36
cha G‘arb qarashlarini boyitish maqsadida qo‘l urildi). Zamo
naviy G‘arbda din fenomenini o‘rganish uchun falsafa sohasi
maqbul ko‘rinadi. Umuman olganda, dinni falsafiy shaklda o‘rga
nish Sharq va G‘arb madaniyatiga xos xususiyat bo‘lib, bu bobda
ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz
1
.
Ilk yunon faylasuflari. Gomer (mil.av. 700yillar) qalamiga
mansub G‘arbning ulug‘ dostonlari «Odesseya» va «Eliada»da
uzoq davom etadigan, tabiati va xarakteri haqida bilvosita fikr
lar bilan tushuniladigan Xudolar va
qahramonlar haqida miflarni
uchratish mumkin.
Shuningdek, shoir Hesiod (mil.av. 700yillar) asarlarida inson
ning «besh irqi yoki davri» haqida keng mushohadalarni topish mum
kinki, ularda insoniyat hayotining boshlang‘ich oltin davri – Xudolar
erkak jinsidagi insonlar uchun yaratilgan Olimp tog‘ida yashagan,
u yerda inson Xudolar bilan tinch va uyg‘unlikda, tirikchilik uchun
rizq topishda biror urinishga hojat bo‘lmagan bosqich haqida so‘z
boradi. Hesiod fikricha, joriy (o‘zi yashagan davrni nazarda tutib)
temir davriga kelib yaratilgan keyingi avlodda progressiv pasayish
kuzatilayotgan bo‘lib, bu holat ma’naviy qadriyatlar va kattalarga
hurmatning yemirilishi, urushjanjallarning ko‘payishi, urug‘qabi
lalar orasida adovatni ortishi bilan belgilanadi. Qiziqarlisi, Sharq
faylasuflari, xuddi shunday, hayot va axloq sifati astasekin yo
monlashadigan davr siklini «yuga» tushunchasi bilan ifodalaganlar.
Tashqi ko‘rinishdan, eng so‘nggi va ko‘p degenerat (degenerat, chala
– zoti, nasli buzilgan, jismoniy yoki ruhiy jihatdan aynigan) tug‘il
gan odam)ni qamragan o‘sha davr, «Kali Yuga»da bugungi kunda
biz yashayotgandek tuyuladi.
Hesiod qalamiga mansub «Teogoniya» («theos» – Xudo, «go
nia» – tug‘ilish, ya’ni Xudolar panteonini vujudga kelishi)da o‘sha
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of religion. –
USA, Routledge, 2009. – P. 6066.
37
davrda mavjud Xudolar,
ularning kelib chiqish, aloqalari, avlod
lari va borliq ustidan qanday hukmronlikni qo‘lga kiritganliklari
to‘g‘risidagi e’tiqodlarni sistemalashtirishga harakat qilinganligi
ni ko‘rish mumkin. Masalan, «Xaos davri, undan Gaya (yoki
Yer) rivojlandi, undan keyin Uranus (Jannat) paydo bo‘ldi» kabi
(Yunon mifologiyasida Gaya (Er) Xaosning qizi, ma’buda sifati
da gavdalantirilgan. O‘z navbatida, u Uranus (Jannat)ning ona
si va ayoli sanalgan. Ulardan Titan va Siklop (bir ko‘zli devqomat
odam) dunyoga kelgan). Qadimgi vedalarda ham olov va sha
mol kabi tabiiy olamning kuchlari sifatida gavdalantirilgan Xu
dolarga bag‘ishlangan madhiyalar uchraydi. Xudolarning ba’zi
lari kelib
chiqishi, nomi, vazifalari jihatidan yunon miflaridagi
ma’budalarga o‘xshab ketadi. Masalan, vedalarda osmon Xudo
si sifatida talqin qilingan Varuna yunon miflaridagi Uranusga
mos tushadi. Shu o‘rinda qayd etish lozimki, qiyosiy dinshunos
likning zamonaviy olimlari yunon va hind miflari hamda milod
dan avvalgi ikkinchi mingyillik o‘rtalariga taalluqli Bobil va Xett
xalqlari tomonidan qoya toshlarga yozib qoldirilgan miflar orasi
da o‘xshashlik (parallellik) mavjud deb topishdi.
Yunon faylasufi Aniksamander (mil.av. 610–546) ilk marotaba
yagona, shaklsiz, bo‘linmas va chegarasiz mohiyatga ega «aperon»
(apeiron) tushunchasini muomalaga kiritdi. Ta’rif va tavsifdan xo
li ushbu manbadan barcha o‘xshash va qaramaqarshi, ya’ni birbi
riga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan narsalar paydo bo‘lgan (ya’ni, issiq va
sovuq, quruq va nam kabi). O‘z navbatida, mutlaq qudrat egasi va
sabablarning sababchisi deya baholangan «aperon» yagona iloh bi
lan tenglashtirilgan. Hind faylasuflari xuddi shu shakl va vaqtda
Upanishadlarda yuqoridagi kabi g‘oyalar keltirilganligini ta’kidlay
dilar. Ular Brahmanni mutlaq qudratli, barcha narsani yaratgan,
tavsifdan xoli deb hisoblab, uni iloh darajasiga ko‘targanlar. Ayni
shu paytda, Xitoyda ilk daochilik faylasuflari barcha juftliklarni (In
va Yan) yaratgan va o‘ziga qaytaruvchi ta’rifdan xoli sinoat «dao»
g‘oyasini ilgari surdilar.
38
Yunon faylasufi Xenofanes (mil.av. 580–490) o‘z davrida ur
chib ketgan ko‘pXudolik g‘oyalarini tanqid ostiga olib, har nar
saga qodir yagona qudrat g‘oyasini qo‘llabquvvatlaydi. U odam
lar o‘z qiyofalarida Xudolarini tasvirlashlari
natijasida qanday
qilib treishienlar (Thracian, Bolqon yarimorolida yashagan qa
dimgi hindyevropa xalqlari) Xudolari ko‘k ko‘zli va qizil sochli
bo‘lgani, efiopiyaliklar Xudolari qora va puchuq burunli bo‘lgan
ligiga ishora qiladi. Yunon tarixchisi Gerodot boshqa madaniyat
lar diniy e’tiqodla rini tasvirlab o‘tgan. Asarlaridagi bir qator xa
to va to‘qimalarga qaramay, u ba’zi yunon e’tiqodlari, Xudolari
va marosimlari yunon madaniyatidan olinganligini yozib qoldir
gan. Xenofanes va Gerodot ishlari miflar va dinning kelib chiqi
shi, diniy e’tiqod va amaliyotlarning davrmadavr transformatsiya
ga uchrab boshqa hududlarga yoyilishi va mahalliy diniy qarashlar
bilan boyitilishi bo‘yicha amalga oshirilgan dastlabki tadqiqotlar
sifatida xizmat qiladi. Platon (mil.av. 427–347)ning mashhur sho
girdi Aristotel (384–322) qanday qilib zolim solihga aylanishi ha
qida gapirib, bu holatni inson o‘z ojizligini anglashi bilan bog‘laydi.
Aristotel ilk marotaba «metafizika» tushunchasini qo‘llagan.
Unga «birinchi muallim» nomi berilishiga sabab bo‘lgan «Fizika»
asarida «metafizika», Aristotel ta’biri bilan aytganda «birinchi fal
safa» haqida so‘z borgan. Aristotel qarashidagi «birinchi falsafa»
yoki «metafizika» quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab olgan: on
tologiya (mavjudlikni o‘rganish), teologiya (Xudo, Xudolar yoki
ilohiyatni o‘rganish), aniq bilimlar (ya’ni, dunyo haqidagi aniq
yoki ziddiyatsiz g‘oyalarni o‘rganish).
«Ziddiyatsizlik» (noncontradiction) prinsipini shunday tushunti
rish mumkinki, bir narsa qizil rangda bo‘lmas ekan, demak, ayni
paytda, qizillik unga xos xususiyat emasligi kelib chiqadi. Albat
ta, bu kabi fikrlash shaklini biz ko‘p holatda amalga tatbiq qilmas
miz, lekin, bizning fikrlashimiz asosida aynan shu tushuncha yota
di. Shuning uchun ham u birinchi prinsipdir. Shubhasiz, ontologiya
va ilohiyotni o‘rganish, boshqacha aytganda, inson haqiqatni qan
39
day tushunadi va unga erishishini bilish Aristotelni eng ko‘p qiziqtir
gan mavzu hisoblangan.
Bugungi kunda, «metafizika» tushunchasi mavjudlik,
borliqning tabiati (kosmologiya), nafs yoki Xudo tabiati haqida
gi savollar bo‘yicha fikrmulohaza yuritishga nisbatan ishlatila
di. Vaholanki, u haqiqatga qanday erishish mumkinligi borasida
chuqur mulohaza qilish ma’nosini ham qamrab oladi. Metafizika
ga qiziqish G‘arb universitetlarida so‘nib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: