218
– Yer yuzining boshqa chekkalaridagi xristianlik cherkovlari
dan farqli o‘laroq, an’anaviy pravoslav cherkovlarining o‘ziga xos
jihati ibodat vaqtida foydalanish uchun o‘rindiqning yo‘qligi hi
soblanadi. Pravoslavlik axloqiy me’yorlariga binoan ibodat va va’z
davomida o‘tirishlik hurmatsizlik sanaladi. Biroq G‘arb davlat
lari, ayniqsa, AQSHdagi cherkovlarda
boshqa xristian mazhablari
ta’sirida o‘rindiqlar qo‘yishlik joriy etildi.
Bundan tashqari, cherkov binosining ichki qismi quyi
dagilardan iborat:
– vestyubl (narteks) – cherkovning ichki tarkibini tashkil
etishda ma’naviy ahamiyat kasb etib, u xristian kishisini cherkov
va tashqi dunyo bilan bog‘lovchi yo‘lak vazifasini o‘taydi;
– altar (lot.— baland) — qadimgi xalqlarda «muqaddas joy
lar»da o‘choq shaklida kurilgan qurbonlik qilinadigan joy. Ilk
xristianlarda — stol, unda prichao‘enie marosimi uchun non va
vino tayyorlangan va taqsimlangan. Xristian cherkovida — ibo
datxonaning bir qismi (mehrob), bu yerda ruhoniylar ibodat qila
di va prestol (minbar) bor. Pravoslav altari sharqqa qaratib quril
gan va ibodatxonaning boshqa qismidan ikonopostas (ikonalar
bilan bezatilgan devor)
bilan ajratilgan;
– prestol — xristian ibodatxonasidagi asosiy jihoz, diniy
sig‘inish predmeti, ko‘pincha naqshli o‘ymakor uslubda ishlan
gan, mehrob o‘rtasiga qo‘yiladigan to‘rtburchak stol, uning usti
ga antimins (zig‘ir tolasidan yoki ipakdan to‘qilgan ro‘mol), xoch
va Injil qo‘yiladi. Prestol yonida non va vino totish marosimi ba
jariladi, ibodat qilinadi;
– amvon (yun.— tog‘ chekkasi) — xristian ibodatxonasi
o‘rtasida yarim doira shaklidagi baland joy. Dyakon shu joyda tu
rib Injil o‘qiydi, pop vazxonlik qiladi.
– ikona (yun — tasvir, obraz) – Xudolar, avliyo va g‘ayrita
biiy mavjudotlarning rasmlari,
relyefli tasvirlari, ular diniy sig‘i
nish predmetlari hisoblanib, cherkovda ikonaga sig‘inish ommaga
ideologik ta’sir ko‘rsatishning muhim vositasi sifatida qaraladi.
3) Masjid – musulmonlar ibodatxonasi.
219
Masjid arab tilidan olingan bo‘lib, «sajda qilinadigan joy» de
gan ma’noni anglatadi. Masjid musulmonlar jamoa bo‘lib namoz
o‘qiydigan joy, ibodatxona hisoblanadi. Masjidlar, asosan, kunda
lik besh vaqt namozni, juma, hayit va janoza namozlarini ado etish,
ramazon oyida xatmona va iftorliklar o‘tkazish, nikoh o‘qish kabi
diniy ibodat va marosimlar bajaradigan maskandir. Islom tarixi
dagi ilk masjid Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar tomonidan 622yi
li Madina shahrida barpo etilgan. Bu masjidga «Masjid alQubo»
nomi berilgan.
Dastlab masjidlar shaharlarda, keyinchalik qishloq va ma
hallalarda barpo etilgan.
Masjid bir necha xonaqoh, imomxatib
xonalari, e’tiqod qiluvchilarning ibodatdan oldin poklanish joyi
– tahoratxona hamda ayrim masjidlar hovlisida hovuz va ayvon
(Markaziy Osiyo masjidlari), bir yoki bir necha minoradan tash
kil topgan bo‘ladi. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli bo‘lib,
ba’zi masjidlar xonaqohi bir, ikki, uch, hattoki, yetti gumbazlidir.
Uning kattaligi masjid xonaqohi va ayvonining hajmiga binoan
belgilanadi. Masjid ayvonining kattaligi esa, to‘sinlar soni va qa
tori bilan belgilangan.
Masjid xonaqohining to‘rida, Makka shahriga qaragan (qibla)
tomonida mehrob joylashgan. «Mehrob» so‘zi arab tilidan olin
gan bo‘lib, «sajdagoh» degan ma’noni anglatadi. Mehrob mas
jidning Ka’ba (Makka shahri) tomonidagi
devori ichiga taxmon
shaklida qurilgan joydir. Mehrob islom dinining dastlabki davr
laridan har bir masjidda mavjud bo‘lib, u namoz yuzlanib o‘qila
digan tomon (qibla)ni belgilash uchun xizmat qiladi. Hozir
gi kunda masjidlarning mehrobi Qur’oni karim oyatlari, har xil
rangdagi shishalardan foydalanib duradgor ustalar tomonidan
ishlov berilgan naqshlar bilan bezatilganligiga guvoh bo‘lishimiz
mumkin. Mazkur bezaklardan musulmonlar nafaqat mehrobni,
balki, minbarni bezashda ham foydalanadilar.
Minbar masjid xonaqohining mehrob devori joylashgan qis
mining o‘ng tomonida yoki mehrobning o‘ng tarafidagi bur
220
chakda joylashgan bo‘ladi. Minbar – masjidda imom va’z ayta
digan baland joy, keng zinapoyali supa bo‘lib,
birinchi minbar
baland o‘rindiqli bo‘lgan. Unga Muhammad payg‘ambar (s.a.v.)
628–629yillarda ikki zina orqali chiqib, vahz o‘qiganlari va un
da o‘tirganlari ma’lum. Shu yagona minbardan birinchi uch xa
lifa foydalangan, faqat Ali davrida Kufada ikkinchi minbar pay
do bo‘lgan.
Masjid xonaqohining shifti Qur’on oyatlari, Allohning ism –
sifatlari hamda iymon kalimasi tushirilgan naqshinkor tasvirlar
bilan bezatilgan. Odatda masjidlar qurilgan hudud (shahar, qish
loq va mahalla) aholisining soniga qarab jome’ va maxalliy mas
jidlarga ajratilgan. Jome’ masjid deganda, islom mamlakatlari
da shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi asosiy va
eng katta bosh masjid tushuniladi. Shu bilan birga, musulmon ja
moasi uchun zarur turli xabarlar e’lon
qilinadigan, haftalik ju
ma, hayit namozlari o‘qiladigan maxsus bino hisoblanadi. Jome’
masjidi tuzilishi guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan salobat
li bo‘lib, O‘rta Osiyoda uni bir (old yoki yon) tomoni, ikki (janu
biy va sharqiy yoki shimoliy va sharqiy) yoki uch tomoni ay
von bilan o‘ralgan holatda qurish urf bo‘lgan. Buxoroda birinchi
jome’ masjidi 713yilda Qutayba ibn Muslim tomonidan ta’sis
etilgan. Jome’ masjidi uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi
moslashtirilgan.
Masjid arab tilidan olingan bo‘lib, «sajda qilinadigan joy» de
gan ma’noni anglatadi. Masjid musulmonlar jamoa bo‘lib namoz
o‘qiydigan joy, ibodatxona hisoblanadi. Masjidlar, asosan, kunda
lik besh vaqt namozni, juma, hayit va janoza namozlarini ado etish,
ramazon oyida xatmona va iftorliklar o‘tkazish, nikoh o‘qish kabi
diniy ibodat va marosimlar bajaradigan maskandir. Islom tarixi
dagi ilk masjid Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar tomonidan 622yi
li Madina shahrida barpo etilgan. Bu masjidga «Masjid alQubo»
nomi berilgan.
221
Musulmon tomonidan masjidlar «ma’naviyat o‘chog‘i» sifatida
ardoqlanadi. Ayniqsa, islom madaniyati shakllanishida quyidagi
masjidlarni o‘rni katta hisoblandi:
Dostları ilə paylaş: