4-MAVZU: SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI. 1.1. Mashg‟ulotning o‟qitish texnalogiyasi O`quv vaqti
– 4 soat
Talabalar soni: Mashg‘ulot shakli: Informatsion ma’ruza Ma`ruza rejasi: 1. Individ va shaxs haqida tushuncha.
2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro
bog‘liqligi.
3. Shaxs rivojlanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos
xususiyatlari.
4. Barkamol shaxs tarbiyasining ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari.
Mashg’ulotning maqsad: Individ va shaxs haqida tushuncha berish. Shaxsning
shakllanishiga ta‘sir qiluvchi omillar haqida ma‘lumotlar berish.
Pеdagogik vazifalar: Bo‘lg‘usi
pedagoglarga
individ va shaxs haqida
ma‘lumotlar berish. .
Shaxsning shakllanishiga
ta‘sir qiluvchi omillar
haqida ma‘lumotlar berish.
Ma’ruza mazmuni: Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib,
rivojlanib, o‘zgarib boradi. Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik
yillarida kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham
aqliy va ma‘naviy kamol topish jarayonini tushunamiz.
Pedagogika va psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va
sotsial hususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir
butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida
rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali
bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning
qonuniyatlarini, unga ta‘sir etuvchi omillarni shuningdek,
shaxs kamolotida ta‘lim va tarbiya hamda faoliyatning ta‘siri,
ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi.