O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   187
3.
 
 Individual-psixologik mezon
har bir shaxs, uning individualligini, 
o’sib boruvchi barcha qadriyatlarini aks ettiradi. Ushbu mezonga muvofiq, insonga 
qo’shilgan zamonaviy talablar uning ijtimoiy farmoyishlarni bajarishga qobiliyatini 
cheklamaydi, biroq shaxsning o’z-o’zini anglashi va o’ziga xosligini ham ko’zda 
tutadi. Shu bilan bog’liq ravishda bizning zamonda shaxsning eng muhim sifatlari 
deb quyidagilarni aytish mumkin: tashqi olam va o’ziga nisbatan uning ichki 
pozitsiyasi, qaror qabul qilish va tanlash layoqati, shuningdek, shaxsiy axloqiga 
ma’suliyti, ijtimoiy borliqda o’z o’rnini topishi va shaxsiy potensialning o’z-o’zini 
ro’yobga chiqarishi undagi individual rivojlanishning yetakchi vazifasi deb tan 
olinadi. Bizning ta’limotimiz predmeti shaxsning shunday axloqiy aspektiki, uni 
og’ishgan xulq sifatida tasniflash mumkin. Og’ishgan xulq psixik fenomenlar 
qatorida o’zining shaxsiy o’rnini egallaydi. U psixik kasalliklar, patologik holat, 
nevrozlar, psixosomatik parokandalik va boshqa kabi ko’rinishlar qatorida mavjud. 
Ushbu fenomenlar tibbiy me`yorlar nuqtai nazaridan "sog’liq - kasallik oldi — 
kasallik" o’zida ko’rib chiqiladi. Shaxsning og’ishgan xulqini, bizning nazarimizda, 
psixopatologiya nuqtai nazaridan ko’rib chiqish ma’nosizdir. Og’ishgan xulq 


15 
"ijtimoiylashuv ~ moslashmaganlik - yakkalanish" o’zida shaxsning ijtimoiy-
psixologik maqomini aks ettiradi. 
Ma’lumki, maxsus adabiyotlarda "og’ishgan xulq" atamasi ko’pincha deviant 
axloq (yechgalo - lotin tilida og’ishgan) sinonimi bilan almashtiriladi. Kelgusida biz 
o’zaro bir-birining o’rnini to’ldiruvchi sifatida har ikkala atamani qo’llaymiz - 
"og’ishgan", "deviant", bunda birinchi atama aniq va o’rganilgan bo’lgani sababli 
afzal ko’riladi. 
O’rganilayotgan tushunchaning yaqqol ko’rinib turgan murakkabligiga 
hammadan avvalo, uning fanlararo xarakteri sababdir. Hozirgi vaqtda atamadan ikki 
asosiy mazmunda foydalaniladi. Deviant axloq "rasman o’rnatilgan yoki haqiqatda 
ushbu jamiyatda yuzaga kelgan me`yorlarga mos kelmaydigan muomala, inson 
harakati" ma’nosida psixologiya, pedagogika va psixiatriyaning predmeti sifatida 
yuzaga chiqadi. "Inson faoliyatining ommaviy va mustahkam shakllariga nisbatan 
ifodalanuvchi va rasman o’rnatilgan yoki ushbu jamiyatda haqiqatda mavjud 
bo’lgan me`yorlar va umidlarga mos tushuvchi ijtimoiy ko’riniish ma’nosida u 
sotsiologiya, huquq, ijtimoiy psixologiyaning predmeti hisoblanadi. Ushbu ishda biz 
og’ishgan xulqni birinchi aspektdagi afzalligida - individual faollikning ko’rinishi 
sifatida ko’rib chiqamiz. Tushunchani ta’riflash ko’rinishning muhim belgilarini 
ajratishni ko’zda tutadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin