Biolog 10 indd


Mutatsion o‘zgaruvchanlik



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Mutatsion o‘zgaruvchanlik.
Irsiy o‘zgaruvchanlikning bu xili organizm-
lar genotipining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ladi. Mutatsiyalarning genlar 
va xromosomalarning o‘zgarishi bilan bog‘liqligi, ota-ona organizmlarida 
bo‘lmagan yangi va turg‘un irsiylanuvchi sifat o‘zgarishlarning kelib chiqishi 
mutatsion o‘zgaruvchanlikning evolutsiyadagi muhim ahamiyatini belgilaydi. 
Mutatsiyalar foydali, neytral va zararli bo‘ladi. Foydali mutatsiyalar
deyarli kam uchrasa ham ular namoyon bo‘lgan organizmlar tabiiy va sun’iy 
tanlash jarayonida saqlanib qoladi. 
Mutatsiyalarni genotipning qaysi tarzda o‘zgarishiga qarab bir qancha tiplarga 
ajratish mumkin. Gen mutatsiyalari bir gen doirasida sodir bo‘ladigan irsiy o‘z-
garuvchanlikdir. Gen mutatsiyalari boshqa xil mutatsiyalarga nisbatan ko‘proq 
tarqalgan. DNK molekulasida bitta gen doirasida nukleotidlar tartibining o‘zgarishi 
yoki bir nukleotid o‘rniga boshqasining o‘rnashib qolishi gen mutatsiyasining kelib 
chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning 
anchagina katta, mik roskopda ko‘rsa bo‘la digan mutatsiyalardir. Xromosoma 
mutatsiyalarida xromosomalar soni o‘z garmaydi, ammo bir yoki bir nechta 
xromosomada qayta tuzilishlar kuzatiladi. Genom mutatsiyalar,
 
bir tur organizm-
lariga xos xromosomalar to‘p lamidagi xromosomalar sonining o‘zgarishiga bog‘liq 
mutatsiyalardir. Genom mutatsiyasi to‘plamdagi xromosomalar sonining karrali 
ortishi xarakteriga qarab turlarga ajratiladi: polip loidiya – xromosoma to‘plami 
sonining o‘zgarishi, geteroploidiya – to‘plam dagi ayrim gomologik xromosoma 
sonining o‘zgarishi. 
Poliploid turlar o‘simliklar olamida ko‘p tarqalgan. Hayvon turlari orasida 
poliploid organizmlar juda kam uchraydi. 
Shunday qilib, kombinativ o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy ravishda vu-
judga keladigan mutatsion o‘zgaruvchanlik nihoyatda xilma-xil bo‘lib, or-
ganizmlar evolutsiyasi va seleksiyada katta rol o‘ynaydi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin