194
ezoterik qatlami aslida Odam Atodan, islom dinida esa Muham
mad (s.a.v.)dan boshlangandir. Qadimgi manbalardan ma’lum
bo‘lishicha aslida yagona dastlabki umumjahon Hikmati mavjud
dir va u eng qadimgi muqaddas kitoblar mazmunidan o‘rin olgan.
Bular qatoriga Misrning Germetik kitobi, Hindiston Purana
lari, Xaldeyning «Sonlar kitobi» va h.k. bor. Aurobindo Gxosh
ning ko‘rsatishicha, Vedalarning o‘zagini ham yashirin, sirli ru
hiy mazmun tashkil etgan va Vedalarning o‘zida bunga ko‘plab
ishoralar bor.
Bundan tashqari, ko‘p ezoterik manbalarda ta’kidlanishicha,
ezoterik bilim barcha dinlarning yagona umumiy asosini tashkil
etadi va payg‘ambarlarga va mistiklarga ular qismiy, o‘z davri va
sharoitiga muvofiq ravishda nuzul etishi haqidagi g‘oya oldinga
suriladi. Masalan, fransuz ezoterik faylasufi va so‘fiysi R.Genon
ning aytishicha, Vahdat ilmi juda qadimiy bo‘lib, uning g‘oya
lari asrlar osha avloddan avlodga uzatilib keladi. Shu ma’noda
dinlarning ichki, ezoterik asosida (siyratida, mohiyatida, ildizda)
prinsipial farq yo‘q, farq faqat ularning qaysi shariat, qaysi davr
uchun nuzul etganida, ayniqsa ularning aqidalarida, dogmalari
da, ifodalanish shakllarida, rasmrusumlarida, udum va maro
simlarida, ya’ni tashqi ko‘rinishlarida (suvratlarida) xolos.
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning «Men Ibrohim dinida
man», «Iso bilan men ota bir ona boshqa birodarlarmiz» kabi
hadislari ayni shunday g‘oyalarni asoslash uchun yetarlidir. Bu
hadislar barcha dinlarning ezoterik o‘zagi tolerant xarakterga ega
ekanini ko‘rsatadi. Ayni paytda mazkur hadislar va Qur’on karim
«Moida» surasining «Bugun sizlarning diningizni komil qildim,
ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun Islom
ni din qilib tanladim» degan 3oyati esa, o‘z navbatida, mazkur
tole rantlik ayniqsa Islom diniga ko‘proq xosligini va bu din bar
cha avvalgi dinlardan behad yuksakligini ham ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: