Dinshunoslikka



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Dinshunoslikka kirish

Cherkov (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «Xudo­
ga taalluqli» ma’nosini bildiradi) – Iso Masih haqidagi umumxris­
tian aqidalarini birlashtirgan xristian diniy uyushmasidir. Xristian 
ilohiyotida «cherkov» tushunchasiga nisbatan «Masihning sirli ta­
nasini tashkil qilgan qadimgi va hozirdagi xristian birlashmasi» sifa­
tida baho beriladi. Dinshunoslikda esa «cherkov – yakka yoki umu­
miy holatda xristianlikning barcha ta’limotlarini namoyon qiluvchi 
ja miyat» deb qaraladi.
Xristianlik tarafdorlari ibodatlarni o‘tkazadigan «cherkov» 
mazmun­mohiyati haqida so‘z yuritilganda, ba’zida «cherkov 
arxitekturasi» atamasi ham qo‘llaniladi. «Cherkov arxitekturasi» 
tushunchasi xristianlik cherkovi binolarining me’moriy tuzilishi­
ni nazarda tutadi. 
Xristianlik dini vujudga kelgan ikki ming yildan ortiq vaqt 
davomida cherkovlar ba’zida zamon ruhiga, ba’zida dinning 
o‘zgaruv chan e’tiqodi, amaliyoti va mahalliy urf­odatlariga mos­
lashish natijasida o‘z shakl­u shamoyilini o‘zgartirib «yashab kel­
moqda». Vizantiya buyuk cherkovlari, Rim monastirlari, gotika 
(uchli ko‘rinishdagi ark va ravoqlarni namoyon etuvchi arxitektura 
uslubi) uslubidagi soborlar va Uyg‘onish davri bazilikalari (qadim 
va o‘rta asrlar arxitekturasida ichki qismi qator ustunlar bilan bir 
necha qismga bo‘lingan bino) zamon va makon talabiga uyg‘un­
lashtirilib bunyod etilgan cherkov arxitekturasi namuna lari hisob­
lanadi. Bunday katta va zeb­ziynatga burkatilgan binolar, qay si 
shahar va qishloqda bo‘lmasin, me’moriy nufuzga egaligi ular­
ning yetakchi xususiyatlaridan biriga aylandi. Qolaversa, bu kabi 
inshootlar dunyo bo‘ylab tarqalib ketgan nasroniy qavmlari orasi­
da sadoqat markazi sifatida shakllandi. Dastlab diniy ibodatlarni 


216
bajarish maqsadida tashkil qilingan va faqat dindor kishi e’tibor 
markazida bo‘lgan binolar – arxitektura sohasi yuqori pog‘ona­
larga ko‘tarilishi, bunda binosozlik taraqqiyoti cherkov miso­
lida diniy me’moriy yuksaklikni namoyon etishi bilan dunyoviy 
kishilar e’tiborini ham torta boshladi. XX asrdan binosozlik so­
hasida po‘lat va beton kabi yangi qurilish materiallaridan foydala­
nishni boshlanishi cherkovlarning tashqi ko‘rinishida ham aks et­
di. Shu nuqtayi nazardan, cherkov me’morchiligi tarixi nasroniy 
dini vakillarining mamlakati, mintaqasi va etnik mansubligidan 
kelib chiqib turli davrlarga bo‘linadi. Bunda nasroniy jamoalarini 
boshqa­boshqa hududlarda istiqomat qilishlari, har bir jamoa o‘z 
mintaqasi xususiyatlaridan kelib chiqib, cherkov binolarini qurish­
ga e’tibor qaratgani diniy ibodatlarni (liturgiya) bajarishda o‘zga­
rishlar yasaganini alohida ta’kidlash lozim.
Aslida, xristianlik dini tarixini ilk bosqichlarida cherkov bino­
si oddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, mahalliy sodda qurilish materi­
allari va tajriba asosida qurilgan. Xristianlik tarixini ilk uch as­
ri davomida, ya’ni, nasroniylik amaliyoti noqonuniy deb topilib, 
uning tarafdorlari hukmron tabaqa tomonidan quvg‘inga uchra­
gan davrda «barmoq bilan sanagulik» cherkovlar mavjud bo‘lgan. 
Boshida mazkur din vakillari sinagogalarda va xususiy uylar­
da yahudiylar bilan birga yashirincha ibodatlarni olib borgan­
lar. Keyinchalik yahudiy va nasroniylar orasi ajralgach, nasroniy­
lar «xonadon cherkovlar» nomi bilan tanilgan muayyan insonlar, 
ko‘p hollarda boy dindorlarning uylarida ibodatlarni davom et­
tirganlar. Bu haqida Bibliyaning qismlaridan biri sanalgan «Av­
liyo Pavelning Korinfliklarga maktubi» bobida (16:19) quyidagi­
cha ma’lumot beriladi: «Osiyo viloyatidagi nasroniy jamoatlari 
sizlarga salom yo‘llayaptilar. Akil bilan Priskilla va ularning uyi­
da yig‘iladigan jamoat siz larga Rabbimizdan ko‘p salomatlik ti­
laydilar».
Milodiy IV asrda xristianlik dini davlat tarafidan e’tirof etilishi 
xususiy uylarda ibodat o‘tkazayotgan nasroniy jamoalari uchun 
ko‘plab dindoshlari yondirilgan va qatl etilgan joylarda ularni 


217
hurmatlash maqsadida cherkovlar qurishga imkon tug‘dirdi. Shu 
tarzda, O‘rta yer dengizi atrofida tarqalgan e’tiqod binolarda o‘z 
aksini ko‘rsata boshladi. O‘z navbatida, xristian cherkovi arxitek­
turasi fuqarolik va imperial shakllar bilan uyg‘unlashib, bazilika, 
katta to‘rtburchakli uchrashuv zali, daxliz, mehrob, xor jamoasi 
burchagidan iborat murakkab inshootga aylandi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin