O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187
2. Ijtimoiy-me`yoriy mezon
jamiyat hayotaning turli sohalarida o’ta muhim 
ahamiyatga ega. Har bir odamning axloqi har kuni baholanadi va turli - tuman 
ijtimoiy me`yorlar yordamida boshqariladi. Ijtimoiy - me`yoriy mezonlarga muvofiq 
axloqning ayni damda jamiyat talablariga mos tushishi me`yoriy deb anglanadi va 
ma’qullanadi. Og’ishgan xulq esa aksincha, asosiy jamoaviy ko’rsatmalar va 
qadriyatlarga ziddir. Jamiyatning o’zi o’zgarsa, unda amal qilayotgan ijtimoiy 
me`yorlar ham o’zgaradi. Masalan, sho’rolar davlatida "kommunizm quruvchisi" 
sifati burch tuyg’usi, g’oyaga sadoqat, jamoaviy mas’uliyat, birlashgan tafakkur 
kabi keng yoyilgandi. Qayta qurish vaqtidan boshlab shaxsiy tashabbuskorlik
mustaqillik, epchillik muhim rol o’ynay boshladi. 
Ijtimoiy-me`yoriy mezon nuqtai nazaridan axloq me`yoriyligining yetakchi 
ko’rsatkichi shaxsning ijtimoiy moslashganlik darajasi hisoblanadi. Bunda 
me`yordagi muvaffaqiyatli moslashuv, qadriyatlararo individning xususiyatlari va 
uni o’rab turgan ijtimoiy muhitdagi talablar, qoidalarning maqbul muvozanati bilan 
xarakterlanadi. Shubhasiz, ijtimoiy talablarni yaqqol inkor etish kabi individuallikni 
barobarlash, masalan, 
konformlilik
shaklida - shaxs manfaatlarini muhit bosimiga 
to’liq bo’ysundirish ham birdek muammo hisoblanadi.
Yetaricha 
moslashmaganlik 
- bu shaxsiy ahamiyatli bo’lgani kabi muhit 
talablarini qabul qilish va bajarishga shuningdek, o’z individualligini aniq ijtimoiy 
sharoitlarda ro’yobga chiqarishning sust layoqat holati. Moslashmaganlikning 
ijtimoiy va individual ko’rinishlarini ajratish mumkin. Moslashmaganlikning 
ijtimoiy ko’rinishlari quyidagilar hisoblanadi: 
- past o’zlashtirish, o’z mehnati bilan mablag’ ishlab topishga layoqatsizlik; 
- hayotiy muhim sohalarda surunkali yoki yaqqol ifodalangan omadsizlik (oilada, 
ishda, shaxslararo munosabatlarda, sog’likda;) 
- qonun bilan nizolar; 
- yakkalanib qolish. 


14 
Moslashmaganlikning individual ko’ripishlari sifatida quyidagilarni ko’rib 
chiqish mumkin: 
- ijtimoiy talablarga munosabati yuzasidan salbiy ichki tartib (ular bilan 
kelishmaslik, tushunmaslik, norozilik, qarshi harakat); 
- o’zining mas’uliyatidan qochishga intilishida atrofdagilarga qat’iy e’tiroz bildirish, 
egosentrizm; 
- surunkali xissiy noqulaylik; 
- o’z-o’zini boshqarishning besamaraligi; 
- janjalkashlik va kommunikativ ko’nikmalarning zaifligi; 
- reallikni kognitiv buzib ko’rsatish. 
Odam turlicha tuyg’ularni - yengil xavotir va o’ziga ishonchsizlikdan tortib, 
chidab bo’lmas darajadagi nochorlik, qo’rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan 
kechirishi mumkin. Bunda shaxsning real ijtimoiy maqomi va uning individual ongi 
o’rtasida bo’linishi yuzaga kelishi mumkin. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin