2. Noilmiy tasniflar va ularning xususiyatlari.
Dinshunoslar tur
li ilmfan sohalari vakillari bo‘lib, dinlarni o‘zlari mansub bo‘lgan
ilm yo‘nalishi nuqtayi nazaridan o‘rganib, turlicha tasniflaganlar.
Shuning uchun bu tasniflar o‘rtasida ba’zi tafovutlar bo‘lishi ta
biiy. Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning
yuzaga kelish tarixiga ko‘ra davriy jihatdan tasniflaganlar. Bosh
qa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo‘lgan va tarqalgan minta
qalariga ko‘ra tasniflaganlar. Ayrim dinshunoslar diniy mavzusi
ga ko‘ra dinlarni tasniflaganlar. «Tarix aladyon» asarida tasniflar
ikkita katta guruhga ajratilgan:
– tarix, jo‘g‘rofiya yoki dinshunoslik kabi muayyan fan so
hasiga tayangan xolisilmiy tasniflar;
– muayyan fan sohasi bilan bog‘lanmagan noilmiy tasniflar.
Noilmiy tasniflar: A) tirik va o‘lik dinlar.
Bunda hozirgi zamon kishisining diniy hayotida mavjud yoki
mavjud emasligi nuqtayi nazaridan tasniflanadi. Unga ko‘ra tirik
dinlar – hozirda mavjud bo‘lib, unga e’tiqod qiluvchi o‘z tarafdor
lariga ega bo‘lgan dinlardir. O‘lik dinlar esa, tarixda o‘z nihoya
58
siga yetib, bugungi kunda mavjud bo‘lmay, hech kim unga e’tiqod
qilmaydigan dinlardir.
Bu tasnifning noilmiyligi shundaki, aslida dinlar haqiqiy ma’no
da o‘lmaydi, balki bir dindagi aqidalar boshqa bir dinga o‘tadi. Asl
tarixiy kelib chiqishi bir o‘zakka borib taqaladigan diniy guruhda
gi biror din bilan o‘zaro ta’sir jarayonida diniy g‘oyalar tarixiy ke
lib chiqishi jihatidan bir aslga taalluqli boshqa bir dinda saqlanib
qoladi. Umuman, bir diniy o‘zakka taalluqli bo‘lgan dinlar guruhi
tarkibidagi diniy g‘oyalar o‘zaro meros bo‘lib o‘tadi. Tarixda biror
dinning o‘z nihoyasiga yetganini ko‘rsak, bu uning diniy g‘oya
si butkul o‘lganligini bildir
maydi. Dinlar tarixida bun
ga ko‘plab yorqin misollar
bor. Masalan, qadimgi Brah
manlik diniy g‘oyalari butkul
o‘lgan emas, balki Hinduviy
lik, Buddaviy
lik, Jayniylik
dinlarida davom etib, yashab
kelmoqda. Shu
ningdek, ibti
doiy diniy g‘oyalar hozir ham
yo mustaqil shaklda, yo ba’zi
zamonaviy dinlar bilan uyg‘unlashgan holda mavjud.
Masalan, Afrika qit’asida Xristianlik va Islom dinlari tarqal
ganidan so‘ng u yerdagi ibtidoiy diniy qarshlar bilan uyg‘unlash
gan. O‘zining ibtidoiy qadriyatlaridan xalos bo‘la olmagan afri
kalik dindor ularni yangi din bilan omuxta qilgan. Shuningdek,
ibtidoiy qarashlarga asoslangan dinlar Uzoq Sharq dinlari bilan
uyg‘unlashib, ularning asosiy tarkibiy qismlaridan biriga aylan
gan. Ayni bir muhitda keyinchalik paydo bo‘lib, ma’lum davr yon
mayon davom etib kelgan va tarixiy jarayonda o‘z nihoyasiga yet
gan ko‘plab qadimgi dinlarda o‘zaro nomutanosiblik yuz bergan.
B) tabiiy va metafizik dinlar.
Bunda dinlar diniy g‘oyasini tabiatdan oladigan tabiiy dinlar
va tabiat orti metafizik tafakkurga asoslangan g‘ayritabiiy dinlar
Xristianlik, islom, hinduizm, buddizm va
yahudiylik dunyoda eng ko‘p e’tiqod qiluv
chilariga ega dinlar hisoblanadi
59
tarzida ajratiladi. Bunday tasnif dinlarni zo‘rmazo‘raki ajratish
bo‘lib, xolis emas. Chunki, dinlar odatda tabiatga, vujudga yoki
koinotga, borliqqa umumiy nazar bilan qaraydi. Tabiiy va tabi
at ortimetafizik olam haqida keng tushuncha hosil qiladi, gar
chi bu ikki olamning ikkinchisisiz markazlashgan bo‘lsa ham.
Ibtidoiy dinlardan, masalan, tabiiy dinlarda inson tabiat bilan
bog‘liq bo‘lib, o‘zini moddiyhissiy tabiat unsurlaridan biri deb
hisoblaydi. Shuningdek, bu inson tabiat orti olam haqida ibti
doiy tushunchasidan qat’i nazar ajratilmaydi. Bu olam qarshisi
da unga nisbatan ibtidoiy odam hayoti haqida afsonaasotirlar
to‘qilgan.
Dunyo dinlariga e‘tiqod qiluvchilarning jahon aholisining umumiy
soniga nisbatan ulushi (2015y.)
Uning fikriy yoki ilmiy saviyasi tabiatdan fikriy mustaqil
bo‘lishga yo‘l qo‘ymaydi. Tarixda uning ilmiy yuksalishi bilan
diniy mafkurasi ham tabiatdan mustaqil bo‘la boshlagan. Yer bi
lan bog‘liq diniytabiiy mafkurasi o‘zgarib, diniymetafizik tafak
kurga o‘ta boshlagan. Bunday o‘zgarish bilan diniy bilimlarning
tashqi manbasi asosida tabiat fikrlash va tafakkur obyekti bo‘lib
qolgan. YakkaXudolik ma’lum bo‘lganidan so‘ng tabiat yagona
iloh yaratgan bir mavjudotga aylandi. Tabiatning diniy tafakkur
60
dagi mavqei o‘zgardi. Har qanday shakllari va bir qancha unsur
larida muqaddaslik va ibodat obyektiga aylanganidan so‘ng Alloh
yaratgan maxluqotlari sirasiga qo‘shiladi. Tabiatning inson bilan
aloqasi ham yangicha asosda muayyanlashdi. Inson tabiatga qul
bo‘lib sig‘inganidan so‘ng uning imkoniyatlaridan foydalanuvchi
egasiga aylandi. Tabiat insonga xizmat qiluvchi, inson esa uni
tasarruf etuvchi rahbarga aylandi.
D) haq va botil dinlar.
Bu muayyan diniy yoki mazhabiy qarash bilan bog‘liq subyek
tiv tasnifdir. Bu odatda bir dinni haqiqiy deb, boshqasini botil
e’tiqod guruhi deb tasniflash mumkin emas. Bunday tasnif asos
chilari o‘z dinini haq deb, boshqa dinlarni botil, soxta, noto‘g‘ri
deb hisoblaydi. Bu tasnif dinlarni tanqid qilish yoki baholash
ruhyasiga hamda dinlarni to‘g‘ri va xato, haq va zalolat, yang
lish, adashish deb ataydi. Shuning uchun bu barcha dinlarni ayni
payt da haqiqiy yoki botil deb hukm qilish bilan yakunlanadigan
tasnifdir. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi dindor o‘z dinini haq
deb, boshqa dinlarni boshqa dinlar botil deb hisoblaydi. Bunday
tasnif mutaassiblik boshqa dinlarga qarshi kayfiyatdagi bir din
qobig‘iga o‘ralib qolgan mutaassiblikka asoslanadi. Lekin taas
subni bir qancha ichki firqalarga bo‘linadigan bir din ichida ham
ko‘rish mumkin. Bunday firqalarga mansub kishilar o‘z firqala
rini boshqa botil firqalar ichida sof dinga asoslangan deb hisob
laydi. Bu tasnif nisbiy bo‘lgani va o‘z qobig‘iga o‘ralib qolganli
gi sababli dinlarni tasniflashda mezon bo‘la olmaydi. Chunki,
barcha dinlar ham haqiqatga erishish yo‘llari bo‘lib, o‘sha ha
qiqat darajasi va usullari turlicha. Shuningdek, dinlar birbiri bi
lan bog‘liq va bu bog‘liqlik ularning har birini haqiqatdan nasiba
dor qiladi.
E) dinlarning statistik tasnifi.
Bunday tasnifda dinlar ularga e’tiqod qiluvchilar soniga ko‘ra
yuqoridan pastga tomon tadrijiy sur’atda tartiblanadi. Biroq bu
nisbiy va doimo o‘zgarib boradigan tasnif bo‘lib, bir qator man
balarga asoslanadi.
61
Birinchidan, dinlarning
ahamiyati va qadrqimmati
ularning tarafdorlari miqdori
bilan o‘lchanmaydi. Diniy ji
hatdan yuqori darajada rivoj
langan shunday dinlar ham
borki, ularga ergashuvchilar
soni ozchilikni tashkil qila
di. Masalan, yahudiylar o‘z
dinlarini o‘zlariga xoslab olib,
uning o‘zgarishi va keng yoyi
lishiga qarshilik qilganlar.
Ammo, asosan Afrika,
Osiyo va Janubiy Amerika
da ko‘proq tarqalgan, diniy
g‘oyasi va ahamiyati u darajada yuqori bo‘lmagan, lekin taraf
dorlari ko‘pchilikni tashkil etuvchi ibtidoiy dinlar ham bor. Ya
na tarafdorlari kam bo‘lib, boshqa dinlarga katta ta’sir ko‘rsatgan
dinlar ham bor. Masalan, zardushtiylik xristianlikka va ko‘proq
yahudiylikka katta ta’sir ko‘rsatgan.
Ikkinchidan, dinlarning asl statistik hisobi aniqlanishiga qa
dar ularga e’tiqod qiluvchilar soni o‘zgarib boradi.
Uchinchidan, eng muhim muammo va statistikaga ta’sir
etuv chi monelik shundaki, g‘arb mamlakatlaridagi ba’zi statis
tik ma’lumotlarda diniy taassub yuzasidan o‘zi mansub bo‘lgan
din tarafdorlari sonini o‘zga dinlarga e’tiqod qiluvchilar sonidan
yuqori qilib ko‘rsatish hollari uchrab turadi. Ushbu muassasalar
da olib boriladigan hisobotlarda Xristianlikka katta e’tibor qa
ratilib, boshqa dinlardan uning tarafdorlari soni jihatidan doimo
yuqori deb ko‘rsatiladi.
To‘rtinchidan, statistik hisobotlar ko‘p va ular turli dinlar
ga mansub bir qancha idoralar tomonidan olib boriladi. Ularda
asosan birbiriga qaramaqarshi nomutanosib diniy bayonotlar va
statistik xulosalar beriladi.
Afrika qat’asining diniy manzarasi
Xristianlik
Islom
Mahalliy dinlar
62
Beshinchidan, ba’zi davlatlardagi statistik amaliyotlar turli
cha va hisobotlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yetar
li emas.
Oltinchidan, dunyoning
ba’zi mintaqalarida dinlar va
oqimlar aralashib ketmoqda.
Ayniqsa, mavjud diniy yo‘na
lishlar o‘rtasida yaqinlik yuza
ga kelayotgan bir paytda har bir
dinning o‘sishini alohida qam
rab olish qiyin. Hindiston atro
fidagi diniy g‘oyalari birbiriga
yaqin bo‘lgan firqa va jamoa
larga o‘xshash dinlarda sodir
bo‘layotgan jarayonlar bunga
misol bo‘la oladi. Soxta taraf
dorlarga ega bo‘lgan bahoiylik,
qodiyoniylik, sikxiylik, dao
lik, sintoiylik kabi dinlar ham
bir qancha dinlarning aqidaviy
g‘oyalarini o‘zlashtirgan. Shu
ningdek, yahudiylik, xristianlik,
islom, hinduviylik, buddaviylik
ta’limotlarini qorishtirib yuborgan dinlar masalani chigallashti
radi. Bunda o‘zaro nizoda bo‘lgan dinlarning mohiyati haqida
biror tayinlik xulosaga ke lish mushkul.
Yettinchidan, diniy firqalarning bir din ichidan mustaqil
aqidalar sifatida ajralib chiqqan mazhablar statistik hisobotlarda
alohida hisob qilinadi. Masalan, pravoslav, katolik, protestant
lik kabi xristianlik yo‘nalishlari, somiriylar va qarosiylar kabi ya
hudiylik oqimlari bunga misol bo‘la oladi. Ortodoksal yahudiy
lik ularni e’tirof etmaydi va yahudiylik dini hisobiga kiritmaydi.
Sakkizinchidan, statistikadagi yana bir muammo, dinlarning
shakllanishi masalasidir. Bu muammo g‘arb mamlakatlarida va so
G‘arbiy Yevropaning xristianlik
yo‘nalishlari tarqalganligi bo‘yicha
diniy manzarasi
63
biq Sovet Ittifoqida yorqin ko‘zga tashlanadi. Yevropa va Shimoliy
Amerikada dunyoviylik va ateizm tarqalgan. Yahudiylik va xristian
likning mutlaq ustunligi yakunlanib, uning o‘rnini dinni inkor etuv
chi yoki u har qaysi insonning shaxsiy ishi deb qaraydigan dunyo
viy jamoalar egalladi. Sovet Ittifoqi respublikalarida kommunizm
va uning turli shakllari tarqalgan edi va din butunlay inkor etilardi.
Diniy mazhablarni mustaqil din sifatida hisobga olinishi dinlarning statistik
tasnifini ishlab chiqishda murakkablik tug‘diradi
Mazkur yorqin haqiqatlarga qaramay, g‘arb statistikasi buni
e’tiborga olmaydi. Dinni inkor etish, qatag‘on qilish va qarshi
liklarga qaramay, G‘arb statistikasi to‘laligicha xristianlik doirasi
da olib boriladi. Shuningdek, haqiqiy dinning kelib chiqishi, din
dorlarning asl voqelikda qaysi dinga taalluqli ekanligini aniqlash
masalasi ham shu bilan bog‘liq. Moddiy va iqtisodiy avrashlar
kabi turli vositalarni qo‘llash, ta’limiy va tibbiy xizmat ko‘rsa
tish yo‘llari bilan xristianlikning statistik ko‘rsatkichlarini yuqori
deb belgilashda missionerlik harakatlari katta muvaffaqiyatlar
ga erishdi. Shunday yo‘llar vositasida Xristianlikni qabul qilgan
kishilar ongli ravishda undan taskin topib, qoniqib, uning asl mo
hiyatini anglagan holda qabul qilmagan.
To‘qqizinchidan, dinlarning tarqalish harakati va uning nati
jasida kelib chiqqan diniy o‘zgarishlar ham statistikaning aniq
64
va to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Diniy o‘zgarish, ya’ni
bir dindan chiqib, ikkinchi dinga o‘tish natijasida muayyan din
tarafdorlarining soni oshadi, boshqalariniki esa kamayadi. Bu is
lom, xristianlik va buddaviylik kabi jahon dinlari tarafdorlari
ning ko‘payishi va boshqa dinlar tarafdorlari o‘z dinlaridan bosh
qa dinga o‘tib ketishi sababli kamayib ketishiga olib keladi. Bu
bir dindan boshqa dinga o‘tish harakatini aniq belgilash mumkin.
Chunki, bu harakat muttasil davom etadi.
Dinlarning tarqalish harakati va uning natijasida kelib chiqqan diniy o‘zgarishlar
ham statistikaning aniq va to‘g‘ri bo‘lishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi
O‘ninchidan, diniy statistikaning to‘g‘ri bo‘lishida dindor
larning boshqa mintaqalarga ko‘chishi ham jiddiy ta’sir ko‘rsata
di. Masalan, ko‘pchilik musulmonlarning Yevropa va Amerika
ga, yahudiylarning Isroilga, Hindiston yarim orolidagi ko‘pchilik
aholining o‘zlarining turli xil dinlari bilan g‘arb mamlakatlariga
ko‘chib ketayotganligi bunga misol bo‘la oladi. Ko‘chish harakati
65
dunyoning turli mintaqalariga ko‘chib borgan dindorlarning haqi
qiy hisobini o‘rganishda qiyinchilik tug‘diradi. Ko‘chish harakat
lari joylashish imkoniyatlariga ko‘ra ba’zan doimiy va vaqtincha
lik bo‘lib turadi va statistikaning takrorlanib qolishi yoki ko‘plab
shaxslarning ikkilantirilish xatosi yuz beradi.
Umuman dinlarning muttasil harakati va ba’zi mintaqalarda
tarqalib, boshqa joylarda esa, tarqalishning to‘xtashi, ba’zi din
dorlarning sobiq dinlariga qaytish harakatlari – bularning bar
chasi statistikaning aniq bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadi. Dinlarning
tarqalish harakatlari dindorlar sonining aniq hisobotlariga eri
shishga monelik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |