12
Ular diniy manbalar, diniy ta’limotlar,
diniy oqimlar, maz
hablar, din bilan bog‘liq tushuncha, atama, hodisa, hissiyot ka
bi sohalar ushbu fanning obyekti hisoblanadi. Bu fanning predmeti
esa aynan dinni o‘rganishdagi
turli yondashuvlar, o‘rganishdagi tad
qiqot usullari, xolis ilmiylik va obyektivlik tamoyillaridan ibo rat.
Masalan, «ibodatgoh» tushunchasi islom dinida «masjid», xristian
likda «cherkov», yahudiylikda «sinagoga» so‘zlari bilan berilsada,
ulardagi jamlovchi jihat – obyekt yagona, ya’ni «bino» bo‘lib,
undan
ko‘zda tutilgan asosiy maqsad ibodatdir. Shu ning uchun ham din
shunoslikda asosan bu kabi ibodatgohlarning diniy ibodat, e’tiqod,
qarashlar kabi umumlashtiruvchi jihatlari o‘rganiladi.
Dinshunoslik obyekt sifatida diniy e’tiqod muqaddas manba, marosim,
ibodatxona va dindor hissiyoti asosiy o‘rin
tutadi
Dinning ikki yirik tarkibiy qismi mavjud bo‘lib, ular: diniy
e’tiqod va diniy marosimlardir. Bu ikki qism o‘z navbatida bir ne
cha bo‘laklarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, dinshunoslik fani
ularni alohida obyekt sifatida o‘rganadi.
Dunyoning yaralishi
DINIY E’TIQOD SOHALARI
Insonning kelib chiqishi
G‘ayb olami
Ilohiy
mukofot va jazo
Azaliylik va abadiylik
Inson taqdiri
13
Inson tug‘ilishi
Poklanish
Ibodat
Nikoh
O‘lim
Iltijo
Shukronalik
DINIY MAROSIMLAR
Dinshunoslik fani diniy e’tiqod va marosimlarni o‘rganishda
muayyan usullardan foydalanadi. Mazkur usullarsiz dinni tadqiq
etish yo bir yoqlamalikka yoki noxolislik
va noilmiylikka sabab
bo‘lishi mumkin. Masalan, muayyan dinning muqaddas sanalgan
manbasini o‘rganmay turib, undagi diniy qarashlar va marosimlar
haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Faqatgina diniy manba
ni o‘rganishning o‘zi ham doim yetarli emas. Chunki undagi qoi
dalar ushbu dinning dunyo bo‘ylab qay darajada keng tarqalgani
ga qarab turlicha talqin etilishi mumkin.
Buning uchun ushbu
dinga turli darajada e’tiqod qiluvchilar orasida so‘rov o‘tkazish
usulidan foydalanish lozim bo‘ladi.
Dinshunos mutaxassis muayyan dinni o‘rganishda uning ich
ki qonuniyatlaridan boxabar bo‘lishi va unga ehtiyotkorlik bilan
yondashishi talab etiladi. Aks holda mazkur dinda eng muqad
das sanalgan narsalarga hurmatsizlik ko‘rsatib qo‘yishi va natija
da ayrim muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lib qoli
shi mumkin.
Dinshunoslik fani diniy e’tiqod va marosimlarni o‘rganish ja
rayonida ular bilan bog‘liq umumiy va xususiy jihatlar – qonuni
yatlarni kashf etadi. Ularni tahlil (analiz) qiladi. Sintez metodi
14
yordamida ularni
birlashtirib turgan konsepsiya, maqsad va va
zifalarni aniqlaydi. Ushbu qonuniyatlar asosida din bilan bog‘liq
yuzaga kelgan masalalarga yechim topadi.
Dostları ilə paylaş: