Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Falsafa (filosofiya: «philia» – sevgi, «sophia» – donishmandlik) 
– donolikni sevish yoki unga ergashish ma’nosini bildiradi. G‘arb­
da, «donolikka ergashish» deganda, mantiqiy fikrdan metod sifatida 
foydalanish nazarda tutilib, hozirga qadar ko‘pgina G‘arb ilmiy ins­
titutlarida falsafa sohasi donishmandlikka erishishning eng maqbul 
yo‘li sifatida qabul qilinadi. Sharq falsafiy an’analarida esa, G‘arb­
ning o‘tmishi kabi, donishmandlik inson qobiliyatlari 
ning barcha 
qirralari ni kashf etish deb hisoblanadi. Shuning uchun u mantiqiy 
fikrlash shakli bilan bir qatorda, o‘z­o‘zini nazorat qilish, ma’naviy 
fazilatlarni sayqallash, hissiyotdan foydalanish (empirik ma’lumot si­
fatida), intuitiv tafakkurni rivojlantirishni qamrab oladi. Ulardan 
ba’zilari, chunonchi, chuqur intiutiv fikr­mulohazalarga erishish 


34
yolg‘iz mantiqiy fikrlashdan ko‘ra ko‘proq oliy darajadagi donish­
mandlikka eltuvchi yo‘l sanaladi. 
Bugungi kunda, G‘arbda, mantiqqa asoslanmagan qarashlar­
ning ba’zilari diniy hayot tarziga oid deb hisoblanadi. Dinni fal­
safadan ajratish «ma’rifatparvarlik davri»da (XVIII asr) G‘arbda 
vujudga kelgan o‘ziga xos fenomen sifatida baholanadi. «Ma’ri­
fatparvarlik davri» deganda, G‘arb dunyosi hukmron mavqega 
ega diniy e’tiqod va amaliyotlarni (ayniqsa, xristian ta’limoti va 
dunyoqarashiga tegishli) mantiq va ilmiy metodlarni ro‘kach qil­
gan holda tanqid ostiga olgan «Uyg‘onish davri» (‘ost­Enlighten­
ment)dan keyingi harakat nazarda tutiladi. Asosan, o‘sha davr­
da, ma’rifatparvarlik harakati namoyondalari tomonidan xristian 
ta’limoti va manbalarida aks etgan va insonlarni ishonishga kuch 
bilan undalgan «Yer borliqning markazi ekanligi» yoki «Xudo 
olam ni olti kunda yaratganligi» haqidagi qarashlar tanqid qilindi. 
Renessans (uyg‘onish, qayta tug‘ilish) Yevropa va G‘arb madani­
yati uchun ilmiy va madaniy yuksalishni keltirdi. U odamlarni 
majburiy diniy e’tiqod va amaliyotlar qulligidan xalos etdi. Yan­
gi qit’alar ochilib, sayyoralar va yulduzlar, Yer yuzidagi hayvonot 
va o‘simlik turlarini kuzatib o‘rganish imkoniyatini beruvchi tex­
nologiyalar rivojlandi. Dunyoga nisbatan yangicha qarashlar ning 
barchasi xristianlik ilgari surgan fikrlardan keskin farq qiluv chi 
mantiqiy fikrlash va ilmiy metodlar vositasida vujudga keldi. Shu 
asosda, ilgari G‘arb kishisini yagona fikrlash tarzida tutib tur­
gan «din» tusiga kiritilgan falsafa ham ilm­fandan mutlaqo ay­
ri tasavvur qilina boshlandi. Ba’zi o‘lchovlarda, din va uning 
borliq haqidagi qarashlari isbot qilingan voqelik sifatida bahola­
nib, fan va ratsionallik ortiga «uloqtirib» tashlangan edi. Boshqa 
toifalar esa, ilm­fan va falsafa yutuqlariga tayangan holda, din­
ni bema’ni e’tiqod va bid’atlar turkumi deya baholadilar. Hozir­
ga qadar, G‘arbdagi professional faylasuf va olimlar orasida din 
to‘g‘risida xato fikr bildiruvchi yoki G‘arbdagi diniy dunyoqa­
rashning ko‘pligi va turfa xilligini hisobga olmagan holda, diniy 


35
qarash deganda xristianlikni nazarda tutuvchi yoki keng ko‘lam­
dagi Sharq diniy ta’limotlarini e’tiborsiz qoldiruvchi kishilar ham 
uchrab turadi.
Sharq madaniyati, ko‘p hollarda, bunday dramatik bo‘linishni 
chetlab o‘tgan. Masalan, qadimiy klassik til sifatida Janubi­Sharqiy 
Osiyo diniy­falsafiy ta’limotlarida markaziy o‘rin tutuvchi sanskrit 
tilida din yoki falsafa uchun alohida so‘z ajratilmagan. Balki ikkisi­
ni bir holda ifodalovchi «darshana» so‘zi qo‘llanilgan. «Darshana» 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin