36
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni keltirish mumkinki, yuksak insoniy, umumbashariy
his-tuyg‘ular
fuqarolar
xatti-harakatlarining,
fe’l-atvorlarining
regulyatori
(boshqaruvchisi) vazifasini (funksiyasini) bajara boshlagan daqiqalardan e’tiboran
umumiy, ijtimoiy-psixologik negizlarga asoslanuvchi ommaviy harakatlar,
qarashlar, g‘oyalar, motivatsiyalar namoyon bo‘ladi va har bir insonda shu
umumiyat ishiga o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli, xohishi vujudga
keladi. Mamlakatimiz fuqarolarining yurtimizda va uning tashqarisida sodir
bo‘laetgan ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik voqelikka, shaxslararo va millatlararo
muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga
nisbatan
munosabatlari
ijtimoiy
muhitni
(makro,
mikro,
mezo
)
harakatlantiruvchi kuchni o‘zida mujassamlashtiradi.
Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari
ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala)
motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy
an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi
timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar,
xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror
fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi,
barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat
rejasi, xulq-odobi,
muomala
maromi,
yaqqol vazifasi bilan bevosita
uyg‘unlashuviga bog‘liq.
Shuni ta’kidlash joizki, insonning ijtimoiy hodisalarga, holatlarga,
voqeliklarga nisbatan munosabatining psixologik mohiyati uning ongli, faol,
yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan, ijtimoiy shartlangan shaxsiy tajribasining tizimiga
asoslangan muvaqqat aloqalarining hamda sub’ktiv jabhalarning majmuasidan
iboratligidadir.
Hodisa va voqeliklarning fuqaro (omma, xalq) tomonidan baholanishi
va berilgan bahoning oqilligi, haqchilligi yoki uning his-tuyg‘ular, emotsional
kechinmalar
tazyiqi
ostida
amalga
oshirilganligi
kayfiyat,
shijoat,
37
asabiylashish(affekt), zo‘riqish, tanglik(stress) jarayonlarida yuzaga keladi.
Ijtimoiy munosabatlar bilan g‘oyalar o‘rtasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligi,
qarama-qarshiligi, nizoli, mojaroli xususiyatga ega ekanligi ommaviy baholashning
asosiy ko‘rsatkichi vazifasini bajaradi. Ijtimoiy hodisalar va holatlarni baholash
yakka shaxs, guruh, jamoa tomonidan taqlid (imitatsiya), yuqtirish, yuqish,
ishontirish, ta’sir o‘tqazish kabi psixologik vositalar orqali ijtimoiy turmushda
amalga oshadi. Insonning biron-bir narsaga yoki holatga taqlid qilishi ixtiyoriy
tarzda vujudga kelsa, ommaviy yuqish esa ixtiyorsiz ravishda hosil bo‘ladi.
Tabiatda yoki jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘layotgan voqelik yuzasidan dalillar
keltirish, bildirilgan fikrni mantiqiy shakllar(hukm, xulosa, tushuncha) yordami
bilan asoslash tufayli shaxs shu narsaga ishontiriladi, buning natijasida fikrlarda
(mulohazalarda) umumiylik ro‘y beradi.
Yakka shaxsga yoki muayyan guruhga ta’sir o‘tkazishdan iborat vosita
orqali hodisalarga baho berishda rag‘batlantirish, jazolash, qo‘rqitish, homiylik va
vosiylik qilish, va’da berish yo‘llaridan foydalaniladi. YUzaga kelgan, sodir
bo‘lgan hodisa yoki holatni ommaviy tarzda baholash jamoa a’zolarining aql-
zakovatiga, ma’naviy-madaniy darajasiga, mentalitet ko‘rsatkichiga, qarashlariga,
e’tiqodlariga, fikrlashning mustaqilligiga, ijodiyligiga, fikrning chuqurligi,
teranligi va tezligiga, favqulodda yuzaga kelgan yaqqol sharoitga bog‘liqdir.
Ijtimoiy munosabatlar omma orasidagi stereotiplar, assotsiatsiyalar,
identifikatsiyalar, refleksiya va antitsipatsiyasiyaga asoslanadi. Ommaning ijtimoiy
va shaxsiy tajribasi bilan diniy ta’limot o‘rtasidagi uzviy aloqalar ham o‘zaro
munosabatlar mohiyatiga ta’sir etadi. SHaxslararo, millatlararo munosabatlar
majmuasi esa motivatsiya(motiv) negizda mujassamlashadi. Oddiy turtki sifatidagi
motiv takomillashuv evaziga motivatsiyaga(motivlar majmuasiga) o‘sib o‘tadi.
Faoliyat, xulq-atvor, muomala motivi,motivatsiyasi regulyator funksiyasini bajarib,
faollik manbai, qat’iylilik ifodasiga aylanadi. Motiv anglanilmagan(biologik),
anglanilgan(psixologik
verballik,
noverballik(ijtimoiy
psixologik)
bosqichlari(darajalari)ga egadir. Motivatsiya shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy, etnik,
gender, status xususiyatlaridan iborat.
|