Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Boshqacha aytganda, o‘z ijodi bilan shaxs jamiyatning hayotbaxsh 
quvvatiga aylanadi. Aksincha, ijodiy nofaol kishilarda ijtimoiy voqe­
likni parchalovchi, vayronkor kuchlar to‘plana boradi.
Yuqoridagi fikrlar, shuningdek, tariqatlar kishi ijodiy qobili­
yatini uyg‘otuvchi eksperimental ta’lim maktablari bo‘lgani ha­
qidagi xulosaga ham olib keladi. Shu ma’noda yuksak ijodiy qo­
biliyat kishida tug‘ma bo‘ladi, degan fikrlar, bizningcha uncha 
to‘g‘ri emas. To‘g‘ri, talantning yuzaga chiqishida naslning ham 
roli bor. Lekin hozirgi tadqiqotlarda katta talant egalarining 
farzandlarida bu qobiliyat namoyon bo‘lmagan va, aksincha, bun­
day qobiliyat egalari bo‘lmagan ota­onalardan katta talant egalari 
yetishgan hollar ko‘p uchrashi aniqlangan. Bu esa ijodkorlik qo­
biliyati aslida hammada mavjud, lekin bu qobiliyat ko‘p hollarda 
ochilmasdan qolib ketadi, tasavvuf psixologik texnologiyalari esa 
talantning ochilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladi, degan xulosalar­
ga olib keladi.
Albatta, bu masala yuzaki qaraganda oson ko‘rinadi, asli­
da uni yechish juda murakkab jarayonlar bilan bog‘liq va katta, 
keng ko‘lamli bilimlarni taqozo etadi. Lekin hozirgi davr ilmiy 
bilimlari, shu jumladan, psixologiya, genetika, antropologiya va 


201
b. ilm sohalarida erishilgan yutuqlar hamda ma’naviy taraqqiyot­
ning endigi ehtiyojlari ushbu muammo ustida ham ishlarning tez­
lashuvi zaruratiga olib kelishi muqarrar. Lekin bu o‘rinda hozir­
gi davr fanida, xususan, genetikada amalga oshirilayotgan ba’zi 
ishlar (masalan, klonlashtirish tajribalari, nanotexnologiyalarning 
qo‘llanilishi, transplantologiya va b. ishlar) ko‘ngilsiz, noinson­
parvar yo‘ldan ketayotganini, ushbu muammoning yechilishida 
biryoqlamalik, ayniqsa tasavvufda ko‘zda tutilgan yuksak axloqiy 
mezonlar saqlangan holda inson tabiiy taraqqiyoti yo‘lidan emas, 
balki bu yo‘ldan mutlaqo teskari tomonga og‘ishdan iborat sun’iy 
transformatsiyalash ishlarining rivojlanishi oqibatlari juda yomon 
bo‘lishini ham ko‘rsatmoqda. 
Endi inson transformatsiyasining tasavvufdagi beshinchi bos­
qichi tafsiriga qaytaylik. Bu bosqichda inson o‘z diqqatini faqat 
Xudoga (o‘z mohiyatida (o‘zligida) jo bo‘lgan butun Borliq Mohi­
yatiga) qaratish imkonini qo‘lga kiritadi. Zero, endi uning diqqa­
tini boshqa tashqi intilish va ehtiroslarga tortadigan rajas guna 
ham, nofaol, intilishsiz, qotib qolishga olib keladigan tamas gu­
na ham bartaraf etilgan bo‘ladi. Shuning uchun kishi bu bosqich­
dagi o‘z intilishida Xudodan boshqa hamma narsani tark eta ola­
di. Bu bosqichda u o‘z boshiga tushgan hamma narsadan rozi 
bo‘lish, eng og‘ir damlarida ham o‘z taqdiridan nolimaslik, Xu­
doga bo‘lgan intilishini, mehrini kuchaytirish, xullas o‘zining bu­
tun borlig‘ini, inon­ixtiyorini Xudoga topshirib qo‘yish (nafsi ri­
zoiya) darajasiga yetadi. Ya’ni bu bosqichga inson qalbi Xudoga 
bo‘lgan chin, ya’ni beta’ma muhabbat (ishq) uchun ochila ola­
di. Ayni shu bosqichda inson avliyolik martabasiga yetishi ham 
ta’kidlanadi.
Shuning uchun ham tariqat ishq yo‘li deb ham ataladi. Shu 
bosqichdan boshlab kishini g‘ayb olami bilan bog‘lovchi ilhom 
keladi, deb hisoblanadi. Bunda shu vaqtgacha insonda yashirin 
(uyqu holatida) mavjud bo‘lgan buyuk iste’dod eshigi ochiladi. Bu 
qobiliyat kishida uni bog‘lab, o‘rab olgan po‘stlaridan, pardala­
ridan xalos bo‘lishi natijasida uyg‘onadi. Ayni shu bosqichga (ha­


202
qiqiy ishqqa) yeta olgan inson yagona sirli ezoterik bilim kaliti­
ga ham ega bo‘ladi. Lekin yuqorida ko‘rganimizday, bu darajaga 
yetib kelish katta riyozatni talab qiladi. 
Beshinchi pardadan ham qutulgach, inson butun borliqni, un­
dagi barcha jonzotlar va insonlarni o‘zining jondoshlari, bir bu­
tunning uzviy bo‘laklari ekanini tuyish va bilish imkoniyatiga 
ega bo‘ladi. Shuning uchun u faqat o‘zining tubanlikdan xalos 
bo‘lgani bilan qanoatlana olmaydi, balki boshqalarga ham yor­
damga shoshilish uchun kuchli ehtiyoj sezadi. (Bu tuyg‘u tasav­
vufda «nafsi mardiya», ya’ni mard kishilar ruhiyati ma’nosini 
anglatadi.)
Bundan ko‘rinadiki, ushbu bosqichdagi kishining mehru mu­
habbati (ishqi) faqat namoyon bo‘lmagan mohiyatga (Xudogagi­
na) emas, balki namoyon bo‘lgan borliqqa, tashqi olamga ham 
yo‘naladi. Shu ma’noda ushbu bosqichda so‘fiy hattoki, bosh­
qa insonni sevganida ham uning husnida Xudoning namoyon 
bo‘lishinigina sevadi, deyish unchalik aniq fikr emas. Zero, bun­
da gap muhabbatning faqat ruhiyligida (vujud bunda ishtirok et­
masligida) emas, balki asosan ishqning pokligida, beta’maligi­
dadir. 
Beshinchi bosqich kamolot yo‘lidagi inson oxirgi qobig‘idan, 
ya’ni dunyoviy o‘zligidan ham butkul voz kechishi (fano), ya’ni 
oltinchi bosqich uchun asos bo‘ladi. Shundagina u o‘zining ilohiy­
ligini, ya’ni oxirgi, tub «Men»i ilohiy ekanini anglaydi (Barka­
mol nafs bosqichi). Zero uning fano oqibatida yetishgan «Men»i 
Haqning o‘zidir va shu tariqa u o‘z qalbi tubida Haq bilan uchra­
shadi (tutashadi, birlashadi). Shayx Mansur Xaloj ayni shu bos­
qichda «An al­Haq» degan edi. Zero, hech qanday mubolag‘asiz 
Xudo osmonlarda emas, balki o‘z qalbimizda, dilimizdadir va, 
aksincha, bizning qalbimiz, dilimiz Xudodadir va Xudodandir 
(dil ba­Yor). «O‘zini bilgan Xudoni biladi» degan hadis ayni shu 
ma’noni bildiradi. Qizig‘i shundaki, qadimgi yunon tilidagi entu­
ziazm va intuitsiya tushunchalari ham ayni shu ma’noni, en the­
os, ya’ni «Xudo qalbda», degan ma’noni bildiradi.


203
Shunday qilib, qalbimizda­
gi eng musaffo «Men» (Xudo) 
bizning abadiy asosimiz, mo­
hiyatimiz, substansiyamizdir. 
Shunga ko‘ra ezoterik ta’limot­
lar Iloh substansiyasini faqat o‘zi 
kabi ilohiy substansiya orqaligi­
na bilish mumkin degan fikr­
larni hamisha oldinga surgan. 
Ilohiy substansiya esa eng to­
za, nomoddiy Musaffolik, eng 
oliy bilim – Haq va eng yuk­
sak Ezgulik tuyg‘usi (Muhab­
bat)dir. Shuning uchun inson 
o‘zligini, o‘z haqiqiy menini bilishni istasa, bu o‘zlikni (mohiyat­
dagi «Men»ni) yashirib tergan moddiy pardalardan qutulishi ke­
rak. Lekin, kishining o‘zini moddiy dunyo bilan bog‘lovchi par­
dalardan qutulishi uning bu dunyodan voz kechishi degani emas. 
So‘fizm, umuman, boshqa ezoterik ta’limotlar taraqqiyotining 
avvalgi, quyi bosqichlarida, hatto buddizm dinida ham ayni shu 
kabi g‘oya ustuvor bo‘lgani kuzatiladi. Lekin, naqshbandiya tari­
qati misolida biz ezoterik ta’limot evolutsiyasida ham evolutsion 
yuksalish sodir bo‘lganini ko‘ramiz.
Buni biz aynan bizning madaniyatimizda amalga oshganini 
faxr bilan ayta olamiz. «Butun dunyoga ma’lum va mashhur 
bo‘lgan buyuk alloma va aziz­avliyolarimiz orasida Abdulxo­
liq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshbandning muborak siymo­
si alohida ajralib turadi, – deydi bu haqida prezidentimiz ham. 
– Ota­bobolarimiz ulug‘ avliyo Bahouddin Naqshbandga chin 
dildan ixlos qo‘yib, uni «Bahouddini Balogardon» deb ta’rif­
lab kelishida teran ma’no bor. Uning «Diling Ollohda, qo‘ling 
mehnatda bo‘lsin» degan hayotbaxsh hikmati dinimizning oliy­
janob ma’no­mohiyatini yorqin ifodalab, xuddiki shu bugun ay­
tilgandek jaranglaydi». 
Tasavvufda murid haqqa etish 
yo‘lida bosib o‘tishi lozim bo‘lgan 
bosqichlar


204
Hozirgi davr falsafasi ana shu teran ma’noni anglab yeti­
shi zarur. Chunki yettinchi bosqichga yetgan inson komillik 
bosqichi ga erishar ekan, bu bosqichda u o‘zida nafaqat namoyon 
Mohiyatni (Haqni), balki namoyon bo‘lgan borliqni ham (pan­
teizm), bu namoyon bo‘lgan borliqda o‘zining jilovlab olingan vu­
judiy mayl lari va o‘z individual menining (birlik, alohidalik, yak­
kalikning) mag‘zi bo‘lgan sof «menini» (o‘zligini) ham, dunyo viy 
Umu miyatni, Vahdatni ham birday gavdalantirish darajasiga yeti­
shadi. (U bir vaqtning o‘zida ham birlik, ham ko‘plikni, ham 
mohiyatni, ham hodisani birlashtira oladi.) Buni tushunish esa, 
bizningcha, «dil ba­Yoru, dast ba­kor» hikmatining ma’nosini 
tushunishga yordam bera oladi.
Yuqoridagi xulosalarimiz nafaqat islom dinining, balki bar­
cha dinlarning ezoterik mazmuni bilan uyg‘un. Lekin insoni­
yat tarixiy evolutsiyasi nuqtayi nazaridan qaralsa, eng oxirgi din 
islom dini bo‘lgani uchun va uning eng mag‘zi, tub ildizi islom 
metafizikasi, ya’ni so‘fizm ta’limoti bo‘lgani uchun va aynan un­
da «dil ba­Yoru, dast ba­kor» g‘oyasi va uning amaliyoti yuksak 
rivojlantirilgani uchun inson va insoniyat madaniyatining keyin­
gi taraqqiyoti aynan shu ta’limotni onglash va uning ko‘rsatma­
lariga amal qilish bo‘lishi kerak degan xulosa kelib chiqadi. Shu 
ma’noda naqshbandiya tariqati misolida eng yuksak insoniy evo­
lutsiya ideali, Alisher Navoiyning «Lison ut­tayr» asari, Forobiy­
ning «Fozillar shahri» misolida eng yuksak ijtimoiy ideali ayni 
o‘zbek millati madaniyatida shakllantirilgan deb iftixor bilan ay­
ta olamiz.
Ayni paytda shuni ham «aytish lozimki, xalqimiz ma’navi­
yatini yuksaltirishda milliy urf­odatlarimiz va ularning zamirida 
mujassam bo‘lgan mehr­oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va oso­
yishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni 
birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar»ning ham ahamiya­
ti katta. Bu qadriyatlarning shakllanishida esa dinning aqidaviy 
qat lamining ham beqiyos hissasi bor.


205

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin