2. Dinga berilgan ta’riflar.
Diniy
nuqtayi nazarga ko‘ra, din – muayyan
diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning
tomonidan insonlarga xabar yetkazuv
chilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega
ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofi
da unga ko‘rinmaydigan, ammo undan
ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar (farishtalar, jin
lar) borligiga, inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan bel
gilangan qonuniyatlar mavjudligiga
(muqaddas kitoblar), inson hayo
ti muntazam nazorat ostida eka
niga, qilingan barcha yaxshilik va
yomonlik uchun mukofot yoki ja
zo muqarrarligiga (oxirat, hisobki
tob qilinish), inson qismati avvaldan
belgilanishiga (taqdir) va shu ka
bi qarashlarga ishonish, ularni aqida
sifatida qabul qilishdan iborat.
Din – tabiat, jamiyat inson va
uning ongi, yashashdan maqsadi
hamda taqdiri insoniyatni bevosita
qurshab olgan atrofmuhitdan tash
qarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni
zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy,
1
Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of religion. –
USA, Routledge, 2009. – P. 18–30.
Din – e’tiqod va
u har bir kishining
shaxsiy ishi hisobla
nadi.
Din – tabiat, jamiyat,
inson va uning ongi, ya
shashdan maqsadi ham
da taqdiri insoniyatni
bevosita qurshab olgan
atrofmuhitdan tashqari
da bo‘lgan, uni yaratgan
ayni zamonda insonlarga
to‘g‘ri, haqiqiy, odil ha
yot yo‘lini ko‘rsatadigan
ilohiy qudratga ishonch
va ishonishni ifoda eta
digan maslak, qarash
ta’limotdir.
51
odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va isho
nishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. U muayyan
ta’limotlar, histuyg‘ular, toatibodatlar va diniy tashkilotlar
ning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yarati
lishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli,
olamda insoniyatning ilk tarixidan to bizgacha o‘tgan davrlarni
ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalash
da salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviyaxlo
qiy kuchdir.
Din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning
eng teran va go‘zal ruhiyma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda
dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Xalq dinsiz, e’tiqodsiz biror
bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Sotsiologik nuqtayi
nazardan qaraganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy ha
yotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga kel
tiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu
esa dinni jamiyatda bajargan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin
demakdir.
Dinga berilgan ta’riflardan ba’zilari
Devil lug‘atida Ambroz Birs tomonidan berilgan ta’rif: «Din umid
va qo‘rquvning arzanda qizidirki, jaholatdan xalos bo‘lish yo‘lini
o‘rgatadi».
Ediy Brikel: «Din – it ustidagi kulgudir».
Kliford Gertz: «Din – kishiga ruhiy quvvat, uzoq muddat
li yaxshi kayfiyat va rag‘bat baxsh qiluvchi, borliqning umu miy
mazmunini muayyan tushunchalar bilan ochib berib, ushbu tu
shunchalarni halol va harom doirasida belgilab beruvchi ramzlar
majmuasidir».
52
Villiam Jemes: «Din insonning shaxsiy va ichki hissiyoti, faoliyat
va tajribasini ifoda qilib, natijada, u o‘zini ilohiy olam bilan bog‘liqli
gini his qiladi. Ruhiy, jismoniy va marosimlardagi faoliyat orqali ush
bu bog‘liqlikni izhor qilinishi diniy tashkilotlarni yuzaga keltiradi».
Oksford ingliz tili lug‘atida dinga berilgan ta’rif: «Din – (1)
muayyan e’tiqod doirasidagi faoliyat va xulq shakli, ilohiy qudratga
hurmat ko‘rsatish va uning istagiga rozi bo‘lish, biror sana yoki ho
latga bag‘ishlanib o‘tkaziladigan marosim va bayramlar tizimi; (2)
e’tiqod va ibodatlar majmuasi; (3) taqdir qo‘lida bo‘lgan ilohiy mut
laq qudrat boshqaruvini inson tomonidan qabul qilinishi hamda ban
dalikni Unga itoat va ibodat qilish, hurmat ko‘rsatish orqali ifoda
etish yo‘li; (4) ba’zi tamoyillar – vafodorlik, sadoqat, muhabbat va
mehnatkashlikni ro‘yobga chiqarish manhaji».
Paul Tillich: «Din – ulkan ta’sir doiraga ega kuchki, u birlamchi
va hayot mazmunmohiyati haqidagi savollarga o‘z javobini bildir
ganligi nuqtayi nazardan dunyodagi boshqa tushunchalardan ustun
lik jihati mavjud».
Dostları ilə paylaş: |