Dinshunoslikka


-MAVZU. DINSHUNOSLIK – DINNI O‘RGANUVCHI



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Dinshunoslikka kirish

1-MAVZU. DINSHUNOSLIK – DINNI O‘RGANUVCHI 
KOMPLEKS FAN
REJA:
1. Fanning maqsad va vazifalari.
2. Dinshunoslikka kirish fanining 
obyekti va predmeti.
3. Dinshunoslikning alohida fan 
sifatida yuzaga kelishi.
4. Dinshunoslik va diniy ta’lim.
Tayanch tushunchalar:
dinshunos, 
dinshunoslik maktablari, dinshunoslik 
sohalari, diniy tasavvur va e’tiqod, din funksiyalari, diniy maro­
simlar, diniy ta’lim. 
Mavzu o‘quv maqsadi:
Talabalarga fanning predmeti, obyekti, 
maqsad va vazifalari, dinshunoslikning alohida fan sifatida yuza­
ga kelish tarixi hamda dinshunoslik va diniy ta’lim o‘rtasida farq 
va o‘xshash jihatlar haqida ma’lumot berish.
1. Fanning maqsad va vazi-
falari.
«Dinshunoslikka kirish» 
fanining maqsadi dinshunos tala­
balarga dinni har tomonlama il­
miy nuqtayi nazardan o‘rganish 
uchun asos bo‘ladigan zaruriy bi­
limlarni berishdan iborat. Bo‘lajak 
dinshunos mutaxassis o‘z oldida 
turgan vazifalarni yuqori darajada 
amalga oshirishi uchun dinning 
mohiyati va uni tadqiq etish usul­
larini mukammal bilishi talab etiladi. 
Dinni ilmiy tadqiq etishda quyidagilarni bilish lozim bo‘ladi:
Fanni to‘la va puxta o‘zlashtirish uchun dinshunos qu­
yidagilarga amal qilishi lozim bo‘ladi:
Dinshunoslik turli fanlar kesishgan 
nuqtada paydo bo‘ldi


8
dinni o‘rganishdagi yondashuvlar
DINSHUNOS BILISHI LOZIM:
Sharq va G‘arbdagi dinshunoslik maktablari
dinshunoslikning sohalari
fanning asoschilari va asarlari
dinshunoslikning boshqa fan sohalari bilan bog‘liqligi
dinning jamiyat va inson ichki dunyosida tutgan o‘rni
Dinshunoslikda dinga «dinning o‘zi nima?», «uning mohiyati 
nimadan iborat?» degan savol nuqtayi nazaridan yondashishdan 
tashqari «din qay tarzda faoliyat olib boradi?» degan savol nuqtayi 
nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko‘proq din 
sotsiologiyasi shug‘ullanadi. 
Sotsiologik nuqtayi nazardan qaralganda din jamiyat uchun 
zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy 
munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil si­
fatida namoyon bo‘ladi. Din sotsiologiyasida uning jamiyatda ba­
jargan vazifalariga ko‘ra o‘rganiladi. Dinning vazifalari deganda 
uning alohida shaxsga va jami­
yatga ta’sir qilish yo‘li va tabiati 
nazarda tutiladi. Shuningdek, din 
sotsiologiyasida «har bir din o‘z 
e’tiqod qiluvchisiga yoki jamoaga 
va umuman jamiyatga nima be­
radi?», «Insonlar hayotiga qanday 
ta’sir ko‘rsatadi?» degan masalalar 
o‘rganiladi. 
Dinning ijtimoiy vazifalari ha­
qidagi ta’limotni dinshunoslik­
da funksionalizm rivojlantiradi. 
Dinshunoslikda dinni o‘rganishga 
nisbatan egallangan yondashuv 
muhim o‘rin tutadi


9
Funksionalizm jamiyatdagi barcha narsaga ijtimoiy tizim sifatida 
qaraydi: unga ko‘ra, jamiyatdagi har bir element muayyan funksi­
yani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, 
ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
dinning ezgulik mohiyatini tushunish
DINSHUNOS AMAL QILISHI LOZIM:
dunyo dinlari manbalari haqida atroflicha
tasavvurga ega bo‘lish
dinlar tarixini tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq 
holda o‘rganish
muayyan dindagi yetakchi shaxs haqida
bilimga ega bo‘lish
dinshunoslikka oid tadqiqotlar va ulardagi 
yondashuvlarni bilish
Birinchidan, har qanday din o‘z e’tiqod qiluvchilari uchun 
to‘ldiruvchilik, ovituvchilik, ya’ni «kompensatorlik» vazifasini 
bajaradi. Masalan, insonda doimiy tasalliga ehtiyoj hosil bo‘lishi 
hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti davomida tabiat va jami yat bi­
lan bo‘lgan munosabatlarida maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib 
ko‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy­ruhiy tasalliga zarurat 
sezadi. Din bu o‘rinda ma’naviy­ruhiy eh­
tiyojni qondiruvchilik, «tasalli beruvchilik» 
vazifasini bajaradi. 
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni 
targ‘ib qilar ekan, bu dunyoda orzu­ha­
vaslardan, rohat­farog‘atdan voz kechgan 
inson «nirvana» holatiga erishgach, abadiy 
rohatda bo‘lishini targ‘ib qiladi. Shu­
ningdek, xristianlikda ham har bir e’tiqod 
Dinning tasalli beruv­
chilik vazifasi


10
qiluvchi Iso Masihning qaytishiga umid qilgan holda hayotning 
turli muammolarini yengib, sabr­bardosh bilan hayot kechiradi. 
Chunki, xristianlik ta’limotiga ko‘ra, «Iso Masih qaytib kelgach, 
barcha izdoshlarini saodatli hayotga yetkazadi».
Islom dinida ham har bir musulmon bu dunyoda erishmagan 
moddiy yoki ruhiy orzu­istaklariga oxiratda erishishga ishongan 
holda dunyo orzu­havaslariga ortiqcha berilmay, turmush 
mashaq qatlariga sabr qiladi. «Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bi­
lan birgadir», deyiladi islom dini­
ning birlamchi manbasi Qur’onda 
(«Baqara» surasi, 153­oyat).
Ikkinchidan, muayyan din o‘z 
ta’limot tizimini vujudga keltirgach, 
o‘ziga e’tiqod qiluvchilarni, ya’ni 
diniy jamoani shu ta’limot doirasi­
da tutib turadi. Bu ijtimoiy hodi­
sa dinning birlashtiruvchilik, ya’ni 
«integratorlik» vazifasi deb atala­
di. Din e’tiqod qiluvchilar ning ijti­
moiy va ma’naviy hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa dinning dunyo 
xalqlari madaniyati, adabiyoti, san’ati kabi sohalariga kirib bori­
shi bilan amalga oshadi. Diniy urf­odat va marosimlarning ja­
moa bo‘lib bajarilishi ham unga e’tiqod qiluvchilarni birlashtiruv­
chi vosita hisoblanadi.
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir millat va ya­
gona maslak egalari hamda yagona Xudo Yahvening eng sevimli 
bandalari ekanliklari haqidagi ta’limot ularni birlashtirib turadi.
Xristianlikda esa bu dinga e’tiqod qiluvchilar bir­birlari bilan 
aka­uka – «birodarlar» ekanligi to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmush tarzini bosh­
qarish, tartibga solish, nazorat qilish, ya’ni «regulyatorlik» va­
zifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf­odatlarining, marosim va bay­
ramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat’iy tartibga amal 
qilgan holda bajarilishini shart qilib qo‘yadi.
Dinning birlashtiruvchilik vazifasi


11
Masalan, hadislardan birida 
«Otaga itoat qilish – Allohga itoat 
qilishdir. Unga gunohkor bo‘lish 
Allohga gunohkor bo‘lish bi­
lan barobardir», deyiladi. Rahbar­
ga, ota­onaga itoat etish, kattalarni 
hurmat qilish va kichiklarni e’zoz­
lashga chaqirish dunyo dinlarining 
asosiy shartlaridandir. Bu tamoyil­
lar jamiyatni tartibga solishda aso siy vositalar hisoblanadi.
To‘rtinchidan, dinning qonunlashtiruvchilik, ya’ni «legitim­
lovchilik» vazifasi ham borki, unga ko‘ra, har qanday ijtimoiy 
tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun 
u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi 
kerak. Din jamiyatda mavjud qoidalarni qonunlashtiradi va ush­
bu qonunlarning mukammal tizimini ishlab chiqadi.
Bundan tashqari, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari 
ham mavjudki, u insonning yashashdan maqsadi, hayot mazmu­
ni kabi masalalarga o‘z munosabatini bildiradi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin