Dinshunoslikda dinni, masalan, buddaviylikni o‘rganish uchun
buddist bo‘lish talab qilinmaydi. Muayyan dinning ichiga kirib, uning
ta’limoti va bosh g‘oyasini tushunish, nima uchun millionlab inson
lar uning yo‘liga ergashayotganligini anglab yetish dinshunoslikning
asosiy maqsadlaridandir. To‘liq obyektivlik insonga emas, kompyu
ter mexanizmlarigagina xosdir.
Albatta, chuqur subyektiv qiziqish va og‘ir obyektiv tahlil bi
lan bog‘liq bu vazifani mutlaq mukammal bajarish noreal hodi
sadir. Agar G‘arb klassik an’anasi bo‘yicha tahsil olgan musiqachi
blyuz, rok, xipxop, jazz kabilarning yangicha xilini yaratishga
kirishsa, u muayyan uslubiy o‘zgarishlarni amalga oshirib, ular
dan o‘zining keyingi ijodiy faoliyatida foydalanishi mumkin. Ayni
paytda, dinshunos tadqiqotchi musiqachidan ko‘ra ko‘proq mu
siqa tanqidchisiga mos tushsada, amalga oshirilgan o‘zgarish
larning ta’siri bo‘yicha o‘xshashlik ko‘zga tashlanadi. Turli diniy
qarashlarni tadqiq qilish tadqiqotchining dunyoqarashini ham
28
muqarrar kengaytiradi va o‘zgartiradi. Kimdir inson ruhiyati va
borliq haqiqati bo‘yicha yangi terminlarni va turli yondashuvlarni
egallaydi. Shu jihatlar bilan, dinshunoslik diniy ta’limdan farq
qilib, ikkinchisida muayyan dunyoqarash va unga bog‘liq qad
riyatlar tizimini tarbiyalash va mustahkamlashga alohida e’tibor
berilsa, dinshunoslikda esa asosiy e’tibor tadqiqotchi din va inson
tushunchalari borasida o‘z qarashlarini kengaytirishga qaratiladi
1
.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
1. Tadqiqotchi dinni tadqiq etishda nimalarga e’tibor qarati
shi lozim?
2. «Dinshunoslikka kirish» fanining obyekti va predmeti ni
malardan iborat?
3. Dinshunoslik sohalarini sanab bering.
4. Dinshunoslik va diniy ta’lim o‘rtasida qanday o‘xshash va
farqli jihatlar mavjud?
Adabiyotlar
1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the
study of religion. – USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar ja
moasi. – T.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa bir
lashmasi», 2013.
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Naj
middinov J. Dunyo dinlari tarixi (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Tosh
kent islom universiteti nashriyotmatbaa birlashmasi», 2011.
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va bosh
qalar. Dinshunoslik: Darslik / mas’ul muharrir N.Ibrohimov. –
T.: Mehnat, 2004.
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. –
USA, Routledge, 2009. – P. 69.
|