilgari surgan ilohiy ta’limotlarga asoslana­
di. 
Payg‘ambarlar yagona va yashirin iloh tomonidan nozil qilina­
digan vahiyni qabul qilib, insonlarga yetkazish uchun ularning 
orasidan tanlab olingan shaxslardir. Shunga ko‘ra, vahiy orqali no­
zil bo‘lgan xabarlar (muqaddas manbalar) asosida payg‘ambarlar 
tomonidan insonlarga yetkazilgan qat’iy e’tiqodlar majmuyi ush­
bu dinlarning ustunini tashkil qiladi. Ushbu dinlar muqaddas man­
balarida birinchi navbatda Xudoning yagonaligi ta’kidlanadi.
Bu masalaga qattiq urg‘u berilishini, hatto, uch dinda ham 
Xudo nomi uning yagonaligini ifodalash uchun katta harf bilan 
yozilishida ko‘rish mumkin. Bu dinlar asosida ilohga e’tiqod qi­
lish turganligidan ilohiy, ana shu e’tiqod yagona ilohga qaratil­
ganligi jihatidan yakkaXudolik dinlari deb hisoblanadi. Faqat, 
xristianlikning yahudiylik va islom dinlaridan farqli jihati – bu 


40
din ta’limotida din asoschisi Iso Masih Xudoning o‘g‘li va Xu­
doning inson qiyofasidagi sirli gavdalanishi deb e’tiqod qilini­
shi ko‘zga tashlanadi. Xristianlik va islom dinlari o‘rtasidagi aso­
siy o‘xshashliklardan biri, ikki dinda dindorlar o‘z e’tiqodlarini 
boshqa insonlarga yetkazishga undaladi. Ta’limotni yoyishga 
bo‘lgan xatti­harakat imonlilar jamoasiga qo‘shilish orqali oxir 
zamonda jahannamdagi abadiy alamli azobdan xalos bo‘lib najot 
(jannat)ga erishish to‘g‘risidagi e’tiqodga asoslanadi. Shu o‘rinda 
eslab o‘tish lozimki, turli dinlardagi yuqoridagi kabi najot topish­
ga oid e’tiqodlar «soteriologiya», oxir zamon, dunyoning poyoni­
ga taalluqli e’tiqodlar «esxatologiya» tushunchasi bilan yuritiladi.
Bir yarim ming yildan ortiq davr mobaynida, G‘arbda Aristo­
tel tomonidan gavdalantirilgan yunon falsafiy an’anasining ratsional 
ruhi bilan o‘z diniy an’analari talablarini muvofiqlashtirishga hara­
kat qilgan faylasuflar tomonidan ko‘plab nufuzli asarlar yozildi. Fi­
lo Yudaus (Philo Judeaus, milodiy 15­50 yy., Iskandariyadagi ya­
hudiy faylasufi. U ayniqsa, Aflotun va Aristotel falsafasi asosida 
«Musoning besh kitobi» (Tavrot)ni misollar orqali sharhlaganligi bi­
lan tanilgan) yunon falsafiy yo‘nalishi bilan yahudiylik an’analarini 
moslashtirishga harakat qilgan faylasuflardan biri. Filo muqaddas 
matnlarni o‘qishdagi yondashuvni «istiora uslubi» bilan birlashtir­
di. Bu uslubda, u ko‘rinishdan o‘zaro bog‘lanmagandek tuyulgan 
matnlarni so‘zma­so‘z qabul qilmaslik kerakligiga e’tibor qarata­
di. Ba’zi hollarda, til ramziy, unda qilinayotgan hikoyalar majoziy 
bo‘lib, uni real voqelik bilan bog‘lovchi ochiq tushuntirishlarga eh­
tiyoj tug‘iladi. Shuningdek, xristian ruhoniysi Avgustin (354–430) 
Bibliya matn laridagi ma’lumotlar va tabiat qonunlari o‘rtasida ku­
zatiladigan mavjud tafovut sababini tushuntirishga harakat qilgan 
shaxslardan biri hisoblanadi.
Aksariyat dinlarning zamonaviy dindorlari o‘z diniy man­
balari bilan shug‘ullanish chog‘ida ba’zi istioriy (allegorik) talqin 
turlaridan foydalanishlariga qaramay, bugungi kunga qadar, diniy 


41
matnlarni so‘zma­so‘z o‘qishni afzal ko‘ruvchi dindorlar ko‘pchi­
likni tashkil qiladi. Bu kabi dindorlar ko‘pincha «zohiriylar» deb 
ataladi. Shu jihatdan, diniy fundamentalizm diniy manbalar­
dagi ma’lumotlarning zohiriy ma’nosigina tushunish va unga er­
gashishga qat’iy turib olish oqibatida kelib chiqadi. Zohiriylar o‘z 
dinlarining muqaddas kitobida keltirilgan dunyo paydo bo‘lishi­
ning kosmologik talqini, farishta va jinlar kabi ilohiy va yarim­il­
ohiy mavjudotlar bilan to‘la jannat va jahannam hayoti, Xudo va 
payg‘ambarlarning ko‘rsatgan mo‘jizalari, jannatga kirish, o‘lim­
dan keyin qayta tirilish haqidagi e’tiqodlarga imon keltiradilar. 
O‘z navbatida, ular diniy manbalar ramziy, allegorik xususiyat­
ga ega hamda dunyo haqidagi inson tushunchasi ibtidoiy shaklda 
bo‘lgan davrga xos degan da’volarni qoralaydilar. Qolaversa, ular 
muqaddas diniy matnlar inson qo‘li bilan buzilgani yoki unga 
o‘zgartirishlar kiritilgani haqidagi qarashlarni rad etib, ular Xudo 
tomonidan yuborilgan narsa mutlaq va benuqson haqiqat ekan­
ligini ta’kidlaydilar. Shunday bo‘lsa­da, ko‘rinib turibdiki, rat­
sional tafakkur asosida yuzaga chiqqan empirik dalillar va diniy 
manba keltirgan da’volar o‘rtasida keskin tafovut mavjud ham­
da «ma’rifatparvarlik asri»gacha o‘tgan bir yarim ming yillik davr 
mobaynida mazkur tafovutni o‘rganish G‘arbdagi din falsafasi­
ning asosiy tadqiqot obyektiga aylandi. Biroq, Filo va Avgustin 
misolida ko‘rib o‘tganimizdek, ularning aksariyati diniy dunyo­
qarash asosida amalga oshgan bo‘lib, shu jihatdan, ularni falsafiy 
teologiya yoki apologetika (teologiyaning xristian dini aqidalarini 
himoya qiluvchi bo‘limi) deb atash mumkin. 
Falsafiy teologiya rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ziyoli­
lar orasiga yahudiylik e’tiqodi (kred – creed) yoritilgan «O‘n uch 
tamoyil» asari muallifi, keng qamrovli bilim sohibi bo‘lgan Mu­
so Maymonidiy (Moses Maimonides, 1135–1204, Sulaymon is­
mi bilan tanilgan)ni ham kiritish mumkin. Kred muayyan diniy ja­
moa e’tiqodining asosiy tamoyillarining qisqacha xulosasi bo‘lib, u 
ko‘pincha jamoa yig‘inlari va marosimlarda ommaviy o‘qilgan. Shu­


42
ningdek, «Mavhumlikdan chiqish» (The Guide to the Perplexed) 
asarida Maymonidiy o‘zining qarashlari shakllanishiga Aristotel va 
bir qator musulmon faylasuflari katta ta’sir o‘tkazganligini qayd et­
gan. U musulmon olimlaridan 450 ortiq monografiyalar muallifi, 
ham mutafakkir ham tabib Ibn Sinoni alohida hurmat bilan zikr qil­
gan. O‘z navbatida, Maymonidiyning ishlari xristian teologlari – 
Foma Akvinskiy (Thomas Aquinas, 1225–1274) va Jon Dans Sko­
tus (John Duns Scotus, 1266–1308) faoliyatiga katta ta’sir o‘tkazdi. 
Foma Akvinskiy eng nufuzli teolog sifatida baholanib, uning qalami­
ga mansub – katolik e’tiqodidagi har bir masala bo‘yicha ratsional 
mulohazalar to‘plami «Summa Teologika» ancha mashhur sanala­
di. Akvinskiy o‘z ishlari orqali to‘qqizinchi asrda boshlangan sxolas­
tik an’anani qayta gavdalantirdi va u Aristotelning falsafiy qarash­
larini teologiya bilan uyg‘unlashtirishga harakat qildi. «Sxolastika» 
(sxolastika – diniy aqidalarning nazariy asoslashga qaratilgan o‘rta 
asrlar falsafasi) tushunchasi asosan xristian kontekstida vujudga 
kelganiga qaramay, Maymonidiy va Ibn Sino ham mos ravishda 
yahudiy va musulmon sxolastiki deb hisoblanadi. Sxolastika zamo­
naviy G‘arb falsafasining ko‘tarilishi bilan poyon topdi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin