51
odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va isho
nishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan
ta’limotlar, histuyg‘ular, toatibodatlar va diniy tashkilotlar
ning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yarati
lishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli,
olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan
davrlarni
ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalash
da salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviyaxlo
qiy kuchdir.
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning
eng teran va go‘zal ruhiyma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda
dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror
bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtayi
nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy ha
yotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga kel
tiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu
esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish
mumkin
demakdir.
Dinga berilgan ta’riflardan ba’zilari
Devil lug‘atida Ambroz Birs tomonidan berilgan ta’rif: «Din umid
va qo‘rquvning arzanda qizidirki, jaholatdan xalos bo‘lish yo‘lini
o‘rgatadi».
Ediy Brikel: «Din – it ustidagi kulgudir».
Kliford Gertz: «Din – kishiga ruhiy quvvat, uzoq muddat
li yaxshi kayfiyat va rag‘bat baxsh qiluvchi, borliqning umu miy
mazmunini muayyan tushunchalar bilan ochib berib, ushbu tu
shunchalarni halol va harom doirasida belgilab beruvchi ramzlar
majmuasidir».