2-MAVZU. «DIN» TUSHUNCHASI VA UNGA
BERILGAN TA’RIFLAR
Reja:
1. «Din»ni o‘rganish tarixi.
2. Dinga berilgan ta’riflar.
Tayanch tushunchalar:
din ta’rifi, ilk
diniy tasavvurlar, totemizm, animizm,
fetishizm, shomonlik, sehrgarlik, «Ok
kam ustarasi», falsafa, teologiya.
Mavzu o‘quv maqsadi:
dinni o‘rga
nish tarixi, unga berilgan ta’riflar va
dinni tadqiq etish borasida shakllangan yondashuvlar haqida
tushuncha berish.
1. «Din»ni o‘rganish tarixi.
Kishilik jamiyatida din doimo u
bilan birga bo‘lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz ya
shaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu – dinning
tarixiyligi masalasi bo‘lib, unga ikki xil javob berganlar. Birin
chisi, qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyat
ning muayyan bosqichida – yuqori paleolit davrida, bundan 20
40 ming yil avval din paydo bo‘lgan. Ikkinchisi, dinning kelib
chiqishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq, degan fikrdir.
30
Dinning ilk shakllari sifatida totemizm, animizm, fetishizm,
shomonlik, sehrgarlik olinadi.
Totemizm – diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan
biri bo‘lib, hindular tilida «urug‘, kelib chiqish» ma’nolarini be
radi. Uning mohiyati ishonuvchilarning o‘zlari bilan ayrim hay
vonlar, o‘simliklar orasida g‘ayritabiiy aloqa, yaqinlik qonqa
rindoshlik bor, deb faraz qilishlaridan iboratdir. Totemizmda
urug‘qabila, xususan, shu urug‘ har bir a’zosining hayoti va
farovonligi ayni shu urug‘ning haqiqiy ajdodi hisoblangan totem
– o‘simlik yoki hayvonga bog‘liq deb ishoniladi. Muqad das joy
larda saqlanadigan biror urug‘ ruhini ifodalovchi hayvon yoki
o‘simlik sur’ati solingan tosh taxtachalar totem ruhlari ning ma
koni sanaladi. Hayvon yoki o‘simlik shu urug‘ yoki qabila uchun
totem, binobarin, muqaddas va homiy hisoblangan. Shuning
uchun ham kishilar totemlardan yordam so‘raganlar, ularga sehr
yordamida ta’sir qilishga uringanlar.
Dunyodagi turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar
orasida totemistik unsur mavjud
Totemizm bilan bog‘liq tasavvurlarning an’anaviy kompleksi
– urug‘ning yangi tug‘ilgan a’zolariga, ya’ni tirik avlodlarga «pok
yo‘l» bilan totemning o‘tib qolishiga ishonish, sehr jodu yo‘li bi
lan totemga ta’sir qilib, muayyan urug‘ yoki qabila hududida
o‘sha xildagi hayvon yoki o‘simliklarni ko‘paytirish va ular ning
moddiy farovonligini ta’minlash, totem timsoli bo‘lgan narsa
ning halokati uning avlodini halokatga olib borishiga ishonish
dan iborat bo‘lgan.
31
Totemizm hozirgi dinlarda muayyan unsurlar sifatida mav
juddir. Masalan, hindlarda sigir, ilon, maymun, fil va boshqalar
hamon muqaddas hayvon sifatida e’zozlanadi.
Animizm (lotincha «anima»
so‘zidan olingan bo‘lib, «jon»,
«ruh» degan ma’nolarni anglata
di) – inson, tabiat jismlari va
hodisalarining ruhi, joni bor deb
e’tiqod qilish, ular bilan mulo
qot qilish, ularga ta’sir o‘tkazish
mumkin, degan qarashlar bilan
bog‘liq e’tiqod shakllaridan biri.
Animizmda real moddiy obyekt
lar dunyosi ruhiy mavjudotlar
dunyosi bilan to‘ldirilgan bo‘la
di.
Ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiyki
kuchlarning jonlantirilishi – animistik timsollardir. Animiz
mda ruhlar tabiiy hodisalarni boshqaruvchilar hisoblanadi. Bu
ruh lar ezgu yoki yovuz bo‘lishi mumkin.
Markaziy Osiyoda marhumning joni arvoh deb atalgan.
Arvohning bir xususiyati shundaki, u o‘likni tashlab uzoqqa ket
maydi, lekin u qabrdan tashqariga chiqadi, deb hisoblangan.
Shuning uchun ham qadimgi zamonlarda arvoh uchun go‘rni te
shib qo‘yganlar yoki mozor oldida arvoh uyi qurganlar. Arvoh
hamma joyda – daraxtlarda, ariq va daryolarda, hovuz va xaro
balarda yuradi. Shunga ko‘ra, kishilar o‘z boshlariga birorbir
mushkul ish tushsa, o‘sha yerlarga borib sig‘inganlar, pul tashla
ganlar, arvohlardan madad so‘raganlar.
Fetishizm (portugalcha – «fetisho», fransuzcha «fetish»
so‘zlaridan olingan bo‘lib, «sehrli narsa» degan ma’noni anglata
di) – jonsiz narsalarni g‘ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish
va ularga sig‘inish. Sig‘inish obyektlari, ya’ni fetishlar – tosh,
tayoq, daraxt, umuman har qanday buyum bo‘lishi mumkin.
Dinshunoslikdagi yondashuvlarga
ko‘ra, animizm dinning yuzaga
kelish shakllaridan biri
32
Xullas, ishonuvchilar g‘ayrita
biiy xususiyati bor deb faraz
qilingan moddiy buyumlar fe
tish deb ataladi. Fetishizm tirik
bo‘lmagan, jonsiz predmetlarga
sig‘inishdir.
Fetishizm sehrgarlikdan ko‘ra
diniy tasavvurning ancha mu
rakkabroq shaklidir. Bu murak
kablik diniy tasavvur shakllan
gan makonlardagi odamlarning
dastlab har xil buyumlardan,
tog‘toshlardan, daraxtlardan,
keyinchalik esa tumor, butsa
nam va hokazolardan ko‘mak
olishga umid bog‘laganliklari
bilan belgilanadi. G‘arbiy
Afrikadagi xalqlarda daraxtlar,
toshlar va boshqa predmetlarga sig‘inish keng tarqalgan edi. Bu
xalqlarda fetishlarni, ya’ni ilohiylashtirilgan predmetlarni hatto
savalash, urish odati ham tarqalgan. Ular o‘zlari xohlagan narsa
larni yuzaga keltirishlarini talab qilib fetishlarga mix qoqqanlar.
Fetishizmning yana bir xususiyati shundaki, uning ko‘rinishlari
boshqa dinlarning mushtarak
unsuriga aylanib ketgan. Shu
ning uchun ham uning qoldiqlari
o‘sha dinlarda yashab keladi.
Shomonlik «shomon»
so‘zidan olingan bo‘lib, u tun
guschada «o‘ta hayajonlangan»,
«jazavali kishi» degan ma’no
ni anglatadi. Keyinchalik bu
so‘z rus tili orqali butun Sibir
ga, XVIII asrda esa, g‘arbiy yev
Dinshunoslikdagi yondashuvlarga
ko‘ra, fetishizm zamonaviy dinlar
bilan assimilitsiyalashgan hodisa
hisoblanadi
Shomonlar ibtidoiy tasavvur bo‘yicha
inson va ilohiy olam o‘rtasida vosita
chi sanalgan
33
ropaliklar tiliga kirib kelgan va shu bilan u xalqaro ilmiy istilohga
aylangan. Biroq bu degani barcha Sibirg‘ xalqlarida shomon bir
xil nom bilan atalgan degani emas. Shomon masalan, Sibirning
turkiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarida «kam» deb atalgan.
Shomon – qabilaning ruhoniysi. Diniy tasavvurning bir shak
li sifatida shomonlikka xos bo‘lgan umumiylik – shomonlarning
alohida ilohiy qudratlariga ishonish.
Shomonlik o‘z taraqqiyotida qator bosqichlardan o‘tgan.
Uning eng dastlabki shakli Kamchatkada yashovchi itelman qa
bilasida shakllangan. Itelmanlarda haqiqiy professional shomon
bo‘lmagan. Bu qabilaning har bir a’zosi shomonlik qilishi mum
kin edi. Shuning uchun ham ularda dastlab xotinlar tomonidan,
unda ham qariya xotinlar tomonidan amalga oshirilgan. Sho
monlikdagi ikkinchi bosqich – urug‘ shomonligi edi. Bu davr
da ham shomon hali professional bo‘lmasada, u urug‘ maro
simlarini bajarishni amalga oshiruvchi hisoblanardi. Endi har bir
urug‘ning o‘z shomoni bo‘lgan.
Shomonlikdagi yuqori bosqich – professional shomonlarning
paydo bo‘lishi hisoblanadi. Endilikda shomonlik kasbga aylan
gan. Shomon shu kasbi orqali daromad topgan, hayot kechir
gan. Endi u o‘ziga murojaat etgan har qanday odamning iltimo
sini bajarardi.
Dostları ilə paylaş: |