Dinshunoslikka


Diniy arxitektura san’ati



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Dinshunoslikka kirish

3. Diniy arxitektura san’ati. 
Ma’lumki, dunyoning dinlari 
ta’limotida muqaddas ziyoratgohlar va diniy ibodatxonalarga 
madaniy­ma’naviy meros sifatida alohida e’tibor beriladi.
«Ibodatxona» deganda diniy ibodat o‘tkaziladigan binolar­
ning umumiy nomi tushuniladi. Har bir dinda bu tushuncha 
turli nomlar bilan ataladi: xristianlikda — sobor, cherkov, kostel, 
kirxa; islomda — masjid, yahudiylikda – sinagoga. Shuningdek, 
buddaviylikka e’tiqod qiladigan mamlakatlarda ibodatxona ya­
na turlicha ataladi: Yaponiyada — tera, Shri­Lankada — vixara, 
Mo‘g‘ulistonda — xure, Buryatiyada — datsan. Turli nomlar bi­
lan atalsa­da, bu tushuncha har qaysi dinda qavmlarning Xudo 
bilan muloqot qiladigan joyi sifatida ma’no­mazmun kasb eta­
di. Masalan, xristianlikda va buddaviylikda ibodatxona – dunyo 
tomonlarini aks ettiruvchi koinotning modelini eslatadi. Unda­
gi me’morchilik, naqsh va tasviriy bezaklar muayyan dinning 
qonun­qoidalariga qat’iy bo‘ysundiriladi. O‘z navbatida, ibodat­
xona har qanday mamlakatning me’morchiligidagi an’anaviy 
qoidalariga qaramay, o‘z milliy qiyofasiga ega va arxitektura dur­
donalari sifatida jahon madaniyati xazinasiga qo‘shilgan hissa 
hamdir.
1) Sinogoga – yahudiylik ibodatxonasi. Sinagoga (yunon­
cha «sinagoge» – «yig‘ilish», ibroniycha «beyt kneset» – yig‘i­
lish uyi) – yahudiy xalqining ibodat qiladigan, turli an’ana va 
marosimlarni birgalikda bajaradigan hamda bir­birlari bilan 
suh batlashish uchun yig‘iladigan joydir. Yahudiylikda sinagoga­
ning tarkibiy tuzilishi diniy me’yorlar asosida tartibga solin­
gan. Chunki dinning muqaddas manbayi Tavrotda ibodatxona 
binolari, ibodat anjomlari, ularning joylashishi kabi masalalar 
batafsil yoritilgan.


213
Shu sababli yahudiylik olimlari ta’kidlashicha, sinagoga qa­
yerda qurilishidan qat’i nazar quyidagi talablarga rioya etilishi 
lozim: 
– sinagoga qurilishida Quddusdagi Markaziy ibodatxonaga 
yo‘naltirilmoqlik;
– shahar binolariga nisbatan teparoq joyda joylashishi. Bi­
roq, ushbu qoidaga yahudiy xalqi nasroniylik va islom dinlari 
tarafdorlari ko‘p bo‘lgan mamlakatlar hududida amal qila olma­
ganlar. Shuning uchun ular o‘z ibodatxonalari ustiga uzun xoda 
o‘rnatganlar;
– ibodatxonada erkaklar va ayollar ibodat qilishlari uchun 
alohida joy qilinishi.
Bundan tashqari, sinagogalar 
iqlim, mintaqa yoki muayyan 
madaniyat ta’sirida turli me’mo­
riy uslublarda qurilishimumkin. 
Biroq, barcha sinagogalar, hat­
toki oddiylarida ham quyidagi 
to‘rt unsur bo‘lishi shart hisobla­
nadi. Bular: 
1. Aron Kadesh – Quddus­
ga yo‘nalgan muqaddas sandiq 
(shkaf) bo‘lib, uning ichida Tav­
rot tumorlari saqlanadigan maxsus joy mavjud. U masjiddagi 
mehrobga o‘xshash vazifasini bajaradi va kirish eshigining ro‘pa­
rasida joylashadi.
2. Ner Tamid – (ibroniycha «abadiy shamchiroq») sinagoga­
da «Tavrot» solingan sandiq ro‘parasida joylashgan bo‘lib, doimo 
yonib turuvchi shamchiroqdir. Sinagogada Ner Tamid Menorani 
eslatib turuvchi ramz sifatida qo‘yiladi.
3. Bima (yoki teva, almemar) – sinagogani markazida joy­
lashgan, Tavrot o‘qiladigan minbardir. 
4. Erkaklar va ayollar uchun alohida ibodat joylarining bo‘li­
shi (odatda ayollar ikkinchi qavatda ibodat qilishadi).
Aron Kodesh – Tavrot
sahifalari saqlanadigan
sinagogadagi maxsus joy


214
Ilk sinagogalarning bunyod etilishi vaqti haqida yakdil fikr 
bo‘lmasa­da, tarixiy manbalarda xabar berilishicha, dastlab­
ki sinagoga Quddus shahrida barpo etilgan. Qolaversa, mazkur 
ibodatxona tarixda ikki marotaba qaytadan qurilgan. Quddus­
dagi ibodatxona birinchi marotaba miloddan avvalgi 586­yilda 
bobilliklar, ikkinchi marotaba rimliklar tomonidan eramizning 
70­yillarida vayron qilingan. Hozirgi kunda ushbu ibodatxonadan 
«Yig‘i devori»
1
va g‘arbiy devor saqlanib qolgan. Yahudiylik ta’li­
motiga ko‘ra, Quddusdagi ibodatxona «Messiya» (Xaloskor)ni ke­
lishi bilan yana qayta barpo bo‘ladi.
Yahudiylik dini an’anasi bo‘yicha sinagoga nafaqat ibodat­
xona, balki diniy ta’lim maskani hamdir. Unda bolalarga umum­
ta’lim fanlari bilan bir qatorda, diniy ta’lim ham beriladi. Tal­
mudda aytilishicha, Quddusda 480 ta sinagoga bo‘lgan. Har bir 
sinagogada ikkitadan maktab; boshlang‘ich va o‘rta ta’lim mak­
tablari bo‘lgan. Odatda, sinagoga maktablarni kerakli adabiyot­
lar bilan ta’minlagan. Har bir maktabda «Pyatiknijie» (Musoning 
besh kitobi), ularning sharhi, Talmud, Mishna va boshqa ming­
lab kitoblar bo‘lishi shart hisoblangan. Shuningdek, o‘tmishda 
bo‘lgani singari bugungi kunda ham o‘quv jarayonidan tashqa­
ri sinagogada diniy bayramlarni nishonlashga alohida e’tibor qa­
ratiladi. Qiziqarlisi shundaki, bunday bayramlar qatoriga nafaqat 
butun jamoa bo‘lib, ommaviy tarzda o‘tkaziladigan bayramlar, 
1
Sulaymon davrida Buyuk Ibodatxona qurilgan, u ikki marta Bobil (mil. avv. 
586­y.) va Rim (mil. 70­y.) hukmronligi davrida vayron qilingan. Yahudiylar 
uni xotirlab, Ikkinchi ibodatxona davridagi qal’aning «Yig‘i devori» deb 
atalgan devor parchalariga sig‘inganlar. «Yig‘i devori»ga yahudiylar kelib ibodat 
qilishadi. Xudoga nola, tavba, duolar qilishadi va ularni qog‘oz parchalariga 
yozib devor orasiga tiqib chiqishadi. Bundan ko‘zlangan maqsad ularning 
iltijolari Xudoga tezroq yetib borishi va amalga oshishini tezlatish hisoblanadi. 
«Yig‘i devori» bunda vositachilik rolini o‘ynaydi. Hozirgi kunda xatlarni elektron 
tarzda yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Xatlar u yerga elektron shaklda yuboriladi va 
xodimlar tomonidan xatlar olinib, qog‘ozga chiqartirilib, devor orasiga tiqib 
chiqiladi. Xatlarni yilda ikki marotaba tog‘ga olib borib maxsus belgilangan 
joyga ko‘miladi.


215
balki tug‘ilgan kun, balog‘atga yetish, to‘ng‘ich o‘g‘ilni sotib olish 
(выкуп первенца) kabi bir qator dindorlar birgalikda nishonlay­
digan bayramlar kiritiladi.
2) Cherkov – xristianlik ibodatxonasi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin