Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Dinshunoslikka kirish

O‘zlikni bilishga olib boradigan yo‘lning uchinchi bosqichida 
kishida taqdirga tan berish, sabr qilish, shukur qilish sifatlari (naf­
si mutmaina) namoyon bo‘ladi. Ya’ni bunda inson o‘zining uchinchi, 
ya’ni taqdirdan qo‘rqish, besabrlik, noshukurlik kabilardan tashkil 
topgan po‘stidan ham xalos bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqichda saxovatpesha, shirinso‘z, itoatgo‘y, qa­
noatli, toat­ibodatli, sofdil inson namoyon bo‘ladi. (Bu nafsi mul­


199
hama, ya’ni ilhomlangan nafs bosqichidir.) Tasavvuf ta’limotida 
o‘z ruhiy taraqqiyotida ayni shu bosqichga yetgan inson Xudo­
ning sharofatiga sazovor bo‘ladi, deb hisoblanadi.
Shu bosqichga qadar kechgan jarayonni ontologik jihatdan 
ham tasavvur etish mumkin. Bu masalani to‘laroq va chuqur­
roq tushunish imkonini beradi. Buning uchun hind falsafasi­
ning gunalar haqidagi g‘oyalarini yana bir bor esga olish kerak. 
Ilgari ham ayt ganimizday, ushbu ta’limotga ko‘ra inson tanasi 
(umuman, materiya) sattva guna, rajas guna va tamas guna deb 
atalgan uch xil substansiya­quvvatdan tashkil topgan. Bulardan 
bi rinchisi, ya’ni sattva guna insondagi ijobiy, yorug‘ tuyg‘ular­
ning (ko‘ngil xushligi, xotirjamlik, xushchaqchaqlik kabilar ning) 
asosi ni tashkil etadi. Rajas guna inson irodaviy, faol intilish va 
harakatlar va ular tufayli yuzaga keladigan tuyg‘ular (uqubat, 
xavf­u xatarlar, ehtiros kabilar) asosida yotadi. Tamas guna esa 
inson vujudidagi nofaol, salbiy asos bo‘lib, u loqaydlik, befarq­
lik, jaholat, turg‘unlik (tepsa­tebranmaslik), noaniqlik (xiralik), 
qorong‘ulik kabilarni tashkil etadi.
Turli odamlar vujudida bu quvvatlar turli proporsiyada taqsim­
langan deb qaraladi. Hozirgi psixologiya bularni temperament 
tip lari deb ataydi. Lekin psixologiya ularni yuzaki xarakterlash 
bilan cheklanadi, kelib chiqish sabablari, mohiyatini chuqur bi­
lishga hozircha erishmagan. Shuning uchun u kishi o‘z tempera­
ment tipini o‘zgartirishi mumkinligini inkor etadi. Vaholanki, 
ezoterik ta’limotlarda insondagi ana shu quvvatlarni transformat­
siyalash, ularni ijobiy quvvatlarga aylantirish borasida ko‘p asrlar 
mobaynida samarali ishlar olib borilgan.
Shu tariqa nafsi ammora va nafsi lavvomadan qutulgandan (bi­
rinchi va ikkinchi bosqichlaridan o‘tilganidan) keyin, ya’ni kishi ra­
jas va tamas gunalarning ta’siridan xalos bo‘lganidan keyin asosan 
faqat sattva guna qoladi. Sattva guna esa keyingi evolutsiya uchun 
zamin bo‘ladi. Ushbu guna (quvvat) yordamida kishini saxovatpe­
sha, shirinso‘z, itoatgo‘y, qanoatli, toat­ibodatli, sofdil insonga ay­
lantiradi, ya’ni unda sof ijobiy temperament hosil bo‘ladi.


200
Shuningdek, ayni shu bosqichda kishida uning tug‘ma moyilligiga 
qarab o‘ziga xos ijodiy qobiliyat (rassomlik, bastakorlik, shoirlik, in­
tellektual intuitiv bilim va h.k.) uyg‘onadi. Vaholanki, keyingi ilmiy 
tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ijodning, ayniqsa, hozirgi davr­
dagi nafaqat shaxs, balki jamiyat hayotidagi ahamiyati beqiyos. Ze­
ro, aynan ijod shaxsda noadaptatsion (turg‘unlashib, to‘xtab qolgan 
sharoitga moslashuvning aksi bo‘lgan) faollikni, o‘zidagi hayotiy quv­
vatni his etishni, voqelikka estetik (nafosat, go‘zallikni his etgan hol­
da) yondashishni, atrofidagi katta ko‘pchilik ruhiyatiga ko‘tarinkilik 
baxsh etuvchi ijobiy muloqotda bo‘lishni, bir so‘z bilan aytganda, eng 
murakkab hayotiy sharoitlarda ham «yashash jasoratiga» egalikni 
ta’minlaydi. Shu ma’noda ijodiy qobiliyat kishilari konkret jamiyat­
ning hayotiyligini ta’minlovchi kuchlarini o‘zida gavdalantiradilar. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin