3. Dinshunoslikning alohida fan sifatida yuzaga kelishi.
Sharq
da dunyo dinlarini o‘rganish qadimdan mavjud bo‘lib kelgan.
Dinlar haqida avvalo diniy manbalarning o‘zi xabar beradi. Bun
dan tashqari Sharq allomalari o‘z asarlarida dinning mohiyati,
rivojlanish tendensiyalari, tasniflanish tamoyillari haqida bataf
sil yozib qoldirganlar.
Masalan, IXX asrlarda ya
shab moturidiya ta’limotiga asos
solgan olim Abu Mansur Motu
ridiy o‘zining «Kitob attavhid»
asarida islomdagi mazhablar,
firqalar va yo‘nalishlar haqi
da ma’lumot berish bilan bir
ga dunyo dinlari aqidalari haqi
da ham batafsil to‘xtalib o‘tadi.
Jumladan, jahon dinlaridan
buddaviylik, xristianlik va ular
doirasida shakllangan asosiy yo‘nalishlar, ularning diniyfalsafiy
ta’limotlari haqida so‘z yuritadi. Qaysi ta’limot qanday g‘oyalar
asosida kelib chiqqanini tahlil etadi.
Shuningdek, X–XI asrlarda ya
shab ijod etgan olim Abu Rayhon
beruniy (973–1048) o‘zining «Qadim
gi xalqlardan qolgan yodgorliklar»,
«Hindiston» asarlarida dunyoda mav
jud dinlar haqida o‘z davri man
balari asosida so‘z yuritadi. O‘rta asr
larning buyuk qomusiy olimlaridan
bo‘lgan Beruniyning buyukligi ham
o‘z davrining deyarli barcha fanlari
ga qo‘shgan betakror ilmiy mero
Qadimdan dinning kelib chiqish mav
zusi insoniyatni qiziqtirib kelgan
Dinning kelib chiqishi mavzu
siga turli madaniyatlarda turfa
yechimlar topilgan
15
sida namoyon bo‘ladi. Uning yuksak ilmiy salohiyatiga mash
hur sharq shunos olim akademik I.Yu.Krachkovskiy (1883–1951)
«
uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra qiziqmagan sohalarini
sanab o‘tish osondir», deb baho bergan edi. G‘arb tadqiqotchilari
dan M.Meyerxoff esa «Beruniy musulmon fanini namoyish etuv
chi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo‘lishi kerak» degan
fikrni bildiradi.
Beruniy zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn
Iroq (960–1036), Abu Ali Ibn Sino (980–1036), Abu Sahl Masi
hiy (X–XI asrlar) kabi turli fan sohalari hamda din vakillari bilan
ilmiy hamkorlik qildi, tahsil oldi. Beruniy dunyo dinlarini ular
ning birlamchi manbalari asosida o‘rgandi va tahlil etdi.
Dunyo dinlarini birlamchi manbalar va diniy ta’limotlar aso
sida o‘rgangan yana bir olim Tojiddin Abulfath Muhammad ibn
Abdulkarim Shahristoniy (1075–1153) bo‘lib, u o‘zining «Kitob
almilal vannihal» («Dinlar va mazhablar kitobi») asarida din
lar tarixi, ta’limoti, asosiy namoyondalari haqida asl manbalar
asosida xulosalarini beradi. Uning dinlar va mazhablar tarixi va
ta’limotlarini o‘rganishga bag‘ishlangan mazkur doksografik asa
ri dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
Sharqda o‘rta asrlarda dunyo dinlarini o‘rganish, ular uchun
umumiy va xususiy bo‘lgan jihatlarni aniqlash bo‘yicha ko‘plab
ishlar amalga oshirilgan.
Yevropada dinni kompleks tarzda o‘rganuvchi «Dinshunos
lik» alohida fan sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida shakllan
di. Bunda dinshunoslardan nemis filosofi Maks Myuller (1823–
1900), fransuz pozitivistfilosofi va sotsiologi Emil Dyurkheym
(1858–1917), ingliz etnologi va dinshunosi Eduard Bernett Taylor
(1832–1917), ingliz filosofi, pozitivist va evolutsiya tarafdori Ger
bert Spenser (1820–1903), fransuz filosofi va sotsiologi, poziti
vizm asoschisi Ogyust Kont (1898–1957), M. Veber (1864–1920),
Sh. de Sosey (1848–1920) kabi Yevropa olimlarining din bo‘yicha
yozgan asarlari bu fanga asos bo‘lib xizmat qildi.
16
din fenomenologiyasi
DINSHUNOSLIK SOHALARI
din sotsiologiyasi
din psixologiyasi
din mifologiyasi
din falsafasi
din tarixi
din antropologiyasi
diniy etika
din filologiyasi
Din o‘sha davrda tarix, arxeologiya, etnografiya va lingvisti
ka to‘plagan konkret materiallarga asoslandi. Dinni tadqiq etish
bilan shug‘ullangan Yevropa olimlari dinni ilohiyotdan farq
li ravishda tabiiy qonuniyatlar asosida tushuntirishga harakat
qildi lar.
XIX asr o‘rtalarida dinshunoslik fani din falsafasidan ajra
lib chiqdi. Dinni empirik o‘rganilishi diniy yodgorliklarning tad
qiq etilishiga turtki bo‘ldi. Mifologik maktab asoschisi M. Myul
ler bu borada sistematik nashrlar e’lon qildi. U dinni filologik
tadqiq etish, yo‘q bo‘lib ketgan dinlarni ularning yodgorliklari
ga qarab aniqlash va buning uchun dinni qiyosiy o‘rganish uslu
bini ilgari surdi. Myuller dinning asosida ibtidoiy insonning ta
17
biat haqidagi qarashlari yotadi,
deb hisoblab, dinning naturalistik
nazariyasini ilgari surdi. Uning
fikricha, din ibtidoiy naturfilo
sofiya edi. Dinning boshlang‘ich
elementi mif, dinning vazifa
si esa mif qahramonlarining ha
qiqatini aniqlash deb hisobladi.
Dinshunoslik sohasida mifologik
maktab XIX asrning oxirgi cho
ragiga qadar hukmronlik qildi.
Naturalistik qarashlarning ta’si
ri keyinroq ham, masalan, Frezer
asarida («The Worshi’ of Nature»,
L., 1926) o‘z aksini topdi. Natu
ralistik qarash turlaridan biri din
ning astral nazariyasi bo‘lib, un
ga ko‘ra diniy obraz va miflarda
samoviy jismlarning harakati o‘z
aksini topgan. Bu nazariyaga XVIII asrda asos solingan bo‘lib,
XX asr boshlarida ham uning yetarlicha tarafdorlari bor edi (G.
Vinkler, E. Shtuken, A. Nemoevskiy).
Dinshunoslik taraqqiyotining yangi bosqichi dinning ilk shakl
larini o‘rganuvchi ingliz antropologik maktabining ishlari bilan
bog‘liq. Bu tadqiqotlar E. Taylorni 1867yilda animizm konsep
siyasiga olib keldi («Первобытная культура». В. 12, Л. 1871;
рус. пер. M., 1939). Taylor, shuningdek Spenser va Lebbok din
ga «insonning elementar tajribalarini (uyqu, o‘lim va hokazo) no
to‘g‘ri talqin qilish oqibatida vujudga kelgan ibtidoiy odam aqliy
faoliyatining mevasi bo‘lgan ibtidoiy gnoseologiya» sifatida qa
radilar. Taylorning fikriga ko‘ra, kult diniy qarashlardan hosil
bo‘lgan narsa bo‘lib, keyinroq paydo bo‘lgan. Din tarixi evolut
siya tushunchasini qo‘llab Taylor va Spenser dindan avvalgi davr
bor deb hisoblaydilar. Animistik qarashlarda esa keyinroq un
Dinshunoslik sohasida mifologik
maktab XIX asrning oxirgi
choragiga qadar hukmronlik qildi
18
dan barcha mavjud dinlar kelib chiqqan dinning minimumini
ko‘rdilar. Keng, etnografik materialga asoslangan animizm teori
yasi XIX asrning oxirgi choragida dinni o‘rganishda hukmronlik
qildi. Rossiyada uning eng yirik namoyondasi L.Ya. Shternberg
edi. Ammo XIX asr oxiri XX asr boshlarida bir qator mualliflar
animizmni tanqid qilib chiqdilar.
Etnografik materialga asoslangan animizm
teoriyasi XIX asrning oxirgi choragida dinni
o‘rganishda hukmronlik qildi
RobertsonSmitt o‘zining «Somiylar dini haqida»gi ma’ru
zalarida (W.H. Smith, Lectures on the Religion of the Semites,
Edin., 1889) ta’kidlashicha, eng qadimiy dinlar faoliyat sistema
si yoki kultni ifodalagan, diniy ritualni belgilaydigan e’tiqod va
mif esa keyinchalik shakllangan. 1900yilda Marett (1866–1945)
shunday g‘oyani ilgari surdiki, unga ko‘ra, animizmdan oldin
ani matizmning yanada qadimiyroq bosqichi bo‘lgan va u davr
da hali ruhlar va shaxsiy ruh haqida tasavvurlar bo‘lmagan. Avval
diniymagik harakatlar impulsiv reaksiya xarakteriga ega bo‘lgan,
dinning g‘oyaviy va aqidaviy shakllari keyinchalik uning hissiy
substratidan kelib chiqqan. Marettning qarashlariga nemis din
19
tadqiqotchilari Pryoys va Firkandt hamda rus tadqiqotchisi V.
BogorazTanlar ancha yaqin edilar. A. Lang (1844–1912) ibtidoiy
xalqlarning dinini mifologiyaga ham animizmga ham kiri
tish
mumkin emas, deb dinda evolutsionizm g‘oyasiga qarshi chiq
di (A. Lang, Myth, ritual and religion, v. 12, L., 1887). Avst
raliyaliklar dinida antropomorf Xudolar haqida rivojlangan qa
rashlarni topgan Lang pramonoteizm g‘oyasiga juda yaqinlashdi
(«The making of Religion», L., 1898). Bu g‘oyadan keyinchalik
V. Shmidtning klerikal, madaniytarixiy maktabi keng foydalan
di. XX asr boshida Vundt animistik nazariyani qayta ko‘rib chi
qishga urindi va o‘zining assotsiativ psixologiyasi yordamida din
ibtidoiy insonning fikriy faoliyati emas, balki fantaziyaviy faoli
yatining natijasi, degan xulosaga keldi. Vundt diniymifologik
tasavvurlar bilan bir qatorda ruhoniy ruh, yanada qadimiyroq
bo‘lgan, insonning tashqi qiyofasidan ajralmaydigan, hayvonga
ko‘chib o‘ta oladigan jismoniy ruh haqidagi tasavvurlarga qarab
totemizm animizmdan kelib chiqqan degan fikrga keldi.
Antropomorf xudolar haqida
rivojlangan qarashlar
Ingliz antropologik maktabining yirik namoyondasi Frezer
ham Taylor kabi dinning paydo bo‘lishiga ratsionalistik yon
20
dashib, din uch ruhoniy taraqqiyot bosqichidan biri deb hisoblab,
din va magiya orasida tub farq bor deb qat’iy fikr bildirdi. Din
ning manbayini, Frezer, magik faoliyatning kuchsizligi ko‘rinib
qolganda va yordamsizlik hissiyoti tug‘ilib, nazorat qilib bo‘lmay
digan tabiat kuchlarini personifikatsiya qilishda deb bildi.
Keyinchalik etnologik maktablar diniy faoliyat, ritualning
diniy nazariyasidan ko‘ra birlamchi ekanligini ta’kidlab, evolut
sionizm prinsipini tanqid qilib, dinning «gnoseologik» nazari
yasini inkor etib chiqdilar. Ular orasida Amerika kulturantro
pologiya maktabi (Boas, Kryober, R.Benedikt, Kardiner va
b.), B.Malinovskiy va RadkliffBraunning funksional maktabi
alohida nufuzga ega edi. Ular evolutsionizm nazariyasiga ham
da birbirlariga qarshi fikr bildirdilar. Malinovskiy dinning va
zifasi kritik hayotiy vaziyatlarda noilojlik va qo‘rquvni yengish
deb bilsa, RadkliffBraun unga qarshi o‘laroq diniy marosim
va unga bog‘liq e’tiqodlarni qo‘rquv manbayi deb hisobladi.
RadkliffBraun Dyurkheymga yaqinlashib dinning filosofiya
si ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash deb hisobladi. Ikka
la nazariya birbiridan farq qilsada, shu narsada fikrlar bir xilki,
dinning kelib chiqishi muammosi yechilmas va yechishning ke
ragi yo‘q deb hisoblandi.
Dinning ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlari mavjud.
Dinning ildizi dinning vujud
ga kelishi, uning qayta tiklanish
zaruriyati va imkoniyatini, umu
man, uning salohiyatini yaratuv
chi omillar yig‘indisidir.
4. Dinshunoslik va diniy
ta’lim. Insonlar turli sabablarga
ko‘ra dinni o‘rganishga rag‘bat
bildiradilar. Bu haqda gap ket
ganda, dinshunoslik va diniy
ta’lim o‘rtasida muhim farqlar
mavjudligini nazardan chetda
Mutaxassislar dinshunoslik va diniy
ta’lim o‘rtasida uyg‘unlik va farqlar
mavjudligini ta’kidlab keladilar
21
qoldirmaslik lozim. Odatda, ushbu farq dinni o‘rganish uchun
tanlangan yondashuvga tegishli subyekt va obyektga bog‘liq hi
soblanadi.
Diniy ta’lim islomda imom, yahudiylikda ravvin, hinduiy
likda guru, buddaviylikda bhikhu tomonidan beriladi
Diniy ta’lim turli shaklga ega bo‘lib, bu tushuncha, ko‘pin
cha, bir din vakilining o‘z dinining muayyan e’tiqodini o‘rga
nish uchun amalga oshiradigan harakatiga nisbatan ishlatiladi.
Masalan, yosh musulmon bola maktabga borib, Qur’on tilovat
qilish qoidalari va islomiy qadriyatlar haqida ta’lim oladi. Shu
ningdek, yosh yahudiy farzandi sinogoga qoshida tashkil qilingan
o‘g‘il bolalarga balog‘at yoshi (BarMitsva)ga qadar Tavrotdan
muayyan ma’lumotlarni ta’lim beriladigan maxsus sinfga qatnay
di. Shu kabi hinduiylik e’tiqodiga mansub dindor farzandi veda
qo‘shiqlarini o‘rganish uchun qadimiy uslublarni saqlab qolgan
an’anaviy diniy maktabda shug‘ullanadi. Shu singari buddaviy
lik e’tiqodidagi o‘spirin yigit o‘z dini haqiqatlarini anglab yeti
shi uchun ibodatxonada shogirdmonax sifatida bir necha oyni
o‘tkazadi. Mazkur barcha misollarda, diniy ta’lim olish istagida
22
gi talabgorga ko‘rsatmalar (instruksiya) diniy mutaxassis – islom
da imom, yahudiylikda ravvin, hinduiylikda guru, buddaviylikda
bhikhu tomonidan ta’minlanadi. Ushbu jarayonlarda mutaxas
sisning vazifasi o‘quvchilardagi dinga bo‘lgan shubhagumonlarni
bartaraf etib, ularda mustahkam e’tiqod va diniy ta’limotga nis
batan kuchli muhabbatni shakllantirish hisoblanadi.
Diniy ta’limning yana bir jihati shundaki, biror diniy an’ana
ga e’tiqod qilishga kirishishdan boshlab, dindor kishida inklyu
ziv (umumiy) va eksklyuziv (farqli) belgilar shakllanadi. Diniy
ta’lim ta’sirida dindor kishida o‘z diniy jamoasiga nisbatan sado
qat, vafodorlik va muhabbat kabi tuyg‘ular, bir vaqtda, bosh
qa din vakillariga nisbatan «begonalashuv» kayfiyati «barq» ura
di. Chunonchi, bir jain muallimidan jaynizm haqida ta’lim
olar ekan, albatta, dars orasida jaynizmning boshqa dinlardan
farqlarini ham o‘rganadi. Yoki bo‘lmasa, bir din vakili turli din
larni o‘rganishga kirishar ekan, bu bo‘yicha mantiqiyilmiylik va
obyektivlikka kamdan kam holatda tayanadi, balki ko‘pincha,
maqbul yondashuv sifatida o‘z diniy qarashlarini ilgari suradi.
Tan olish kerakki, muayyan hollarda mazkur kurs va ta’limot
lar talabani boshqa diniy an’ana lar to‘g‘risida mos va o‘xshash
ma’lumotlar olishi, boshqa din vakillariga nisbatan bag‘rikeng
lik ruhiyatini shakllanishi, dinlararo muloqotning qaror topishi
ga xizmat qiladi. Lekin, ko‘p hollarda, diniy ta’lim yoki u bilan
shug‘ullanuvchi institutlar dindor kishida boshqa dinlarga nis
batan tanqidiy qarashning shakllanishi, boshqa din vakillari bi
lan o‘tadigan munozaralarda o‘z diniy e’tiqodini qat’iy himoya
qilishi, diniy targ‘ibot ishlarida faol bo‘lishi uchun turtki vazi
fasini o‘taydi.
Dinshunoslik sohasi tadqiqotchisi din (yoki dinlar)ning barcha
jabhalarini tadqiq etishda ilmiy va obyektiv shaklda yondashish
ga harakat qiladi. Bu sohada faoliyat olib borayotgan dinshunos
dan o‘z ishini diniy e’tiqod va an’analardan tashqarida turib olib
borishi va sog‘lom ma’nodagi xolis mavqeda yurishi talab qilina
di. Biroq, oxirgi bir necha o‘n yilliklar ichida, bu sohada xolislik
23
va obyektivlikni ta’minlash ideal yoki murakkab bo‘lib qolmoq
da. Zotan, biz madaniy, diniy va falsafiy asliyatimizga ko‘ra ish
ko‘rib, dunyoga ham mazkur nuqtadan nazar tashlamoqdamiz.
Shunday bo‘lsada, dinshunos olimlar sohaga oid ma’lumotlarni
yuqori bilim darajasi va o‘zo‘zini tanqid qilish asosida tushunti
rishga urinmoqdalar.
O‘z navbatida, dinlarni o‘rga
nish borasida to‘liq darajada xo
lis va obyektivlikni tatbiq qilish in
son diniy tajribasini mukammal
o‘zlashtirish uchun yetarli miqdor
da foyda keltirmagan yo‘nalish
larni aniqlab olishga imkon tug‘di
radi. Diniy tajriba cheksiz hissiy
tuyg‘ular majmuasi bo‘lib, u orqa
li afsuslanish, xursandchilik, mu
habbat yoki tobelik kabi ruhiy jara
yonlar boshdan kechiriladi. Ba’zi
dinlardagi dunyoqarashlar farish
talar, jinshaytonlar, yovuz ruh lar,
Xudolar, ma’budlar, hayvon ho
miylar, ajdodlar ruhi va shu kabi
larga ishonishni qamrab oladi. Shu
ningdek, ba’zi dinlarda yuqoridagi
tushunchalarga ishonishdan tash
qari abadiylikka oid qarashlar, jannat, jahannam, parallel dunyo
tizimi, yerosti dunyosi kabilarga nisbatan e’tiqod qilish ham mav
jud. Albatta, bu singari tushunchalarni biror tajriba yoki sinov
orqali o‘rganish dinshunos olim uchun mushkul. Ammo, mazkur
tushunchalar «aql doirasidan tashqari» deb hisoblansada, ularni
«teshib o‘tish» (o‘rganish) dinshunos tadqiqotchi oldidagi muhim
vazifa sanaladi. Buni uddalash mumkinmi? Albatta, mumkin.
Masalan, bir inson hikoya tinglasa, roman o‘qisa, spektakl tomo
sha qilsa, kinofilm ko‘rsa, shubhagumonlarning muayyan dara
Dinlarni o‘rganish dinshunos
mutaxassisdan xolis va obyektivlikni
talab qiladi
24
jasini vaqtincha unutib, o‘sha hikoya yoki kinofilmdagi voqea
ga beixtiyor kirib qoladi. Haqiqatan, bu jihat badiiy asarlarga xos
xususiyat hisoblanadi. Bu kabi holatni sinab ko‘rish dinshunos
uchun ham muhim sanalib, dindor boshdan kechirayotgan taj
ribani his qilish maqsadida vaqtincha shubhagumon va ikkila
nishni to‘xtatib, o‘zida tadqiq etayotgan dunyoga kirishi tadqiqot
obyekti sifatida tanlangan mavzuni teran va chuqur o‘rganishga
yordam beradi.
Dinlarni o‘rganishda dindor diniy tajribasini his qilish muhim sanaladi
Ba’zilarning ta’kidlashicha, dinga bunday subyektiv kirish
maqsadga muvofiq emas, chunki, agar tadqiqotchi dindor bo‘lsa,
uning e’tiqodiga zarar yetadi, agar dinsiz bo‘lsa, bu kabi xat
tiharakati bilan dinga nisbatan yuzaki yoki munofiqona muno
sabat bildirgan bo‘ladi. Ammo, ushbu mulohazaga qarshi amaliy
misollarni keltirish mumkinki, ular (misollar) yuqoridagi fikrni
bo‘rttirib yuborilganligini ko‘rsatadi. Masalan, jodugar, sehrgar,
ajdaho va boshqa shu kabi obrazlar bilan jonlantirilgan «Uzuklar
hukmdori» filmi yoki «Garri Potter» romaniga ixlosmand kishini
o‘sha dunyoga kirib qolgan deyish noo‘rin. Aslida, bu masala ga
boshqacha yondashgan ma’qul. Turli dinlarni o‘rganishga targ‘ib
qilgan nemis faylasufi Gyote aytganidek, «bir tilni bilgan kishi
25
hech nimani bilmabdi». Mazkur fikrni mavzuga oid tarzda o‘gir
sak, haqiqatan, turli dinlarni o‘rganish kishiga o‘z dini yoki umu
man din haqida tushunchalari boyishiga ko‘mak beradi. Kishi
boshqa tillarni o‘rganish orqali o‘z ona tili xususiyatlariga zarar
yetkazadi, deyish haqiqatdan yiroq bo‘lgani singari, kishi
ning
boshqa dinlarni o‘rganishi shaxsiy e’tiqodiga to‘sqinlik qiladi,
deyish ham noo‘rin sanaladi. Aksincha, bu holat mavjud muam
molarni teranroq ko‘rishga ko‘mak beradi, deyish mumkin.
Kishi boshqa tillarni o‘rganish orqali o‘z ona tili xususiyatlariga zarar yetkazadi,
deyish haqiqatdan yiroq bo‘lgani singari, kishining boshqa dinlarni o‘rganishi
shaxsiy e’tiqodiga to‘sqinlik qiladi, deyish ham noo‘rin sanaladi
Barcha badiiy asarlar faqat to‘qima epizodlarga emas, balki
mazmunan reallikka asoslanishini hisobga olgan holda, din
shunos tadqiqotchi biror dinga mansub bo‘lmagan taqdirda ham,
hamma diniy ta’limot va an’analarni fantaziya (xayolot) sifatida
qabul qilmasligi lozim. Chunki, xristian, musulmon, jain, hatto
26
shaman ham o‘zining diniy qarashini haqiqat ekan ligiga qat tiq
ishonadi. Shuning uchun dinshunos tadqiqotchi turli diniy qa
rashlarga nisbatan nafratona munosabat bilan emas, balki, o‘z
tadqiqot mavzusining barcha jihatlariga munosib e’tibor va il
miy tahlil asosida yondashishi lozim. Zotan, dinlar o‘z e’tiqod
qiluv
chisi uchun eng oliy qadriyat va haqiqatlarni namoyon
etuv chi deb hisoblanadi. Dinshunos tadqiqotchi esa biror diniy
e’tiqodni tasdiqlamagan yoki kamsitmagan holda, «ular nima
uchun dindor uchun ahamiyatli» ekanligini o‘rganishi va tu
shuntirib beri shi kerak bo‘ladi. Binobarin, «inson hayoti jannat
yoki jahannamga kirishga sabab bo‘ladigan amallarga bog‘liq
ligi, inson atrofini g‘ayriaqliy mavjudotlar o‘rab olganligi, ha
yotda muayyan ozuqa va ichimliklarga nisbatan cheklov bel
gilanganligi» to‘g‘risi dagi kabi qarashlar ba’zi tanqidiyskeptik
yondashuvli insonlar uchun fantaziya bo‘lib ko‘rinishi mum
kin. Lekin, ayni paytda, mazkur diniy e’tiqodlar ko‘p sonli
insonlarni hayotda jon saqlab qolishi, hayotni davom ettiri
shi va nobud bo‘lishi uchun vosita bo‘lib xizmat qilayotganligi
ni dinshunos tadqiqotchi nazardan qochirmasligi muhim. Shu
narsa aniqki, video o‘yinlar, sehrgarlik romanlarida yaratilgan
dunyoga nisbatan yengil munosabat kabi diniy e’tiqodlar qiy
matsiz tushunchalarni tasvirlamaydi. Shunga ko‘ra, diniy deb
qabul qilingan xattiharakatlarga nisbatan yengil yoki e’tibor
siz qaramaslik lozim. Aksincha, bu dunyo dinning haqiqat
larini o‘rganish uchun sezuvchanlik va tasavvurni boyitish
ni talab qiladi. Eng muhimi, dinshunos tadqiqotchi tanqidiy
tahlil ko‘nikmasini rivojlantirish ustida ishlab, diniy an’ana
lar qarashlariga mos tushmaydigan faktlarga to‘qnash kelishdan
qo‘rqmasligi kerak.
Dinni tushunish uchun san’at, musiqa yoki adabiyot kabi hissiy
qabul qilinadigan omillarni faraz qilish talab etilida. Chunki bu
orqali bir inson qalbida chuqur o‘rnashgan e’tiqod tuyg‘usi, bosh
qa bir insonda pastroq darajada aks etishini tushunish mumkin
bo‘ladi. Qolaversa, sevgi, rashk, rahmshafqat, orzuistak yoki
27
qo‘rquv kabi hissiy kechinmalarni tushunish uchun ular borasida
subyektiv tajribaga ega bo‘lish kerak. Shu bilan birga, dinshunos
likning maqsadi tadqiqotchi yoki olim uchun tadqiqotlari nati
jasida o‘ziga munosib din topishdan iborat emas. Dunyo din
larini o‘rganishda ulardagi ijobiy jihatlarga yaxshi xulosa berish
va voqelikni obyektiv tahlil qilish o‘rtasidagi nozik muvozanat
saqlanishi lozim. Chunki, bir dinga ijobiy yondashib, uning yax
shi jihatlari ko‘klarga ko‘tarilsa, u haqidagi tanqidiy qarash sa
lohiyatiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, asosiy vaqt va intellek
tual kuch faqat birgina dinni o‘rganishga sarflanadi. Vaholanki,
dinshunos olim betaraflikning eng yuqori darajasida o‘z kuchi
va salohiyatini bir necha diniy an’analarni o‘rganishga sarflashni
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Dinshunoslikning o‘rganilmagan
jabhasi yuqori darajadagi subyektiv qiziqish bilan tadqiq qilinsa,
ana o‘shanda, «falonchi yuksak obyektivlik miqyosida sohaning
ochilmagan qirrasini ochdi» deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |