81
ib borgan. U ijtimoiyfalsafiy
qarashlardan tashqari din
sotsiologiyasi asoslarini ish
lab chiqishga alohida e’tibor
qaratgan. Olim ning fikricha,
nafaqat din, balki barcha so
ha va ins titutlar ham ijtimoiy
xarak
terga egadir. Dyurk
geym qarashlarining e’ti
borli
jihati shundaki, garchi
dinlar turli xil ko‘rinishlar
da namoyon bo‘lsa ham, barcha dinlarda o‘zlik ni anglash uchun
mohiyat bor.
Dyurkgeym o‘zining nazariy metodologik qarashlarini to
temizmni o‘rganishga qarat
gan. Buning asosiy sababi
ilk diniy tasavvurlarni ayrim
ele
mentlarini hozirgi kun
da ham uchrab turishidir.
Dyurkgeym fikricha, din –
ma’lum
bir jamiyat sharoitida
va ijtimoiy zaruriyat tarzida
paydo bo‘lgan. Olim ilk diniy
e’tiqodlarni aynan dinning
sodda shaklini (ya’ni, din
ning barcha davrlardagi ho
lati uchun xos bo‘lgan xusu
siyat) va jamiyat hayotining
asosiy funksiyasini aniqlash
tirish uchun tadqiq qilishga
undaydi.
Olimning «Diniy hayot
ning elementar shakllari» kito
bi – din
sotsiologiyasi rivojiga
Bugungi kunda davlat va din munosa
batlarini to‘g‘ri yo‘nalishda tashkil qilish
ijtimoiy barqarorlikning asosiga aylanadi
Chiqintirish marosimi
82
ancha jiddiy ta’sir etgan asardir. Dyurkgeym dinni ijtimoiy tengsiz
lik yoki hokimiyat bilan bevosita bog‘liq emas, balki bir butun ijti
moiy institutlarning tabiati bilan bog‘liq deb hisoblaydi. U o‘z ishi
da asosan Avstraliya aborigenlarining totemistik e’tiqodlarini tahlil
qilib, totemizm nisbatan dinning eng sodda ko‘rinishi bo‘lishiga qa
ramay hozirgi kunda ham dinda muqaddaslashtirilgan obyektlarni
mavjudligini ta’kidlaydi. Dyurkgeym dinni ta’riflashda, uni muqad
daslikka va dunyoviylikka qaramaqarshi qo‘yadi. Muqaddas narsa
lar va ramzlar, – deb ta’kidlaydi u, – odatdan tashqari dunyoviy so
hani tashkil qilgan psixologik obyektlardir. Totemlarni (hayvonlar
yoki o‘simliklarni) taom sifatida iste’mol
qilish diniy marosimlardan
tashqari vaqtlarda ham man qilinadi». U totemni muqaddaslashtiri
lishini quyidagicha izohlaydi: «Totem guruhning o‘z ramzi yoki ja
moaning muhim qadriyatlari sifatida namoyon bo‘ladi».
Kishilarning totemga bo‘lgan izzathurmati ularning ma’lum
ijtimoiy qadriyatlarga bo‘lgan ehtiromi tufaylidir. Dyurkgeym din
ni faqat e’tiqodlar to‘plami, deb tushunmaslik kerakligini ta’kid
laydi. Har qanday din uchun shu narsa xarakterliki, ularga isho
nuvchi kishilar guruhi ishtirok etadigan doimiy takrorlanuvchi
diniy marosimlar va urfodatlar mavjud bo‘lib, o‘tkaziladigan bu
rasmrusumlar tufayli ularda jamoaviy hamkorlik yuzaga kela
di va mustahkamlanib boradi. Rasmrusumlar kishilarni dunyo
viy hayot tashvishlaridan biroz bo‘lsa ham xoli qilib, ular o‘zlari
da yuksak oliy hissiyotlar dunyosini hosil qilib, oliy kuchlar bilan
qo‘shilib ketish hissini tuyadilar.
Bu oliy kuchlar, ya’ni totemlar,
ilohiy mavjudotlar, Xudo haqiqatda esa, jamoaning shaxsga ta’sir
etishidir. Dyurkgeym nuqtayi nazaricha, marosim va rasmru
sumlar jamiyat a’zolarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash
da muhim ahamiyatga egadir. Dyurkgeym an’anaviy turga doir
kichik madaniyatlarda din hayotning deyarli barcha tomonlariga
singib ketganini ta’kidlaydi.
Diniy urfodat va marosimlar bir jihatdan jamiyatda yangi
cha g‘oya tafakkurni
vujudga keltirsa, boshqa bir jihatdan esa,
to‘plangan qadriyatlarni mustahkamlaydi. Din jamiyatda nafaqat
83
histuyg‘u va ishharakatlarni davomiyligini, balki u an’anaviy
kichik madaniyatlarni rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi. Shu
ningdek, ba’zi bir umumiy falsafiy kategoriyalar, jumladan, vaqt,
fazo, mohiyat ham dastlab diniy tushunchalarda ifodalanadi.
Vaqt
tushunchasi, masalan, diniy marosimlarning davomiyligini
hisoblash zarurati tufayli paydo bo‘lgan.
Diniy marosimlar va rasmrusumlar insoniyat hayotining oz
qismini ifodalasa ham jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb
etadi. Dyurkgeym Marksning an’anaviy dinlar (ya’ni g‘ayritabiiy
kuchlar va ilohlarga asoslangan dinlar) yo‘qolish arafasida de
gan fikriga qo‘shiladi. Lekin shu bilan birga din ma’lum ma’noda
o‘zgargan shaklda saqlanib qoladi. Hatto jamiyatning hozirgi za
mon turi ham ularning qadriyatlari tasdiqlovchi va mustahkam
lovchi diniy marosimlarga ehtiyoj sezadi. Ehtimol, eski marosimlar
o‘rniga jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi yangi ma
rosimlar paydo bo‘lishi mumkin. Demak, dinlar jamiyat hayoti
da, inson ruhiyatida, sababiyat va mohiyatini anglashda muhim
rol o‘ynaydi. Bundan tashqari diniy hayot tarzi va uning mohiyati
hamda unda uchraydigan muammolarni yechishda muhim ahami
yat kasb etadi.
Shunday qilib, din sotsiologiyasi ijtimoiy fikrda din
atamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy
xulqni o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: