Va axborot texnologiyalari 10-sinf toshkent – 2021


II BOB.  ELEKTRON JADVALAR



Yüklə 27,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/153
tarix05.09.2023
ölçüsü27,94 Mb.
#141598
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153
10-sinf informatika ..

II BOB. 
ELEKTRON JADVALAR
52
Funksiya sintaksisi:
= И (1-mantiqiy ifoda; 2-mantiqiy ifoda;...)
“ЕСЛИ” funksiyasi
dan murakkab konstruksiyali ifodalarni kiritishda foydalaniladi. Funksiya 
qaysi qiymat rost yoki yolg‘on ekanligini aniqlaydi.
Funksiya sintaksisi: 
=ЕСЛИ (mantiqiy ifoda; rost bo‘lgandagi_ifoda; yolg‘on bo‘lgandagi_ifoda) 
Demak, agar shart bajarilsa, birinchi ifoda, aks holda, ikkinchi ifoda funksiya joylashgan 
katakka joylashadi.
AMALIY FAOLIYAT
1. MS Excel dasturini ishga tushiring. Qidiruv tizimlari yordamida O‘zbekiston 
Respublikasidagi yog‘ingarchilik miqdorini 2020-yildagi har bir oy kesimida ko‘rsatuvchi 
elektron jadval yarating. Mantiqiy funksiya imkoniyatlaridan foydalangan holda eng ko‘p 
va eng kam yog‘ingarchilik bo‘lgan oylarni aniqlang.
2. 1-masala ma’lumotlaridan foydalangan holda o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini 
aniqlang. Masalani “СРЗНАЧ” funksiyasidan foydalangan va undan foydalanmagan 
holda yeching.
3. Berilgan jadvalni mustaqil yarating:
T/R
Nomi
Yuzasi 
(kv. km)
Chuqurligi 
(m)
1
Orol dengizi
51 000
68
2
Kaspiy dengiz
371 000
1025
3
Baykal
31 500
1620
4
Balxash
18 300
26
5
Issiqko‘l
6280
702
Jadvaldagi ma’lumotlar va “СЧЁТЕСЛИ” funksiyasidan foydalanib, quyidagilarni 
hisoblang:
1) yuzasi 5000 kv. km dan katta ko‘llar soni;
2) chuqurligi 100 metrdan katta bo‘lmagan ko‘llar soni.
MAVZU YUZASIDAN SAVOLLAR
1. MS Excelda statistik funksiyalarga murojaat etish usullarini tushuntiring va amalda 
bajaring.
2. “Rost” va “yolg‘on” qiymatlar deganda nimalar nazarda tutiladi? Misollar yordamida 
izohlang.


53
53
Elektron jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil etishda 
samarali ko‘rinishlardan biri ularni diagramma 
ko‘rinishida ifodalashdir. Dastur jadvaldagi sonli 
ma’lumotlarni bir necha ko‘rinishdagi diagrammalar 
orqali ifodalash imkoniyatini beradi.
Diagramma
– sonli 
ma’lumotlarning o‘zaro taqqoslangan holda grafik ko‘rinishda 
tasvirlanishi.
MS Excel dasturida bir necha xil diagramma turlaridan 
foydalanish mumkin. Ularning foydalanuvchilar orasida keng 
tarqalgan turlari bilan tanishamiz.
1.Gistogramma 
– elektron jadval ma’lumotlarini taqdim 
etishning ma’lumotlar qiymatlarini taqqoslash uchun gorizontal 
yoki vertikal ustunlardan iborat eng oddiy usullaridan biri.
Elektron jadvaldagi qandaydir ma’lumotlar asosida gistogramma 
yaratish kerak bo‘lsa, ular belgilanadi va gistogrammaning ma’qul 
topilgan turi tanlanadi.
3. Mantiq deganda nima tushuniladi? “Kompyuter” va “mantiq” tushunchalarini nima 
bog‘laydi? 
UYGA VAZIFA
1. Mashg‘ulot vaqtida tanlab olingan funksiyalar, ulardan foydalanish yuzasidan 
ma’lumot to‘plang.
2. 3-masaladagi ma’lumotlarni “Daryolar” mavzusi uchun almashtiring va mashg‘ulot 
topshiriqlarni bajaring. 

Yüklə 27,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin