O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
predmeti 
hisoblanadi. Shuni 
ta’kidlash zarurki, "og’ishgan xulq" atamasini 5 yoshdan kichik bo’lmagan 
bolalarga nisbatan qo’llash mumkin emas. Asosan"og’ishgan xulq" atamasi qat’iy 
ma’noda esa 9 yoshdan keyin qo’llanishi mumkin. 5 yoshdan oldin bolaning ongida 
ijtimoiy me`yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo’lmaydi, o’z-o’zini nazorat qilish 
esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada ijtimoiy 
me`yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish 
mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo’lgan bolalarda axloqi yosh me`yoridan 
ahamiyatli tarzda og’ishsa, bunda uni yetilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik 
rivojlanish buzilishining bir ko’rinishi sifatida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
Barcha yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, 
og’ishgan (deviant) xulqqa
quyidagicha ta’rif berish mumkin - bu shaxsning bir muncha muhim ijtimoiy 
me`yorlardan og’uvchi, jamiyat yoki uning o’ziga real zarar yetkazuvchi, 
shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi turg’un axloqi. 
Ushbu ta’rif deskriptiv (tasviriy) xarakterga ega va dastavval og’ishgan xulqi 
mavjud bo’lgan odamlar bilan amaliy ishlashga mo’ljallangan. Bu ta’rif aniq 
holatlarda og’ishgan xulqni tashxis qilish, professional ta’sirni loyihalash, shaxs 
axloqining dinamikasini va u bilan ishlash samaradorligini baholash kabi 
professional maqsadlarni amalga oshirishda yordam berishi mumkin. Bundan 
tashqari, u boshqa axloqiy fenomenlarda deviant axloqni differensiyalash imkonini 
beradi. 
Deviant axloqni ko’rib chiqayotib, biz yaqqol salbiy assotsiatsiyani 
uyg’otuvchi so’zni qo’llashga majburmiz: deviant, addikt, noijtimoiy va ijtimoiy 
xulqqa qarshi, tarbiyasi og’ir va boshqalar. Shu bilan birgalikda, aniq shaxs bilan 
ishlashda biz ongli ravishda kamsituvchi ohangli atamalardan foydalanishdan, 
shuningdek, tamg’a bosishdan tiyilmog’imiz kerak. Shuni esda tutish lozimki, 
birinchidan, axloqiy muammolar o’ta keng tarqalgan. Ikkinchidan, og’ishgan xulq 
chegaralarini aniqlash ko’pincha murakkab.


20 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin