2. Og`ishgan xulqning psixodinamik jihatlari.
Shaxsning og’ishgan
xulqining shunday maxsus xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu
xulqni boshqa fenomenlardan farqlashda, shuningdek, aniq bir odamda uning
mavjudligi hamda dinamikasini aniqlash zaruratida yordam bersin.
1. Shaxsning og’ishgan xulqi - bu umumqabul qilingan yoki rasman
o’rnatilgan ijtimoy me`yorlarga mos tushmaydigan axloq. Boshqacha aytganda, bu
harakat mavjud qonunlar, qoidalar, ana’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos
tushmaydi. Deviant axloqni me`yordan og’ishgan axloq sifatida aniqlaganda shuni
esda tutish kerakki, ijtimoiy me`yorlar o’zgaradi. Bu, o’z navbatida, og’ishgan
xulqqa tarixan o’tkinchi xarakterni beradi. Shubhasiz, deviant axloq - bu har qanday
16
me`yor emas, balki ushbu jamiyat uchun shu vaqtda bir muncha muxim bo’lgan
ijtimoiy me`yorning buzilishidir.
2. Shaxs va deviant axloq, uning namoyon bo’lishi boshqa odamlar tomonidan
salbiy baholanadi, salbiy baho jamoatchilik muhokamasi yoki ijtimoiy sanksiya, shu
jumladan, jinoiy jazo shakliga ega bo’lishi mumkin. Dastavval, sanksiyalar
istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi. Biroq boshqa tomondan ular
shaxs stigmatizatsiyasi -unga tamg’a bosish kabi salbiy ko’rinishga olib keladi.
Masalan, jazo muddatini o’tab, "me`yoriy" hayotga qaytgan odamning
moslashuvdagi qiyinchiliklari yaxshi ma’lum. Insonning yangi hayot boshlashga
intilishi ko’pincha atrofdagi odamlarning ishonmasligi va ularni rad etish natijasida
barbod bo’ladi. Deviant (giyohvand, jinoyatchi, o’z joniga qasd qiluvchi va h.k.)
tamg’asi sekin-asta deviant barobarlikni (o’z~o’zini his qilish) shakllantiradi.
Shunday qilib, axmoqona shuhrat xavfli yakkalanishni kuchaytiradi, ijobiy
o’zgarishlarga to’sqinlik qiladi va deviant axloqning takrorlanishini keltirib
chiqaradi.
3. Og’ishgan xulqning xususiyatlari shaxsning o’zi yoki atrofdagilarga
ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi hisoblanadi.
Bu mavjud tartibning noturg’unligi, ma’naviy va moddiy zarar keltirish, jismoniy
zo’rlik va dard-alam yetkazish, sog’ligining yomonlashishi bo’lishi mumkin.
Deviant axloq o’zining eng keyingi ko’rinishlarida hayot uchun bevosita xavf
tug’diradi, masalan, suitsidal axloq, zo’ravonlik jinoyatlari, "og’ir" giyohvand
moddalar iste’mol qilish. Zararning psixologik markeri o’sha odamning o’zi yoki
uning atrofidagilarning aziyat chekishidir. Ushbu belgi shaklidan - destruktiv yoki
autodestruktiv bo’lishidan qat’i nazar og’ishgan xulqning parchalovchi ekanini
bildiradi. Bizning nazarimizda radikallik, kreativlik va orginallik kabi yaqin ijtimoiy
ko’rinishlar og’ishgan xulq bo’la olmaydi va ushbu belgini qoniqtirmaydi. Garchi
ular ham umumqabul qilingan me`yorlardan cheklanib, aholining konservativ
holatga mayli bo’lgan qismida g’ashlik uyg’otsa-da, bu fenomenlar jamiyat uchun
xatardan ko’ra foydaliroqdir. Xullas, radikal moyil bo’lgan shaxslar jamiyatni
17
tubdan yangilashni maqsad qiladilar, bu esa ularda istiqbolli o’zgarishlarga sabab
bo’ladi.
Kreatorlar nostandartligi bilan farqlanib, tadqiqotchilar va ilk kashfiyotchilar
sifatida chiqadilar. Marganallar ijtimoiy me`yorlarning chegaralarini kengaytirgan
holda o’zlarini ko’pchilikka qarshi qo’yadilar. Sanab o’tilgan fenomenlar
uyg’unlashishi mumkin. Masalan, ko’chada o’smirlar axloqi barcha uchta
tendensiyani o’zida aks ettiradi. Pirsing, tatuirovka yoki hatto chandiq bilan tajriba
o’tkazgan o’smirni, albatta, deviantlar guruhiga kiritish mumkin emas. Biroq geroin,
psixotrop dori vositalarini iste’mol qiluvchi o’smir hayot uchun yuqori xatarli
og’ishgan xulqni yaqqol namoyish qiladi. Shunday qilib, og’ishgan xulq o’z
mohiyati bo’yicha destruktivdir.
4. Ko’rib chiqilayotgan axloqni muhim takrorlanuvchi (ko’p marotaba yoki
uzoq muddatli) deb xarakterlash mumkim. Agar etti yoshli bola ota-onasidan
so’ramay shirinliklar uchun uncha katta bo’lmagan mablag’ni olgan bo’lsa,
kelgusida ijtimoiy tartibni buzmasa, ushbu axloqni og’ishgan sifatada ta’riflash
odobdan bo’lmaydi. Aksincha, o’smir tomonidan sistemali tarzda anglangan holda
pul o’g’irligi sodir etilsa - bu og’ishgan xulq shakllaridan biri hisoblanadi. Boshqa
tarqalgan misol: hodisalar qatorida spirtli ichimlik iste’mol qilish to’liq yo’l
qo’yilgan yoki hatto foydali deb tan olinadi. Ushbu qoida istisnoga ega. Masalan,
hatto bir martalik suitsidal urinish jiddiy xavf tug’diradi va shaxsning og’ishgan
xulqi sifatida baholanishi mumkin.
5. Axloqni og’ishgan deb kvaliffikatsiya qilish uchun u shaxsning umumiy
yo’nalganligi bilan muvofiqlashishi zarur. Bunda axloq nostandart vaziyatlar oqibati
(masalan, jarohatdan keyingi sindrom doirasidagi axloq), krizisli vaziyat oqibati
(masalan, yaqin odamining o’limi tufayli birinchi oy davomidagi qayg’u reaksiyasi)
yoki o’z-o’zini muhofazalash oqibati (masalan, hayot uchun real xavfning
mavjudligida) bo’lmasligi lozim.
6. Og’ishgan xulqning xususiyatlaridan biri shundan iboratki, u tibbiy
me`yorlar chegarasida ko’rib chiqshadi. U garchi patologik holat bilan
uyg’unlashsa-da, psixik kasalliklar yoki patologik holat bilan tenglashtirilmasligi
18
darkor. Psixik parokandalik holida psixik kasal odamning patologik axloqiga o’rin
bor. Patologik axloq tibbiy me`yorlardan og’ishadi, birinchi darajasi tibbiy
aralashuvni talab qiladi va psixiatriyada, masalan, psixik kasallarning deviant axloqi
sifatada o’rganiladi. Patologik axloq kasallik holati ta’siri ostida shaxsning o’z
harakatlarini anglash va nazorat qilish qobiliyati ahamiyatli tarzda pasayishini
nazarda tutadi. Ayni damda muayyan sharoitlarda og’ishgan xulq patologik
kasallikka o’tishi mumkin. Masalan, muhtoj bo’lib qolgan axloq tizimli kasallikka
o’sib o’tishi mumkin - piyonistalik, giyohvandlik. Shunday qilib, og’ishgan xulqli
shaxs "sog’liq - kasallik oldi -kasallik" psixopatologik o’g’ishida istalgan joyni
egallashi mumkin.
7. Og’ishgan xulqning xususiyatlaridan biri u ijtimoiy moslashganlikning
turlicha ko’rinishlari bilan birga boradi. Ushbu axloq kasallik yoki o’limga olib
kelishi shart emas, biroq u tabiiy sur’atda ijtimoiy moslashmaganlik holatani
uyg’otadi yoki kuchaytiradi. Moslashmaganlik holati, o’z navbatida, shaxsning
og’ishgan xulqining sababi bo’lishi mumkin.
8. Og’ishgan xulqning oxirgi belgisi sifatida uning ifodalangan individual
va yoshga xos xususiyatlarining o’ziga xosligini ta’kidlash mumkin. Og’ishgan
xulq dastavval, shaxsning jamiyatda tashqi mavjudligini aks ettiradi. U "ichki"
jihatdan o’ta turli-tuman bo’lishi mumkin. Deviant axloqning bir xil turlari har xil
odamlarda turli yoshda turlicha ko’zga tashlanadi. Odamlarning individual
farqlanishi axloq sabablari, ko’rinish, dinamika shakllari, ifodalanganlik tezligi va
darajasiga daxl qiladi. Masalan, deviatsiya shakli va uning ifodalanganlik darajasi
shaxsning og’ishgan xulqini bir muncha yaqqol tavsiflash hisoblanadi. Ular to’la
beozor ko’rinishdan shaxsning hayotiy faoliyatini total buzilishigacha o’zgartirishi
mumkin.
Boshqa muhim individual xususiyat odamning og’ishgan xulqni qanday- o’zi
uchun begona, istalmagan xulq sifatidami, vaqtinchalik qoniqtiruvchi yoki oddiy va
maftunkor xulq sifatida qarashiga taalluqli. Shaxsning og’ishgan xulqqa munosabati
(shaxsiy nuqtai nazari) ko’p holda uning taqdirini belgilaydi.
19
Deviant axloqning yosh va jinsiy farqlanishi garchi asosiy mavzularni ko’rib
chiqishda inobatga olinsa-da, bizning ta’limotimiz
Dostları ilə paylaş: |