Dinshunoslikka


Ilmiy tasniflar va ularning xususiyatlari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Ilmiy tasniflar va ularning xususiyatlari.
Dinlarni tasniflash bilan turli fan sohalari shug‘ullangan va 
bu tasniflarda ularning izlanish ko‘lami va ixtisosliklari aks et­
gan. Bu tasniflarning eng muhimlari dinlarning jo‘g‘rofiy tarqa­
lishi, tarixiy kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan hamda diniy 
mavzusiga ko‘ra tasniflashdir. Bu tasniflar yuqoridagi noilmiy 
tasniflardan farqli ravishda garchi ilmiy asoslarga ega bo‘lsa­da 
ularni ham mutlaq to‘g‘ri tasniflar deb bo‘lmaydi. 
A) dinlarning jo‘g‘rofiy tasnifi.
Dunyo dinlari yuzaga kelgan geografik hududlar


66
Bu tasnif jo‘g‘rofiya fani bilan hamohang bo‘lib, dinlarni 
jo‘g‘rofiy jihatdan o‘rganishga bo‘lgan e’tiborning rivoji asosida 
«Dinlar jo‘g‘rofiyasi» atalmish fan sohasi yuzaga kelgan. Unda 
dinlarning jo‘g‘rofiy yoyilishi va tarqalgan mintaqalarini belgilash 
asosida jo‘g‘rofiy atlas tuzish, dinlarning tarqalish harakatini ku­
zatish kabi jo‘g‘rofiya bilan bog‘liq mavzular o‘rganiladi.
Bunda hozir mavjud bo‘lgan dinlar bir necha xil tasniflanadi:
1. Dinlarning qit’alarda tarqalishiga ko‘ra Afrika, Osiyo, Yev­
ropa, Amerika va Avstraliya dinlari tarzida tasniflash. Biroq bu 
unchalik munosib tasnif emas. Chunki, shunday dinlar ham bor­
ki, ular bir necha qit’alarda hamon tarqalmoqda. Xususan, Is­
lom va Xristianlik deyarli barcha qit’alarda tarqalgan. Shuningdek, 
ba’zi qit’alarda ozchilikni tashkil etuvchi ba’zi boshqa dinlar vakil­
lari ham bo‘lishi bilan birga deyarli aksar aholi bir dinga e’tiqod 
qiladi. Masalan, Yevropada asosan Xristianlik ko‘p tarqalgan, Is­
lom Amerikaga nisbatan Afrikada ko‘proq tarqalgan. Osiyo qit’asi­
da Islom, Hinduviylik, Buddaviylik, Konfutsiylik, Sintoiylik din­
lari aralash tarqalgan. Ba’zan bir qit’ada paydo bo‘lgan din boshqa 
qit’ada keng yoyilgan. Masalan, Xristianlik Falastinda vujudga kel­
gan bo‘lsa­da, asosan Osiyo qit’asidan tashqarida tarqaldi. 
2. Dinlarning jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra Sharq dinlari va 
g‘arb dinlari tarzida tasniflash. Bu dunyoning qutblarga bo‘lini­
shiga monand siyosiy va madaniy tafovutni aks ettiruvchi keng 
jo‘g‘rofiy tasnifdir. Sharq dinlariga Hinduviylik, Buddaviylik, 
Konfutsiylik, Sintoiylik, Daolik va boshqa Uzoq Sharq dinlari 
kiritiladi. G‘arb dinlariga Yahudiylik, Xristianlik va Islom dinlari 
kiritiladi. Aslida Islom dinini g‘arb yoki Sharq dini deb bo‘lmay­
di. U jo‘g‘rofiy jihatdan Sharqda yuzaga kelib, g‘arb mamlakat­
larida ham keng tarqalgan. Yahudiylik va Xristianlik ham asli­
da Sharq dinlari bo‘lib, Yaqin Sharqda vujudga kelgan va g‘arb 
mamlakatlarida keng yoyilgan. 
3. G‘arb tasniflaridan yana biri dunyoning bo‘linishiga mo­
nand dinlarni jo‘g‘rofiy mintaqasiga ko‘ra tasniflashdir. Bun­
da dinlar Yaqin Sharq dinlari, Uzoq Sharq dinlari tarzida yoki 


67
g‘arbiy Afrika dinlari va Shimoliy Afrika dinlari tarzida yoki 
jo‘g‘rofiy­siyosiy omillarga ko‘ra Hind dinlari, Sovet Ittifoqi din­
lari, Arab dunyosi dinlari tarzida tasniflanadi. 
4. Qadimgi dinlar siyosiy mintaqalarga ko‘ra Mesopatami­
ya dinlari, Suriya mintaqasi dinlari, Kichik Osiyo yoki Anado‘li 
dinlari, Fors dinlari tarzida tasniflanadi. 
5. Dinlar mamlakatlar hududlariga ko‘ra Falastin dinlari, Ara­
biston yarim oroli dinlari, Meksika dinlari, Hind dinlari, Xitoy 
dinlari, Yapon dinlari tarzida tasniflanadi.
Janubiy­Sharqiy Osiyo mintaqasi bir necha diniy­falsafiy 
ta’limotlarning vatani sanaladi
Uzoq Sharq dinlari kabi ba’zi mintaqa dinlarini diniy mavzusi­
ga ko‘ra aniq belgilash imkoni bo‘lmagan ko‘p hollarda jo‘g‘rofiy 
tasnif qulay ilmiy tasnifdir. Masalan, Yahudiylik, Xristianlik va Is­
lom dinlarini tavhid (yakkaXudolik, monoteizm) asosida umum­
lashtirilsa, Uzoq Sharq dinlarini yagona diniy tushuncha asosida 
umumlashtirib bo‘lmaydi. Bunday holatda muammoning yechi­
mi sifatida jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish mumkin. Lekin, bu 
tasnif ham dinlarning paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalari­
ga ko‘ra o‘rganishda samarali uslubdir. Bu tasnif orqali dinlar­


68
ning jo‘g‘rofiy joylashuvi ularning qaysi mintaqalarga qay tarzda va 
ko‘lamda tarqalgani hamda kirib borayotganligi o‘rganiladi. Bun­
day tasnif doimo o‘zgarib, yangilanib boradi. Chunki, dunyoning 
diniy xaritasi o‘zgarib, dinlarning tarqalish harakati davom etmoq­
da. Masalan, Xristianlik, Islom va Buddaviylikning davomiy hara­
kati jarayonida dunyo aholisining diniy holati o‘zgarib bormoq­
da. Demak, dinlarning bunday harakatini aniqlashda xalqlarning 
diniy joylashuviga ko‘ra jo‘g‘rofiy tasnifga murojaat qilish lozim. 
B) dinlarning tarixiy tasnifi.
Bu tasnifda dinlarni tarix sahnasida paydo bo‘lish davriga 
ko‘ra tartiblanadi hamda tarixiy davrlar qadimgi, o‘rta va yan­
gi davrlarga ajratilgan taqsimotga asoslanadi. Bunda dinlar qu­
yidagicha tasniflanadi:
– ibtidoiy va qadimgi dinlar hamda o‘rta asrlar va yangi davr 
dinlari, ba’zan ibtidoiy va madaniy dinlar;
– ibtidoiy va qadimgi davr dinlari, tarixiy sivilizatsiya dinlari 
va yangi davr dinlari.
Bu odatda dinlarning paydo bo‘lishi davriga ko‘ra tari 
xiy 
tarti blashdir. Gohida dinlar tarixi xalqlar tarixi bilan bog‘lanadi. 
Chunki xalqlarning siyosiy tarixi yuzaga kelgandan so‘ng ular ning 
diniy tarixi ko‘rinadi. Ko‘pgina qadimgi manbalarda xalqlarning 
siyosiy tarixi diniy tarixi bilan bog‘langan. 
Dinlarning tarixiy tasnifida bir qancha muammolar mavjud. 
Ulardan biri ko‘plab dinlarning xususan, ibtidoiy dinlar ba’zi tari­
xiy dinlarning paydo bo‘lish davrlari aniq belgilanmaganligi. Ya­
na bir muammo shundaki, ba’zi dinlar bir paytda paydo bo‘lganligi 
sababli ularning yuzaga kelish davrini aniqlash mushkul. Ayniqsa, 
biror din asoschisining shaxsiyati asotir (afsona) va xurofotlar bilan 
aralashib ketgan bo‘lsa, u tarixga yashirinadi. Hinduviylik, Daolik, 
Buddaviylik, Jaynizm, Zurdushtiylik, Konfutsiylik kabi bir davr at­
rofida paydo bo‘lgan dinlar m.a. VI asrga borib taqaladi
1

1
Hillary Rodrigues, John S. Harding. Introduction to the study of 
religion. – USA, Routledge, 2009. – P. 66­69



69
Bu dinlarning ko‘pchilik asoschilari shaxsiyati afsonalar bilan 
bog‘langan, ularning o‘z dinlarini tuzishdagi sharoit va davrlar­
ga tarixan nazar tashlashga to‘sqinlik qiladi. Mazkur dinlarning 
paydo bo‘lish tarixini belgilashdagi qiyinchilik ularning tarixda 
tugagan davrlarini ham belgilashda qiyinchilik tug‘diradi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin