Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Vahiy dinlari (vahiy kitobiga asoslangan kitobiy dinlar). Bu din­
lar ba’zan payg‘ambarli dinlar deb ham yuritiladi. Ular ilohiy vahiy­
ni qabul qilgan va qavmlariga vahiyning mazmun­mohiyatini yet­
kazgan payg‘ambarlar guruhi bilan ko‘p jihatlarda bog‘liq. Chunki, 
vahiy dinlarida payg‘ambarlar alohida shaxsiyatga ega bo‘lib, bosh­
qa dinlarda ularga o‘xshashi yo‘q. Bunday dinlar ba’zan nubuvvat 
dinlari deb ham yuritiladi. O‘z asoschilari tomonidan yozilgan ki­
toblar va ularning so‘zlari yoki shu kabi boshqa insonlar tomonidan 
yozilgan matnlarga asoslangan, vahiy kitobi bo‘lmagan dinlar.
Shuningdek, ilohiylik va tavhid omili hamda ulardan kelib 
chiqqan tushunchalar bilan birga dinlarni tasniflashda murojaat 
qilinadigan boshqa tushunchalar ham bor. Masalan:
– Jahon dinlari (Islom, Xristianlik va Buddaviylik). Bun­
day dinlar tarafdorlari o‘z dinlarini muayyan qavmgagina xos 
bo‘lmay, jahonshumul ahamiyatga ega deb hisoblaydilar.
– Milliy dinlar yoki mahalliy xalq dinlari (Hinduviylik, Ya­
hudiylik va boshqalar). Bunday dinlar tarafdorlari qavmining o‘z 
dinlarini va sig‘inadigan Xudolarini ulardan boshqa hech kim­


72
ga xos bo‘lmagan o‘zgacha mohiyatga ega deb hisoblaydilar. Shu­
ningdek, bu guruhga Xudo muayyan qabila yoki jamoa bilan 
qondosh­irqiy munosabatlarda bog‘liq bo‘lgan hamda ota­bobo­
lari ruhiga sig‘inish e’tiqodiga asoslangan ibtidoiy qabilaviy din­
lar ham mansubdir.
Bundan tashqari, dindagi jahonshumullik va xususiylik asosi­
da dinlarni tashviqot qiladigan va tashviqot qilmaydigan din­
lar tarzida ham tasniflanadi. Jahon dinlari yoyilishiga, aqi­
da va g‘oyalarini tarqatishga katta e’tibor bilan intiladi. Ammo, 
muayyan qavmga xos dinlarda tashviqot rag‘bati yo‘q. Chunki,
ularda Xudo umumbashariy bo‘lmay, milliy ahamiyatga ega deb 
hisoblanadi. Yahudiylik ham o‘z diniy g‘oyalarining umumja­
hon salohiyatga egaligi, o‘z Xudosi butun dunyo Xudosi ekan­
ligi jihatidan o‘zini olamshumul deb da’vo qiladi. Shuningdek, 
u yago na Xudoni faqat o‘ziga xoslashi, yakkaXudolikni o‘ziniki 
qilib olishi va uni boshqalardan qizg‘anishi jihatidan xos milliy­
likni ham ifoda etadi. 
Dinlarning har bir guruhidagi bosh yo‘nalish yoki o‘lchov­
ora liqqa ko‘ra, mavzuga ko‘ra tasniflash ham mumkin. Masalan, 
Uzoq Sharq dinlarida falsafaga tobelik ustun bo‘lib, borliq, tabi­
at va koinot borasida falsafalarni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shuning 
uchun ba’zi din tarixchilari bunday dinlarni ilohiy vahiyga asos­
langan yakkaXudolik dinlaridan farqli ravishda «Falsafiy dinlar» 
deb ham ataydilar. Bunday tasnif ikki guruhdagi bilish manbayi­
ga asoslanadi. Birinchi guruh manbayi aqliy­falsafiy manba, ik­
kinchi guruh manbayi vahiy. Vahiyni aql tushuntirib beradi. Ba’zi 
din tarixchilari Uzoq Sharq dinlari guruhini «Tasavvufiy dinlar» 
deb atashni afzal deb hisoblaydilar. Chunki, zohidlik yoki ixtiyoriy 
faqirlik bu dinlar o‘z e’tiqod qiluvchilarining najot topishlari uchun 
belgilab qo‘ygan uslub yoki tariqati bo‘lib, ruhiy riyozatlar, qadri­
yatlari haqidagi tafakkur va undagi ibodat yo‘llariga asoslanadi. 
Ammo, yakkaXudolik dinlarida tasavvufiy uzoqlashish ijobiy 
holat sanalmaydi. Uzoq Sharq dinlarini esa, so‘fiylik yakkaxudo­
likka olib boradi. 


73
Tasavvuf birinchi va ikkinchi guruh o‘rtasidagi farqli omil si­
fatida ishlatiladi. Ba’zi din tarixchilari boshqa dinlardan farqlash 
maqsadida Uzoq Sharq dinlarini «Axloqiy dinlar» deb ataydilar. Bu 
boshqa dinlar axloqiy masalalarga e’tibor bermaydi, degani emas, 
balki ba’zi Uzoq Sharq dinlarida axloq asosiy o‘rin tutadi. Masalan, 
 
ulardan farqli ravishda yakkaXudolik dinlarida axloq din bilan 
bog‘liq bo‘lib, dinning natijalaridan biri ekanligini yoki aqidalarning 
hayotdagi amaliy tatbiqi ekanligini ko‘ramiz. Din bosh asos, axloq 
esa, diniy tafakkurning amaliy tatbiqidir. Ko‘pchilik Sharq dinlari­
ning axloqiy nizomlar ekanligi va ulardan asosiy maqsad jamiyat­
da insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni axloqiy qadriyatlar va 
manbalar guruhi orqali tartibga solinishini ta’riflashda «din» so‘zini 
ishlatish shart emas.
Buddaviylik va Hinduviylikda ko‘ringani kabi Xitoy va Yapon 
dinlarida bu manzara yorqin oydinlashadi. Dinlarning bu guruhi 
axloqiy tartiblarni keltirib chiqargan falsafani mavjudlik va tirik­
likni birinchi o‘ringa qo‘yishi bilan alohida ajralib turadi. Bu ax­
loqiy tartiblarga so‘fiylik tariqati orqali erishiladi va amalga osha­
di. Shuning uchun ular falsafiy­axloqiy­tasavvufiy dinlardir.
Bunga muqobil ravishda ba’zi dinshunoslar yakkaXudolik 
dinlarini «Tashrihiy (qonunchilik asoslariga ega) dinlar» deb 
ham ataydilar. Bu dinlar insonlar hayotini tartibga solish uchun 
ilohiy vahiy orqali ta’sis etilgan sharhiy ko‘rsatma va qonunlar­
ga asoslanadi. Shariat xususiyatlaridan biri – mas’uliyatli vazi­
fa yuklash. Inson ilohiy qonunlar va hukmlarga bo‘ysunishi va 
majburiyatlarni to‘ltiq bajarishi lozim. YakkaXudolik dinlaridagi 
diniy­sharhiy majburiyatlar so‘fiylik dinlaridagi tariqatga muqo­
bil keladi. Lekin axloq Uzoq Sharq dinlaridagi so‘fiylik tariqat­
lariga bog‘liq bo‘lishi bilan vahiy dinlaridagi shariat bilan ham 
bog‘liqdir.
Ba’zan dinlar pirovard maqsadlari jihatidan ham tasniflanadi. 
Chunki, ko‘pgina Uzoq Sharq dinlari, shuningdek, Yahudiy lik va 
Xristianlikdagi pirovard maqsad insonni qutqarish bilan yakun­


74
lanadi. Qutqarish – najot va uni amalga oshirish mavzusidagi 
ixtiloflarga ko‘ra bu barcha dinlar «najot dinlari» deb ataladi. 
Islom bunday nom bilan atalmaydi. Chunki, u muayyan diniy 
uslub asosida insonning najot topishi uchun xalos bo‘lishi zarur 
bo‘lgan muayyan muammoni cheklab, belgilab qo‘ymagan. Is­
lomdagi pirovard maqsad insonning Allohga itoat etishi hamda 
insoniy irodani ilohiy irodaga taslim bo‘lishi va bo‘ysunganligi ni 
e’lon qilishdir. Unda boshqa dinlardagi kabi insonni qutqarish­
ga urinadigan muayyan bir muammo yo‘q. Shuning uchun uni 
«qutqarish (najot) dinlari» guruhiga qo‘shish mumkin emas. 
Ba’zi dinshunoslar Uzoq Sharq dinlarini «nirvana dinlari» deb 
ham ataydilar. Chunki, bu dinlar insonning najot topishi ham­
da uni dunyo qiyinchiliklari, baxtsizlik va azob­uqubatlaridan 
chiqarib, Nirvanaga erishishga harakat qiladi. Nirvana – inson­
ning o‘tkinchilikdan xalos bo‘lib, osoyishtalik qaror topadigan 
yoki inson ruhi olam ruhi bilan qo‘shilib ketadigan zehniy holat­
dir. Bu hinduviylikda «hol» deb ataladi yoki Nirvanada fano to­
pish – yo‘q bo‘lib ketish. Bu insonning baxtsizlik, qiyinchiliklar 
va azob­uqubatlarga sabab bo‘ladigan moddiy talab­ehtiyojlar va 
dunyoviy olamga ehtiyojmandlikni his etmaydigan ruhiy osoyish­
talik va yo‘qlik holatidir.
Dinlarning maxsus tasniflari borasidagi mazkur tafsilotlardan 
ma’lum bo‘ladiki, dinlarning mavzusiga ko‘ra tasnif dinlardan 
tashqarida bo‘lgan qandaydir tashqi omillarga emas, diniy tu­
shuncha va omillarga asoslanganligi uchun eng maqbul va afzal 
tasnif hisoblanadi. Shu sababli tasnifning bunday turi din ta rixi 
fani bilan bog‘liq diniy fanlar va dinlarni qiyosiy o‘rganishda keng 
tarqalgan.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin