Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Tarixiy tasnifda tavhidiy dinlarning faqat tarix sahnasida paydo 
bo‘lish davri belgilanadi. Biroq, ularni harakatga keltiruvchi va tav­
hidning insoniyat tarixi ibtidosiga borib taqaluvchi azaliy din ekan­
ligini uqtiruvchi bosh g‘oyalarini belgilaydi. Islomiy nuqtayi nazar u 
insonning azaliy dini ekanligini uqtiradi (Islom o‘zini insoniyatning 
azaliy dini deb hisoblaydi). 
Dinlarning tarixiy tasnifida bunday tarixiy­nazariy mulo­
hazalarga asoslanilmaydi, balki dinlarning tarixiy voqealigi ku­
zatiladi va diniy g‘oyalar tarixini aniqlaydi. Tarixiy tasnifning 
nuqsoni shundaki, unda dinlarning tarixiy voqealigiga e’tibor 
qaratilib, ularning tarixiy asoslari haqidagi diniy nazariyalar
shuningdek, garchi muayyan dinning faoliyati tarixan tugagan 
bo‘lsa ham uning diniy g‘oyalari davom etishi e’tirof etilmay­
di. Ba’zan dinlar asl asosiy shaklida tugaydi va diniy firqa va 
mazhablar shaklida yoki boshqa mazhablardagi ba’zi ta’sirlarda 
namoyon bo‘ladi. 
Boshqa jihatdan, tarixiy davrlar tasnifini dinlar tarixiga jo­
riy etish qiyin. Chunki, dinlar tarixi xalq va davlatlar tarixi bi­
lan zaruriy bog‘langan emas. Dinlarni o‘rta asrlar dinlari va ya­
qin davrlar dinlari tarzida tasniflash qayta ko‘rib chiqilishi lozim. 
Bunda dinlarning o‘rta asrlarda va yangi davrlarda paydo bo‘lgan­
ligi emas, o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan dinlar yoki yangi davr­
da mavjud bo‘lgan dinlar nazarda tutiladi. O‘rta asrlar va yan­
gi davrdagi diniy vaziyat jihatidan yangi deyish mumkin. Biroq 
dinlarni muayyan tarixiy davrlarga muvofiq harfiy shaklda tari­
xiy tasnifga bo‘ysundirib bo‘lmaydi. 
D) dinlarning mavzusiga ko‘ra tasnif.


70
Bu tasnif diniy omil yoki diniy mavzuga asoslanadi. Din­
shunoslarga ma’lum bo‘ldiki, tarix, jo‘g‘rofiya kabi fan sohalari 
bilan bog‘liq tasniflar o‘z qiymati va foydasiga qaramay, dinlar­
ning mavzuviy mundarijasini bosib o‘ta olmaydi, asl diniy tafak­
kurga asoslanmaydi. Shuning uchun dinlarni diniy tabiatiga ko‘ra 
tasniflash mumkinligiga ishonch bo‘lgan. Bu biror diniy tushun­
cha yoki e’tiqodni tanlash tasnif omili sifatida qabul qilish bi­
lan bo‘lgan. Bunday tasnif dinlarning eng munosib tasnifi hisob­
lanadi. U dinlarning diniy tushuncha va aqidalaridagi farq va 
o‘xshashliklarga asoslanadi. 
O‘xshash dinlarni muayyan diniy mavzu yoki eng ko‘p ish­
latiladigan e’tiqod nomi asosida bir diniy guruhga birlashtirish 
mumkin. Dinlarga qiyosiy yondashuvda ular asosida dinlarni 
tasniflash mumkin bo‘lgan diniy tushuncha va omillarning soni 
aniqlanishiga erishiladi. 
Dinlarni bir­biridan farqlovchi diniy tushunchalardan eng 
birinchisi iloh tushunchasidir. Bu tushuncha yo‘q bo‘lgan va 
boshqa ba’zi dinlar o‘rtasidagi asosdir. Shuning uchun dinlar 
Xudoga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka asoslanishiga ko‘ra ilo­
hiy dinlar va ilohiy bo‘lmagan dinlar tarzida ham tasniflan­
gan. Ilohiy dinlar guruhi ichida sig‘iniladigan Xudolar miqdo­
riga ko‘ra tafovut bor hamda ichki taqsim Xudolar miqdori 
asosida bo‘ladi. Shunga ko‘ra dinlar yakkaXudolik (monoteis­
tik) va ko‘pXudolik (politeistik) dinlar tarzida tasniflanadi. Bu 
ikki guruh o‘rtasida ikkiXudolik (sanaviya yoki dualistik) din­
lar bor. 
Ilohiy bo‘lmagan dinlar guruhiga turli tabiat kuchlari va un­
surlari bilan aloqador qadimgi dinlar, shuningdek, qadimgi sivili­
zatsiya markazlarida mavjud bo‘lgan quyidagi dinlar kiradi:
Misr dinlari;
– Ossuriya va Bobil dinlari;
– Yunon va Rim dinlari;
– Anadolidagi xalqlar dinlari va shu kabi boshqa qadimgi Ya­
qin Sharq mintaqasidagi dinlar.


71
Tavhid guruhidagi Yahudiylik, Xristianlik va Islom dinlari 
o‘rtasida tavhid tushunchasi va iloh mohiyati xususida ixtilof 
mavjud.
Uchinchi guruhga Zardushtiylik va undan kelib chiqqan 
Moniylik, Mazdakiylik kabi oqimlari kiradi. 
Demak, bu tasnif iloh tushunchasi va sig‘iniladigan Xudolar 
miqdoriga asoslanadi. Iloh tushunchasi asosida dinlar yana asl 
manbayi ilohiy bo‘lgan dinlar va insonlar tomonidan ta’sis etil­
gan soxta dinlar tarzidagi tasnif ham bor. Ilohiy dinlar ba’zan in­
sonlar tomonidan tuzilgan Yer dinlaridan farqli ravishda Samo­
viy dinlar deb ham yuritiladi. Shuningdek, dinlar diniy bilimning 
tashqi manbayi bo‘lgan ilohiy vahiyga yoki hech bir tashqi man­
basiz, faqat inson tafakkuriga asoslanganligiga ko‘ra quyidagicha 
tasniflanadi:

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin