Zamonaviy G‘arb falsafasi.
Zamo
naviy G‘arb falsafasi kartezianchilik
yoki analitik geometriya rivojiga kat
ta hissa qo‘shgan fransuz faylasufi Rene
Dekart (1596–1650) faoliyati bilan
bog‘liq. Dekart voqelik tahlili va shax
siy mavjudlikning asosi sifatida o‘ylash
va fikrlashni keltirib, «Shuning uchun
menmanki, chunki men o‘ylamoqda
man» (Cogito ergo sum) degan fikri
bilan mashhur bo‘lib ketgan.
Dekart
o‘ylayotganligini o‘zining mavjudligi
dalili o‘laroq tah’kidlaydi va dunyo ha
qidagi tushun chalari rivojlanishi uchun
Rene Dekart
43
sistematik tafakkur uslubidan foydalanishni afzal ko‘radi. Uning
ko‘rsatgan xizmatlari orasida yana biri, u Xudoning mavjudligini
asoslash uchun o‘z uslubidan (eng ishonchli deya ta’kidlaydi) foy
dalanishni taklif qiladi. Haqiqatni topish uchun asosiy instrument
sifatida ratsional tafakkurdan foydalanish uslubi zamonaviy G‘arb
falsafiy an’anasining poydevoriga aylandi. Dekartga qadar e’tiqod
va aql o‘rtasidagi tafovutni hal qiladigan alohida ilmiymantiqiy
yondashuv mavjud bo‘lmagan edi. G‘arb falsafasida mantiq va ta
fakkur rolining oshishiga turtki bo‘lgan yana bir ma’rifatparvar
lardan biri Immanuel Kant (1724–1804) edi. Kant tu shuncha va
fahmidrokimiz ongimiz orqali shakllanishini isbotlab berdi. In
son aqli bizning dunyo haqidagi barcha hissiy tajribalari mizni
filterlaydi va haqiqatni tanishga bo‘lgan imkoniyatlarimizni
cheklaydi. Bu vaqtda, isbotlash imkoni bo‘lmasada, xristian te
ologmutafakkirlari (sxolastiklari) doimo «farishtalar qanday qilib
igna teshigidan o‘tib o‘ynashlari, osmonni egallovchi ma’naviy
jonzot (farishta, ruh, jin)lar haqidagi» savollar bo‘yicha chuqur
mulohaza yuritish bilan band bo‘lganlar. Bu kabi tafakkur tarziga
nisbatan Kant «ruh, Xudo va shu kabi metafizik tushunchalar in
son tajribasidan, inson aqli bilan idrok qilib bo‘lmaydigan masa
la» deb qaraydi. Shuning uchun «Xudo» yoki «farishta» tushun
chalari, agar bu kabi mavjudotlar bo‘lsa, mazmuniga yetish, ular
haqida to‘liq bilimga ega bo‘lish imkonsiz hisoblanadi. Kant
ning yuqoridagi kabi qarashlariga ergashgan ba’zi G‘arb faylasuf
lari «dinlar tomonidan ilgari surilgan metafizik qarashlar tafak
kur yurgizish uchun qiymatga ega emas, chunki ular asosli va
qoniqarli bilimga olib bormaydi» degan xulosaga borishdi. Al
batta, bir narsa ma’lumki, qandaydir toifa tomonidan oqilona
emas yoki mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan degan qarash qaytaqay
ta yangrayver gach, boshqa toifa ham unga beixtiyor ergashadi.
«Okkam ustarasi» (Occam’s Razor, iqtisodiy fikrlash prinsi
pi) kabi ilmiy metodlarni uning asosiy prinsiplari bilan bir vaqtda
rivojlantirish diniy va metafizik qarashlarni bir chetga surib qo‘ydi.
44
Balki, borliqni tushunishga kelganda, Xudo yoki g‘ayritabiiy mav
judotlarning mavjudligini isbotlash muayyan vositalar bilan amalga
oshmaydi, degan xulosaga kelindi. Bu esa falsafa va din o‘rtasidagi
janjallarning kuchaytirib yubordi.
Lyudvig Vitgenshen (Ludwig Wittgensten, 1889–1951) ushbu
bo‘linish uzra ko‘prik bo‘lishga uringan kam sonli faylasuflardan
biri. U inson hissiy tajribasini ifodalash qobiliyati cheklangan
ligini e’tirof etgan bo‘lsada, ayni paytda, diniy tajriba imkoni
yatlarini rad etmadi. Vitgenshen «til o‘yinlari» yoki tildan tur
li maqsadlarda foydalanishga e’tibor qaratdi. Uning fikricha,
masallar va afsonalar liturgiya, teologiya yoki tarixiy manbalar
tillaridan tubdan farq qiladi. Qariyb ikki ming yil avval Filo to
monidan ilgari surilgan allegorikal (majoziy) uslubga javob tarzi
da Vitgenshenning pozitsiyasi shunday bo‘ldiki, diniy matnlarda
gi «Xudoning mavjudligi» kabi g‘oyalar falsafiy argument asosida
bildirilgan qarashlarga mos tushmaydi. Vitgenshen ta’kidlaydiki,
kishi o‘zining sevgan yorini sur’atini o‘pib qo‘ysa, u kishidan yuz
mayuz bo‘sa oldi, deyilmaydi, hatto, bo‘sa olish yoki «men seni
sevaman» deb aytish muhabbatning bir belgisi bo‘lishiga qaramay.
Shunday har bir harakat o‘zga sharoit va maqsadni qamrab ol
gan holda o‘xshash munosabatlarni ifodalashi mumkin. Qolaver
sa, diniy harakatlar va diniy til falsafiy iboraga nisbatan inson
xulqatvorining turli toifalariga mansub bo‘lishi va turfa maqsad
larga xizmat qilishi mumkin. Shunga ko‘ra, rasmiy cheklovlarni
faqat bir tilga nisbatan tutib turish nodonlik sanaladi.
G‘arbdagi din va falsafa o‘rtasidagi aloqalarning qisqacha tari
xiy tadqiqoti metafizik tushunchalarga erkin munosabat bildirgan ilk
yunon mutafakkirlar (Suqrot, Platon, Aristotel) qarashlaridan farq
qilmasligini ko‘rsatdi. Yaqin Sharq va G‘arbda yahudiylik, xristian
lik va islom dinlariga oid tamoyillar hukmron dunyoqarash dara
jasiga chiqqach, falsafa ratsional fikrlarga tayanib diniy ta’limot
larni apologetik (diniy aqidalarni himoya qilib) o‘rganish shakliga
45
aylandi. Uning buyuk namoyondalaridan biri katolik teologi Foma
Akvinskiy bo‘lib, bu kabi falsafiy yondashuv hanuz teologiya sifati
da mazmunmohiyatga ega bo‘lib kelmoqda. Ayni paytda, «ma’rifat
parvarlik davri»dan boshlab yuzaga kelgan teologiya (metafizika) va
falsafa o‘rtasidagi yoriq (boshliq) «baxtsiz hodisa»lardan biri deya
e’tirof etiladi. Oqibatda, falsafa aniq va tabiiy fanlar bilan teng
lashtirildi, metafizika esa ilmiy gepoteza va nazariyashunoslik ichiga
singib ketdi. Shu tarzda, teologiya ilmfan yutuqlari orqali shakllan
gan progressiv dunyoqarash hamda muqaddas matnlardagi muayyan
e’tiqodlar orasini muvofiqlashtirishga uringan holda «o‘z oqimida
suzish»da davom etdi. Xo‘sh, bu kabi tafriqalanishdan kim nima
yo‘qotdi? Bizning mavjudligimizdan maqsad nima? Mazmunli ha yot
kechirish deganda nima tushuniladi? «Sevgi», «go‘zallik», «yovuz
lik», «haqiqat» o‘zi nima? Inson ongidan ko‘ra qudratli kuchlar yoki
«Xudo» mavjudmi?
Dostları ilə paylaş: |