O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   187
3.
 
Og`ishgan xulq tarbiya natijasi sifatida.
Jamiyatdagi o’zgarishlar 
me`yorlarning, albatta, axloqiy deviatsiya turlarining o’zgarishiga olib keladi. Biroq 
me`yorlarning o’zi va ulardan og’ishish har qanday ijtimoiy tizimning ajralmas 
qismidir. Binobarin, ijtimoiy darajada og’ishgan xulq - bu faqat jamiyat va shaxs 
orasidagi o’zaro munosabatning mumkin bo’lgan shakllaridan biri. Og’ishgan 
xulqni ijtimoiy ko’rinish sifatida "tugatish" ehtimoli dargumon. Bundan tashqari
maxsus ko’rib chiqishda deviatsiyalar jamiyat uchun me`yoriy va foydali ekanini 
isbotlash mumkin, chunki unda istiqbolli o’zgarishlar rag’batlantiriladi. Individual 
darajada deviant axloq anchagina muammoli ko’rinadi, chunki shaxsning o’zi va 
atrofdagi odamlar hayoti uchun real zarar, deviant shaxsning ijtimoiy muhit bilan 
nizosi, uning ijtimoiy moslashmaganligi kabi salbiy fenomenlar bilan bog’liqdir. 
Xususan, og’ishgan xulq shaxsiy darajada - bu shaxsning deviant usul va hayot tarzi 
shaklida yuzaga chiquvchi ijtimoiy nuqtai nazari. Ma’lumki, ko’pchilik odamlar 
istasalar jamiyatga nisbatan o’z nuqtai nazarlarini o’zgartirishlari mumkin.
Shaxs axloqiga ta'sir etuvchi boshqa muhim omil bo`lib, shubhasiz, ichki, 
biologik, sharoit istalgan tashqi sharoit o`zaro harakatlanuvchi o`sha tabiiy tuproq 
chiqadi. Biologik zamin quyidagilardan iborat: nasliy-genetik xususiyatlar, 
individning tug’ma xislatlari (qorin ichidagi rivojlanish va tug’ilish vaqtida 
egallangan) instinktiv hamda imprinting (ontogenezning ilk bosqichida muhrlangan) 
rivojlanishida. 
Biologik omil faktori individual borliqning quyidagi tavsifnomalarini 
boshqaradi:
a)
ontogenez jarayonidagi individual o`ziga xoslik (shu jumladan, yetilish 
qarish jadalligi); 
b)
gender (jinsiy) farq; 
c)
yosh xususiyatlari;
d)
jismoniy konstitutsiya; 
e)
sog’liq va bardoshlilik; 
f)
asab tizimlarining holati va tipologik xislatlari. 


21 
Biologik nuqtai nazardan og`ishgan xulqni tushuntiruvchi nazariyalar
ehtirom, dastlabkilaridan biri bo`lib paydo bo`ldi. Tadqiqotchilar dastlab 
(preimushestvenno) 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin