Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Dinshunoslikda dinni, masalan, buddaviylikni o‘rganish uchun 
buddist bo‘lish talab qilinmaydi. Muayyan dinning ichiga kirib, uning 
ta’limoti va bosh g‘oyasini tushunish, nima uchun millionlab inson­
lar uning yo‘liga ergashayotganligini anglab yetish dinshunoslikning 
asosiy maqsadlaridandir. To‘liq obyektivlik insonga emas, kompyu­
ter mexanizmlarigagina xosdir. 
Albatta, chuqur subyektiv qiziqish va og‘ir obyektiv tahlil bi­
lan bog‘liq bu vazifani mutlaq mukammal bajarish noreal hodi­
sadir. Agar G‘arb klassik an’anasi bo‘yicha tahsil olgan musiqachi 
blyuz, rok, xip­xop, jazz kabilarning yangicha xilini yaratishga 
kirishsa, u muayyan uslubiy o‘zgarishlarni amalga oshirib, ular­
dan o‘zining keyingi ijodiy faoliyatida foydalanishi mumkin. Ayni 
paytda, dinshunos tadqiqotchi musiqachidan ko‘ra ko‘proq mu­
siqa tanqidchisiga mos tushsa­da, amalga oshirilgan o‘zgarish­
larning ta’siri bo‘yicha o‘xshashlik ko‘zga tashlanadi. Turli diniy 
qarashlarni tadqiq qilish tadqiqotchining dunyoqarashini ham 


28
muqarrar kengaytiradi va o‘zgartiradi. Kimdir inson ruhiyati va 
borliq haqiqati bo‘yicha yangi terminlarni va turli yondashuvlarni 
egallaydi. Shu jihatlar bilan, dinshunoslik diniy ta’limdan farq 
qilib, ikkinchisida muayyan dunyoqarash va unga bog‘liq qad­
riyatlar tizimini tarbiyalash va mustahkamlashga alohida e’tibor 
berilsa, dinshunoslikda esa asosiy e’tibor tadqiqotchi din va inson 
tushunchalari borasida o‘z qarashlarini kengaytirishga qaratiladi
1
.
O‘tilgan mavzu bo‘yicha savollar
1. Tadqiqotchi dinni tadqiq etishda nimalarga e’tibor qarati­
shi lozim?
2. «Dinshunoslikka kirish» fanining obyekti va predmeti ni­
malardan iborat?
3. Dinshunoslik sohalarini sanab bering.
4. Dinshunoslik va diniy ta’lim o‘rtasida qanday o‘xshash va 
farqli jihatlar mavjud? 
Adabiyotlar
1. Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the 
study of religion. – USA, Routledge, 2009.
2. Dinshunoslik asoslari (o‘quv qo‘llanma) / Mualliflar ja­
moasi. – T.: «Toshkent islom universiteti nashriyot matbaa bir­
lashmasi», 2013. 
3. Agzamxodjayev S., Rahimjonov D., Muhamedov N., Naj­
middinov J. Dunyo dinlari tarixi (O‘quv qo‘llanma). – T.: «Tosh­
kent islom universiteti nashriyot­matbaa birlashmasi», 2011. 
4. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D. va bosh­
qalar. Dinshunoslik: Darslik / mas’ul muharrir N.Ibrohimov. – 
T.: Mehnat, 2004.
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding . Introduction to the study of religion. – 
USA, Routledge, 2009. – P. 6­9.


29

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin